Strategiyalarni amalga oshishini nazorat qilish Bank taklif qilingan o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, bank xizmatlari bozorida bank ulushlarining o’zgarishlarini kuzatish imkonini beradigan, maqsadli nazorat ko’rsatkichlarini o’rnatilishi lozim.
-asosiy bank xizmatlari (bozordagi ulushi) bo’yicha bozordagi mavqei;
-xizmat ko’rsatishning sifati (xizmat ko’rsatish vaqti, kredit berish haqida qaror qabul qilish muddati va hokazolar);
-sotish yo’llarini rivojlantirish (bitimlar ulushini masofaviy xizmat vositalari va hokazolar orqali);
-xodimlarning mehnat unumdorligi (ko’rsatkichlar bir xodimga to’g`ri keladigan operatsiyalar, kredit shartnomalari va boshqalar soni hisobida).
Bankning strategik rivojlanish rejasi maqsadi va masalalarini ijro etish uchun ushbu hujjatning asosiy mezonlariga to’la mos keladigan, joriy operatsiyalarga oid rejalar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqiladigan joriy operatsiyalarga oid rejalar ustuvorligiga qarab, Bank kengashi yoki Bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Har chorakda Bank boshqaruvi Bank kengashi oldida, biznes rejasini amalga oshirish haqida, har yili – bank rivojlanishining strategik rejasini ijrosi to’g`risida hisobot beradi, Bank kengashi esa, o’z navbatida, aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi oldida har yili hisobot berib turilishi kerak.