3- sinf ona tili darslari o'qituvchi kitobi tahlil qilish. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqini o'stirishga oit mashq turlarini ishlab chiqarish Reja



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü76,5 Kb.
#204207
1   2   3   4   5
3- sinf ona tili darslari o\'qituvchi kitobi tahlil qilish. Boshlang\'ich sinf o\'quvchilari nutqini o\'stirishga oit mashq turlarini ishlab chiqarish

Savol va topshiriqlar:

  1. Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi qaysi bo`limlarni o`z ichiga oladi?

  2. O’qish texnikasi bo’yicha miqdoriy ko’rsatkich, bir daqiqada nechta so’zni o’qiy olish kerak?

  3. Matn mazmunini va o’zgalar fikrini anglash malakasi bo’yicha miqdoriy ko’rsatgich, 10 daqiqada necha sahifa matn o’qish, qayta so’zlab bera olish kerak?

  4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nutqini o’stirishga oid mashqlarni ishlab chiqish

    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nutqini o’stirishga oid mashqlarni ishlab chiqish.
    Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va ish turlarini qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
    1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilap nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi,
    2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
    3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti - nutqni til vosititalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
    1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
    2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
    3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
    Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
    1) so‘z ustida ishlash;
    2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
    3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
    So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni, ya’ni izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini oshirish bilan ta’minlanadi. Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifagida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o‘ylangan» (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi. O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar.
    O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi. 1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.
    2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.
    3. Nutq aniq bo‘lsin.
    4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.
    5. Nutq tushunarli bo‘lsin
    6. Nutq ifodali bo‘lsin.
    7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.
    8. Nutq madaniyatli bo‘lsin.
    Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutqdan o‘quvchiniig fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchining barcha predmetlardan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi. Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. Uchinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari bo‘yicha to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalap lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni tuzishni o‘rgatadi. O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda o‘quvchi nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud. Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar. Natijada o‘quvchilarda quyidagi: - Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish; - Turli xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baxolash, boshqarish hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash; - Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash kabi hayotiy ko‘nikmalarning shakllanishi kafolatlanadi.
    http://fayllar.org

O’quvchilar nutqini o’stirish boshqa o’quv predmetlaridan o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog’lanadi. Ona tili darslarida o’quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o’ylashni va ko’rganlari, eshitganlari, o’qiganlari haqida to’g’ri bayon qilishni o’rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug’atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to’g’ri tuzishni o’rgatadi.
O’qish darsi va u bilan bog’liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o’quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o’stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe’r, maqolalarni o’qish, o’qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko’rganlarini hikoya qilish o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o’stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o’rganish va o’qish darslarida o’quvchilar bajaradigan so’z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi.
Grammatika va to’g’ri yozuv darslarida tilni maxsus o’rganish bilan bolalar alohida tovush, bo’g’in, so’z va gaplarni eshitishga va aytishga o’rganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan ko’pgina so’zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo’g’in, so’z, o’zak, qo’shimcha, so’z turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olmosh, bog’lovchi, gap, gap bo’lagi, darak gap, so’roq gap, undov gap singari juda ko’p yangi atamalarni bilib oladilar.
Boshlang’ich sinflardagi boshqa darslarda ham o’quvchilar nutqi xilma-xil so’zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko’rgazmali qurollar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p so’z va atamalar bilan o’z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo’shma gap tuzishga o’rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o’nlikka ikkita o’nlik va 5 ta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va 5 ta birlik hosil bo’ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.
Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o’z nutqlarida ishlatib kelgan bo’ladi, qoladi, hosil bo’ladi, teng kabi so’zlarning yangi ma’nosini bilib oladilar; ...bizga ma’lum, masalada so’ralyapti kabi so’z birikmalarini ishlatishga o’rganadilar.
Matematika darslari o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to’liq javob berishga, atamalarni to’g’ri ishlatib, qoidalarni o’z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga o’rgatiladi. Bular, o’z navbatida, o’quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.
Bog’lanishli nutq ko’nikmalarini egallashga masala yechish bilan bog’liq holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o’rgatish mashqlari samarali ta’sir ko’rsatadi. Masala o’qib eshittirilgandan so’ng, o’quvchilar uning asosiy mazmunini eshitib idrok etishga, to’g’ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o’rgatiladi. Masala tuzishga o’rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari bilan kichik hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o’quvchidan faollikni va mustaqillikni talab etadi, bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish esa uning umumiy rivojlanishida va tarbiyaviy maqsadda juda muhimdir. Masala tuzish kichik hikoya tuzishdir. Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir noma’lum bo’lib, uni topish uchun ma’lum so’roqqa javob berish talab etiladi. O’quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq qo’ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo’ndi. Daraxtda nechta chumchuq bo’ldi?» masalasini tuzadi. Bu masalani yechishda o’quvchilar daraxtga qo’ngan chumchuqlar sonini bilish uchun nima qilish kerakligini o’ylaydilar, muhokama qiladilar. Masalani yechish uchun aniq izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar o’z fikrlarini matematika tilida aniq va bog’lanishli bayon etishga o’rganadilar.
SHunday qilib, matematika darslarida o’qituvchi bolalar lug’atini boyitish, turli xil gap, bog’lanishli nutq va bayon, muhokama elementi mavjud bo’lgan hikoya tuzish ustida ishlaydi. O’qituvchi matematika tili xususiyatlarini o’zlashtirishga ko’maklashish bilan bog’liq holda, o’quvchilar tafakkurini, nutqini o’stiradi. O’qituvchi matematik mazmungagina emas, balki shu mazmunni o’quvchilar nutqida to’g’ri shakllantirishiga ham e’tibor bersa, bu darslarda egallanadigan bilim haqiqiy va o’quvchilar nutqining o’sishi uchun samarali vosita bo’ladi. «Fikrni aniq shakllantirishni talab qilish, masala shartini ongli takrorlatish, mustaqil masala tuzdirish va savollar yordamida masalani yechish yo’lini tushuntirish ko’nikmasi ustida ishlash o’quvchilarda qayta hikoyalash, insho va muhokama qilish madaniyatini o’stiradi»1.
O’quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko’rgan narsalarini o’qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o’zaro taqqoslab, o’xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o’z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni o’stiradi. Tabiat hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar ta’lim jarayonida yo narsalarni (daraxt, olma, shaftoli, o’rik, olxo’ri, gul, o’t kabi), yo ularning belgisini (mevali, mevasiz; achchiq, nordon, shirin; qizil, oq kabi), yo harakatini (daraxt o’sadi, qush uchadi, bulbul sayraydi kabi) ifodalovchi so’zlar bilan bog’lanadi.
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya va ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg’ulotlarda ham o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishga alohida ahamiyat qaratish zarur.
O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O’qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so’zlashi, shuningdek, har doim o’quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so’zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o’rgatadi, tilga sezgirlikni uyg’otadi. O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan talablar

O’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:



Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin