3. 1-§. Fizikadan masalalar yechish



Yüklə 229,5 Kb.
səhifə2/8
tarix05.06.2023
ölçüsü229,5 Kb.
#125058
1   2   3   4   5   6   7   8
Махмутова

Sifatga oid masalalar. Sifatga oid masalalarni birinchi navbatda oʻrganilgan materialni mustahkamlash maqsadida beriladi. Fizikaning shunday boʻlimlari ham borki, sifatga oid masalalar unda asosiy boʻlib, xizmat qiladi. Bu boʻlimlarda miqdoriy masalalar deyarli yechilmaydi.
Eksperimental masalalar. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bu xildagi masalalarning xarakterli xususiyati ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion eksperimentdan foydalanishdir.
Hisoblash masalalari. Hisoblash masalalarini yechish metodlari ularning murakkabligiga, oʻquvchilarning tayyorgarligiga, oʻqituvchining qoʻygan maqsadiga va boshqa koʻpgina sababalarga bog`liq.
Hisoblash masalalarining yechish metodlari yoki ularda qoʻllaniladigan matematik apparatga koʻra arifmetik, algebraik, geometrik va grafik usullarga boʻlinadi.
Grafik masalalar. Oʻrganish obekti fizikaviy kattaliklarning bog`lanish grafiklaridan iborat boʻlgan masalalar grafik masalalar deyiladi. Baʼzi holarda esa bu grafiklar masalaning shartida beriladi. Baʼzi hollarda esa ularni yasash kerak boʻladi. birinchi grafik masalalar grafiklarni «oʻqish»dan va sodda grafiklarni yasashdan iborat boʻlishi kerak.
Masalalar yechishni maʼlum bir ketma-ketlik asosida tashkil etilishi hamda nazorat qilinishi taʼlim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini toʻg`ri shakllanishini taʼminlaydi. bunda tanlangan masalalar taʼlim oluvchilar uchun qiziqarli boʻlishi e`tiborga olinadi. Soddaroq qilib aytganda, kuzatish, tajriba yoki texnik muammo bilan bog`liq boʻlgan eksperimental masalalar va ularni ykchish eng samarali masalalar hisoblanadi.
Nazariy hisoblashni tajribada tekshiruvchi masalalar ilmiy bilimlarning mezoni sifatida eksperimentning ahamiyatini ham koʻrsatadi. Har qanday mustaqil ish kabi bunday masalalarni yechish chuquroq bilim olishiga va uni mustahkamlashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, amaliy malakalarni mustahkamlashga, hisoblash masalalarini toʻg`ri yechishga yordam beradi.
Masalalar yechish jarayoni oʻqituvchi uchun taʼlim oluvchilarning yutuq va kamchiliklarini, oʻzining oʻquv-tarbiya ishlari samaradorligini doimo kuzatib borishga imkon beruvchi aniq oʻlchamdir.
Masalalar yechishni tashkil qilishda tanlangan masalalar didaktik tamoyillarga mos, yaʼni soddadan murakkabga qarab mantiqiy ketma-ketlikda tuzilgan boʻlishi lozim. Yaʼni uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlarida qoʻllaniladigan masalalar, fanning negizidan kelib chiqqan holda, taʼlim oluvchilarning psixo-fiziologik dunyoqarashlari, bilim va salohiyatlariga mos holda boʻlishi maqsadga muvofiq.
Oʻquvchilarni hamda taʼlim oluvchilarni fizikadan masalalar yechish metodikasiga oʻrgatishning asosiy talablarida asosan: masalalar yechishda asosiy faoliyatning quyidagi maʼlum ketma-ketligini ajratib koʻrsatish va ularga amal qilish joiz:
Birinchi talab: masalani yechish – masala shartini oʻrganishdan, qabul qilingan belgilar yordamida berilganlarni qisqacha yozishdan boshlanishi kerak. Masala shartini oʻrganish – bu masala mazmunida tavsiflangan hodisa yoki jarayonni koʻz oldiga yaxshi keltirib olish demakdir.

Yüklə 229,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin