Tashqi reklama uchun "ko‘zdan kechirish nuqtasi" va "ko‘rish burchagi" kabilar juda
muhim hisoblanadi.
Shitni joylanish joyini tanlashda katta e'tibor ko‘zdan kechirish nuqtasiga
qaratiladi. Eng yaxshi joy ko‘zdan kechirish nuqtasi maksimal ko‘p bo‘lgan joydir.
Rulda o‘tirgan insonning va piyoda yo‘lovchining ko‘rish burchagi turlichadir.
Omma ichida va yolg‘iz ketayotgan insonlarning ko‘rish burchaklari ham
turlichadir.
Shit tayanchlarining balandligini yoki shitning balandligini
loyihalashtirishda ko‘rish burchagini e'tiborga olish lozim. Iste'molchilar,
foydalanuvchilar, qatnovchilarning e'tiborini jalb etish uchun tashqi reklama
elementlari yorqin ko‘zga tashlanuvchan tarzda bezatilgan hamda
kechgi va tungi
vaqtda chiroq bilan yoritilishi lozim.
Tashqi reklamaning paradokslaridan biri - bu uning atrof muhit bilan mos
tushishi va shu bilan birga ulardan ajralib turishi kerakligidir. Shitli reklama uchun
tasvir eskizlarini va matnlarini ishlab chiqishda shuni e'tiborga olish lozimki,
reklama firma obro‘siga mos tasvirni ifodalaydi.
Biron joyda joylashgan plakatni samaradorligi nafaqat uning qanday
bezatilganligi, balki uni joylashuv joyiga ham bog‘liq.
Yakuniy hisobda plakat qabul qilinishi nafaqat o‘zining bezagiga, balki u
qo‘yilgan hudud yoki transport vositasining tashqi ko‘rinishiga ham bog‘liq.
Tajribalar natijasida quyidagilar kuzatilgan:
- tomoshabinlar e'tiborini odatda ko‘plik ta'sirini paydo qiluvchi
elementlarning zich joylashuvi jalb qiladi;
- qabul qilishning birinchi bosqichlarida to‘g‘ri geometrik figurani yoki uning
fragmentini tashkil qiluvchi nuqtalarning moslashuvi ajralib turadi;
- nuqtalar yordamida dinamik va statik kompozitsiyalar yaratilib,
dinamiklar
tomoshabin nazarini jalb qiladi.
Albatta bu umumiy prinsiplar ma'lum hollarda turli xillarda individual ahamiyat
kasb etadi.
Haydovchi va piyodalar uchun reklama vositalari o‘zining psixologik xususiyatlariga ega.
Haydovchilar uchun mo‘ljallangan reklama va axborot ularga moslangan bo‘lishi kerak.
Bu bir qator omillar natijasida aniqlanadi:
- haydovchi harakat vaqtida transportni boshqarish va uni nazorat qilish bilan
bog‘liq qiyin mehnat bilan banddir;
- haydovchi doimo yo‘lga qarashi lozim. Ayniqsa yo‘lning o‘ng tarafi bilan
band. Shuning uchun o‘ng tarafda haydovchilar uchun mo‘ljallangan reklama
mavjud.
Shitlar joylashgan axborotni eng yaxshi qabul qilinadigan joylar -bular avtomobil odatdagi
tezlikdan kichkinaroq tezlikda harakat qiladigan joylar: tezlik cheklangan joylar, yer
usti o‘tish joylari, svetaforlar, DAN postlar.
Haydovchilar uchun mo‘ljallangan plakat reklamalar haydovchiga nisbatan sidirg‘a yoki
yonida joylashgan bo‘lsa, ular kamroq samaralidir.
Ko‘pgina hollarda plakatlar transport harakatiga
nisbatan burchak ostida
joylashtiriladi. Ko‘pgina reklama shitlari transport harakati yo‘nalishiga parallel
ravishda joylashtiriladi, bu esa psoxologlarning fikricha qabul qilishni juda
qiyinlashtiradi va shu bilan birga samarasizdir.
Psixolog nuqtai nazaridan ma'lumki, insonning axborotni qabul qilib uni
qayta ishlash jarayoni hisoblash qurilmalaridagi jarayonlardan katta farq qiladi.
Ba'zi reklamistlar - rassomlar, dezaynerlar reklamani xuddi uni inson emas,
mashina o‘qiydigan qilib bezatadilar va tuzadilar. Agar kuzatuvchiga katta
miqdordagi detallarga shriftlar, rasm, manzil, telefon raqamlariga to‘la reklama
plakatini takdim etadigan bo‘lsak -bu uning psixologik jarayonlariga - e'tibor,
xotira tafakkur va hissiyotlariga bo‘lgan yuklamaning yuz marotaba oshib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Reklama shitlaridagi axborot hajmini ishlab chiqishda insonning kognitiv
imkoniyatlarini hisobga olish zarur.
Reklama shitlari nimasi bilandir yarmarkalarga o‘xshab ketadi. Ular yorqin va
rang-barangdirlar. Reklama shitlari faqatgina yuzaki e'tiborni jalb qiladilar, yuzaki
qiziqish va ajablanishga olib keladilar, ularning matnlarida mazmun kam, ammo
his-hayajon ko‘pdir. Ular potensial iste'molchilarni ko‘ndirmaydilar, balki jalb
qiladilar.
Kognitiv psixologiyaning tayanch konsepsiyalariga ko‘ra tashqi
reklama eng
samarali vositadir. Bu ularning mazmunidir, materialni uzatish shakli maksimal
oddiy va ravon bo‘lishi talab etiladi.
Psixologlar tomonidan o‘tkazilgan maxsus laboratoriya tadqiqot natijalari
tashqi reklama, xususan shit elementlarining insonlarga qay darajada ta'sir etish
samaradorligini baholash, taqqoslashga imkon yaratadi. Masalan, emblema va
matnning nisbati matndagi so‘zlar o‘rtasidagi joylar, turli shriftlar, shtrix kengligi
va boshqalar.
Reklama shitlari psixologik ekspertizasi metodikasining ba'zi bir parametrlarini
sanab o‘tamiz:
- baholanayotgan ob'ekt suratini taxiskopik namoyon etishda uni o‘qish va
matnini eslab qolish imkoniyati;
- reklama matnidagi elementlar soni so‘zlar, shriftlar, rasmlar, belgilar, rangli
bo‘yoqlar
va boshqalar;
- belgi (harf) balandligining uning kengligiga nisbati;
- gorizontal so‘zlar orasidagi masofa;
- vertikal belgilar orasidagi masofa;
- shit da harflarning vertikal yoki gorizontal joylashuvi;
- figura (matn, emblema, rasm) va fon o‘rtasidagi kontrast darajasi;
- shitni yerdan qancha balandlikda joylashtirilishi;
- shit ko‘rinarli bo‘lgan joyda piyodalarning o‘tishi;
- shitni atrof muhit foni bilan estetik moslashuvi- joy, binolar bilan;
- raqobatchi reklamalar orasida shitni yaqqol ko‘zga
tashlanishi;
- shitni qabul qilish maydonida odamlarning to‘planishi -avtobus bekatlari,
tarixiy yeki boshqa diqqatga sazovor joylar;
- shitni piyoda va avtomobillar qatnovi uchun xavfsizligi.
Shu tariqa bu metodika tashqi reklamaning psixologik samaradorligini tahlil
qilishga, axborotlar hajmini baholashga, iste'molchida yorqin hissiyotlarni
uyg‘otishga, uning e'tiborini jalb qilib, qiziqish paydo qilishga, shaxsiy manfaatni
oshirishga va axborotni oson esda saqlab qolishga yordam beradi.
Tashqi reklama tahlili unchalik zehnli bo‘lmagan iste'molchi
nuqtai nazaridan
olib boriladi. Bu holda tashqi reklamaning eng asosiy vazifasi sub'ektda
"harakatning yo‘naltirilgan asoslarini" samarali shakllantirishdir.
Reklama e'lonlari va plakatlar insonlarga u yoki bu firmaning borligini
eslatadilar. Ular o‘zlari ishlasalarda, ko‘pgina hollarda ular boshqa reklama
vositalari bilan birgalikda samarali bo‘ladilar. Bu reklama tashuvchilarning asosiy
funksiyasi potensial iste'molchiga tovar yoki xizmat mavjudligini eslatishdan
iborat.
Sir emaski, plakat mazmunida mavjud bo‘lgan axborotdagi do‘kon yoki
korxonani topish uchun anchagina vaqt sarflash mumkin. Bu elementlar
ko‘rsatkichlarni qo‘ymaganlik natijasida kelib chiqadi. Albatta, bu hol reklama
qilinayotgan ob'ekt o‘sha daha yoki tumanda joylashgan bo‘lsa ish beradi. Balki bu
borada e'lonlar doskasida ikkitagina so‘zni qo‘llash kifoyadir. Ular odatda
reklamada qo‘llaniladigan so‘zlarga o‘xshamaydi, ammo odamlarga ajablanarli
ta'sir qiladi. Bu so‘zlar "kirish shu yerda" yoki "xuddi shu yerda" kabilardir. Agar
ularni o‘z o‘rnida qo‘llansa, ular katta samara beradilar.
Dostları ilə paylaş: