3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja


Imijning asosiy vazifasi -



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/16
tarix20.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#76749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja

Imijning asosiy vazifasi - boshqa insonlarning tilaklariga javob berishdir!
Imij kim uchun kerak?

  • omma e’tiborida bo‘lish, hurmatga va diqqatga sazovor bo‘lishni xohlaysizmi?




  • o‘z ma’lumoti va bilimingizni ko‘rsatishni, ma’lum mavqega ega bo‘lishni, o‘z atrofingizdagilarga ta’sir o‘tkazishni istaysizmi?

  • o‘z manfaatlaringizni ilgari surishni, targ‘ib qilishni, shuningdek o‘z manfaatlaringiz atrofida odamlarni birlashtirishni istaysizmi?

  • o‘z atrofingizda zarar qilmaydigan aurani, ya’ni makonni shakllantirishni, o‘z maslakdoshlaringizga ega bo‘lishni xohlaysizmi?

Ha” deb javob bergan barcha insonlarga zarur!
Imij nimada namoѐn bo‘ladi:

  • tashqi ko‘rinish;

  • kiyinish madaniyati;

  • urf va odatlar;

  • faoliyat va sayi-harakatlar;

  • inson ahloqi;

  • o‘zini tutishi;

  • maqsadlari;

  • xarakteri;

  • do‘stlari va munosabatlari.

Pedagog ham shaxsiy xususiyatlarga, ham kasbiy mahoratga ega shaxs. SHaxs jihatidan kompetensiyaga ega pedagog, professionallik jihatidan muvaffaqiyatga tez erishadi.


Pedagogning kasbiy imiji uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar:

  • o‘quvchilar bilan ishlashda ishchanlik qobiliyati;

  • ish faoliyati mobaynida o‘quvchilarga namuna bo‘lish nuqtai nazaridan o‘zini ko‘rsatishga moyillik va qo‘rqmaslik;

  • har qanday konflikt vaziyatlarni echimga olib kela olish;

  • oila, mahalla va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamma bilan hamkorlik o‘rnata olish;

  • o‘quvchilar bilan va hamkasblar bilan aloqaga kirishuvchanlik, ya’ni keng ma’noda muomala qila olish qobiliyati;

  • o‘quvchilar, hamkasblar va boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‘g‘ri, teng, mulozamatli muomala qila olish;

  • o‘quvchilarni ishontira olish, o‘zining ortidan torta olish, o‘zgalarga ta’sir o‘tkaza olish;

  • o‘quvchilar bilan ishlashda har qanday sharoitlarga tez moslasha olish, odamlarga va sharoitlarga nisbatan moslashuvchanlik;

  • optimizm, o‘z maqsadlarining to‘g‘riligiga komil ishonch;

  • kiyinish madaniyatiga rioya qilish va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘la olish;


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin