3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/16
tarix20.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#76749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3- mavzu zamonaviy pedagog imiji reja

Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.


Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.



Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.




Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular (4-rasm):


Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:



yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari


Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.


Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi.
Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi


Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha, “yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.


Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular quyidagilardir (2-jadval):

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin