3- mavzu: pedagogik tizim texnologiyaning asoslari


-rasm. O’quv va ishlab chiqarish jarayonlarini aynan o’xshashligi



Yüklə 485,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix29.09.2023
ölçüsü485,33 Kb.
#150441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- Мавзу

 
1.3-rasm. O’quv va ishlab chiqarish jarayonlarini aynan o’xshashligi. 
Tizimlilik tamoyilining bazaviy ekanligi, pedagogik texnologiyaning o’qitishning 
boshqa yondashuvlaridan farq etuvchi asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. 
Ushbu dalil xalqaro nufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan pedagogik 
texnologiyaga fan sifatida berilgan ta’rifda to’laligicha o’z isbotini topdi. 
4. Maqsad yo’naltirilganlik tamoyili. 
O’quv jarayoni maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Maqsad ham qonun kabi 
odamning xarakteri va harakat usulini aniqlashi zarur. Buning uchun o’rnatiladigan 
maqsad, aniq va o’lchaniladigan bo’lishi shart. 
Bixeviorizm
g’oyalariga tayangan
pedagogik texnologiya aynan shu bilan farq qiladi. Psixologiyada bu yo’nalishning 
xususiyati – organizmni qo’zg’atishga bevosita bog’liqligini shak shubhasiz tan olish va 
uni bu qo’zg’alishga undashdan ibortdir. 
Bixeviorizm, o’qitish jarayonida kechadigan organizm ichidagi jarayonlarni 
o’rganmaydi, u faqat tashqaridan kuzatiladigan jarayonlarni (ya’ni pirovard natijani) tahlil 
qiladi, qo’zg’atish (rag’batlash) va yechimlar orasidagi bog’lanishni o’rganish bilan 
cheklanadi. Bixevioristchilar, xulqni o’rganuvchi emperik va matematik usullarni 
yaratishda, oldingi konsepsiyalarda, faqat ichki aloqa yoki jarayon sifatida qaralgan
harakat toifalarini ishlab chiqishda katta hissa qo’shdilar. Bixeviorizm psixologiya 
sohasini kengaytirdi va unga tashqi ta’sirlarni kiritdi. 
J.Uotson, E.Torndayn, S.Pressi, B.Skinerlar bixeviorizmning asoschilari edilar. 
Pedagogik texnologiyaning maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili – tirik organizm 
tanasining skletiga o’xshaydi. Umuman O’quv jarayoni uchun, bu tamoyil ahamiyatini 
Baholash haddan tashqari qiyindir. Buning uchun o’qitishning eng ko’p tarqalgan ta’rifini 
keltirish yetarlidir: 
«O’qitish - bu o’qituvchi va O’quvchi orasidagi munosabatning maqsadga 
yo’naltirilgan jarayoni bo’lib uning davomida inson ma’lumotli bo’ladi». Ushbu ifodadan, 
o’qitish sifati, maqsadlarni shakllantirish sifatiga bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqarish 
mumkin. 
Pedagogik texnologiyada, maqsadlarni shakllantirish umumiylikdan xususiylikka 
tizimli yondashish asosida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, mazkur O’quv fanining 
ma’lum mutaxassisni tayyorlashdagi o’rni va ahamiyati aniqlanadi. 


Buning uchun Davlat ta’lim standartidan foydalaniladi, uning asosida fanning 
umumiy O’quv soatlari O’quv mashg’ulotlari turi – leksiya, amaliy (seminar), laboratoriya, 
mustaqil ishlar – bo’yicha bo’linadi. So’ngra, quyidagicha O’quv maqsadlari 
shakllantiriladi: (1.4-rasm.). 
Tayanch iboraning 
O’quv maqsadi 
Mavzuning O’quv
maqsadi 
Bo’limning
O’quv maqsadi
Fanning
O’quv maqsadi

Yüklə 485,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin