3.3“Kapitalbank” ATB (Namangan fialilini)ni zamonaviy marketing strategiyalar asosida rivojlantirish.
Bank to’liq yetarli darajada faoliyati rentabelligini ushlab turishda, mijoz talabini to’liq qondirish imkonini beruvchi, mijoz talablariga javob bera olishlik biznes modelini amalga oshirishni davom etishi lozim.
Investitsi jozibadorligini oshirish va bank xizmatlari bozorida mavqeini saqlashning asosiy sharti, mijozlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, ularning ehtiyojlari hisobidan kelib chiqib, mijozlar bilan o’zgaruvchan va samarali o’zaro aloqa tizimini yaratish hisoblanadi.
Bankning mijoz siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vazifasi, uning barqaror mijozlar bazasini doimiy kengayish moyilligini faol shakllantirish va mijozlarning ehtiyojlarini keyingi, mijoz talablarini imkon darajada qondirishga qaratilgan, takliflarni shakllantirish uchun o’rganish lozim. Va quyida keltirilgan strategiyalarni ham bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak.
Chakanasavdotijorati.strategiyasi Bank chakana tijoratni rivojlantirishning asosiy vazifalari, iste'mol kreditlari hajmini ko’paytirish, faol operatsiyalarni fondlash bazasini shakllantirish, hamda xizmat ko’rsatish va bank plastik kartalarini xizmat ko’rsatish infratuzilmasini rivojlantirish uchun xususiy shaxslarning mablag`larini jalb etish lozim.
Chakana tijoratida bank strategiyasi quyidagi asosiy sohalarga alohida e'tibor berilishi kerak:
1.Barcha savdo va xizmat ko’rsatish vositalarining jadal rivojlanishi -savdo va xizmat ko’rsatishning avtomatlashtirilgan yo’nalishlarida operatsiyalarning katta qismini o’tkazish evaziga tranzaksiyalar tuzilishini o’zgartirish va mijozlarga xizmat ko’rsatishning ko’p funksiyali tizimini shakllantirish. Xususan, ushbu ishlar yo’nalishi quyidagilarni nazarda tutadi:
Bankomatlar, to’lov terminallari va o’z-o’ziga xizmat, masofaviy yo’nalishlar orqali bank xizmatlaridan foydalanishda, shu jumladan Internet va mobil aloqa vositalarini funksionalligini rivojlantirishning keng tarmog`ini yaratish lozim.
1.Mijozlar bazasini va mijozlar bilan munosabatlarning chuqurligini qo’shimcha kengaytirish bo’yicha ustuvor yo’nalish sifatida sherikchilik yo’llari va korporativ sotuvlar (ish haqi to’lanadigan loyihalar va hokazo) ni faol rivojlantirish kerak;
2.Jismoniy shaxslarni kreditlashning ustuvor yo’nalishi iste'mol krediti hisoblanadi. Ushbu segmentning muhim va asosiy mijozlarini ish haqi to’lanadigan loyihalar ishtirokchilari va korporativ mijozlarning xodimlari, yirik korxonalar va davlat muassasalari xodimlari, bank omonatchilari, shuningdek amaldagi ijobiy kredit tarixiga ega mijozlar tashkil etishadi. Bank chakana kredit portfelining shakllanishi, uning daromadliligi va sifati balansiga rioya qilish zaruriyatidan kelib chiqishi lozim.
3.Xususiy shaxslarning mablag`larini jalb qilish bankning faol operatsiyalarini moliyalashtirish va imkoniyatlar bazasining barqaror omili bank uchun asosiy manba hisoblanadi. Bank bozor o’rtacha narxidan past bo’lmagan darajada omonatlarning yillik o’sishini ta’minlash lozim.