4. Logistik faoliyatning integrasiyalashuvi. Bu konsepsiyaga ko’ra barcha logistik zanjirlar yagona global logistik tizimga birlashtiriladi.
5.Logistik tizimlarni boshqarishda ma’lumot va axborotlarning rolini kuchaytirish konsepsiyasi.Bu konsepsiyaga ko’ra logistik tizimning axborot quyi tizimi loyihalanishi ishlab chiqilishi va logistik tizim faoliyatida joriy qilinishi talab qilinadi. Axborot quyi tizimida tashqi muhit bilan aloqalar ham hisobga olinishi kerak.
Bozor sharoitida korxonalar faoliyati minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltiriladi. Mahsulot, tovar raqobatbardoshligini tavsiflovchi birlamchi omil uning narxidir. Tovar narxini pasaytirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish usuli barchaga ayon bo’lib, uning imkoniyatlari tobora kamayib, nolga yaqinlashib bormoqda. Tovar narxi tannarx xarajatlari va ustama yig’indisi ko’rinishida shakllanadi. Tovar tannarxi xarajatlari tarkibiga ishlab chiqarish va muomala xarajatlari kiradi. Tovar tannarxini ishlab chiqarish xarajatlarini tejash orqali pasaytirishning imkoniyatlari deyarli qolmagan. Tovar-moddiy resurslarning aylanma harakatida muomala soxasida qilinadigan xarajatlarning hajmi va ulushi ko’payib bormoqda va bu xarajatlarni logistik tizimlarning zamonaviy konsepsiyalarini amaliyotga joriy qilish orqali kamaytirishning imkoniyalari mavjud. Aynan shunday zamonaviy konsepsiyalardan biri «Just in time» ("Hozir vaqtida") «JIT» konsepsiyasidir. «JIT» konsepsiyasidan sanoat korxonalari uchun yaratilayotgan mikrologistik tizimlarni loyihalashda foydalanilmoqda. Bu konsepsiyaning asos-o’zagini xom ashyo, detallar, butlovchi qismlar va boshqa moddiy resurslarni uzluksiz ravishda yoki bir maromda, ularga zarurat paydo bo’lgan vaqtda ishlab chiqarishning joriy ehtiyojini hisobga olgan holda, kichik partiyalar bilan yetkazib berish yo’llari,usullari va vositalari tashkil qiladi. «JIT» konsepsiyasining asosiy maqsadi zaxiralarni yaratish va ularni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni minimallashtirishdan iboratdir. Ushbu konsepsiyaga ko’ra sanoat korxonalaridagi moddiy resurslarning ichki oqimi tayyor mahsulot ishlab chiqarish dasturiga asosan tashkil qilinadi. Bunda birinchidan, mahsulot ishlab chiqarish dasturini assortiment va hajm bo’yicha to’la bajarish uchun kerak bo’ladigan xom ashyo va boshqa moddiy resurslar miqdori norma (me’yor)larga asosan hisob kitob qilinadi. Ikkinchidan hisoblangan miqdordagi moddiy resurslarning korxona ichidagi sexlararo, uchastkalararo va ish joylariaro harakati ularning ehtiyojlariga mos ravishda boshqariladi. Xuddi shuningdek ta’minot jarayonida xom ashyo va boshqa moddiy resurslarning tashqi kiruvchi oqimi hamda taqsimot jarayonida tayyor mahsulotning tashqi chiquvchi oqimi korxona ichki moddiy oqimiga sinxron(muvofiq)lashgan tarzda tashkil qilinadi. Demak bu konsepsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ta’minot, ishlab chiqarish va taqsimot bazis funksilarini qamrab olib, to’liq logistik zanjirni loyihalash va ishlab chiqishning nazariy asoslarini yaratadi.
Ushbu konsepsiyaga ko’ra moddiy resurslar yoki tayyor mahsulot logistik zanjirning kerakli bo’g’iniga ularga aynan ehtiyoj tug’ilgan vaqtda yetkazib beriladi. Bu yo’l bilan ta’minot, ishlab chiqarish va distribyusiyada ortiqcha zaxiralarning bo’lmasligi ta’minlanadi. Hozirgi vaqtda mazkur konsepsiyaga asoslangan ko’plab zamonaviy mikrologistik tizimlar loyihalanib va ishlab chiqilib, yirik sanoat korxonalari amaliyotida joriy qilingan.