3- sinf ona tili darslari o'qituvchi kitobi tahlil qilish. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqini o'stirishga oit mashq turlarini ishlab chiqarish Reja


O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü76,5 Kb.
#204207
1   2   3   4   5
3- sinf ona tili darslari o\'qituvchi kitobi tahlil qilish. Boshlang\'ich sinf o\'quvchilari nutqini o\'stirishga oit mashq turlarini ishlab chiqarish

1. O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin. Hikoya yoki insho o’quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo’lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko’rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo’ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko’rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so’zlashga yo’l qo’yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi.
Nutq o’stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig’ish, uni muhokama qilish, to’ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.
2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin. O’quvchilar nutqi mantiqan to’g’ri bo’lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o’rinlar tushirib qoldirilmasligi va o’rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo’lmagan ortiqchalikka yo’l qo’yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o’ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.
3. Nutq aniq bo’lsin. O’quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so’z, so’z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o’rgansin.
4. Nutq til vositalariga boy bo’lsin. Mazmunni aniq
ifodalash uchun o’quvchi nutqi til vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Albatta, boshlang’ich sinf o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo o’qituvchi o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak.

Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin