Jinsiy bezlar. Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar(urug‘don), moyak ortig‘i, prostata bezi kiradi. Moyaklarelliðssimon bo‘lib, massasi katta odamda 20—36 g bo‘ladi. Ulardaerkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiygormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu funksiyasio‘smirlik davrida (12—15 yosh) boshlanadi va keksayish
davriga qadar davom etadi.Testosteron gormoni o‘smirlarda balog‘atga yetish belgilari yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi.Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. Tuxumdonlar kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, katta yoshli ayollarda ularning massasi 5—6 g bo‘ladi. Tuxumdon bachadonning orqa qismiga yopishib turadi.
Tuxumdonda jinsiy gormonlar ishlab
chiqariladi. Bu gormonlar bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning o‘smirlik davridan ishlab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi,ya’ni ayollik jinsiy belgilari hosil bo‘lishini ta’minlaydi.Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar to‘plami — follikulalar bo‘ladi. Ularda jinsiy hujayralar (tuxumhujayralar) paydo bo‘ladi va yetiladi.
tez-tez shamollash, angina, griðp kabi kasalliklar tuxumdonning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa,tuxumdonning funksiyasi buziladi, ayolda farzand ko‘rish xususiyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.