2.11.rasm. Ishchi stantsiya.
Bunday sinflanishda xar bir ishchi stantsiya o’z vazifasidan kelib chiqib yagona (unikal) komponentlarga ega bo’lishi mumkin.
Katta monitor yoki bir necha monitor ulangan;
Katta tezliklda ishlovchi grafik platali;
Ko’p ma’lumotlarni saqlash uchun katta xotira qurilmali(video va kompyuter o’yinlari uchun)
Turli skannerlarga ega bo’lishi(tasvirlar bilan ishlash uchun)
Ximoyalangan (turli maxfiy ma’lumotlar ba’zasi, xarbiylar, ichki ishlar va x.o.)
Serverlar. Server – o’zining ma’lumotlarini va xisoblash imkoniyatlarini boshqa kompyuterlarga berish imkoniyatiga ega bo’lgan kompyuterlar. Bu kompyuterlar personal kompyuterlardan va ishchi stantsiyalardan kelgan so’rovlarga javob beradi.
2.12.rasm. Server.
Serverlarni quyidagicha bo’lishimiz mumkin:
Server (dasturiy ta’minot) – ushbu dasturiy ta’minot klentlardan turli so’rovlarni qabul qiladi. Ya’ni bu xisoblash sistemasining dasturiy bo’lagi bo’lib, klentning so’roviga servis xizmat ko’rsatadi.
Server (apparat ta’minot) – kompyuter yoki maxsus kompyuter qurilmasi bo’lib maxsus servis vazifalarni bajarish uchun mo’ljalangan
Server kompyuterlar uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlar:
Meynfreymlar. Meynfreymlar – yuqori xajmli tezkor xotira va katta sig’imli vinchester(lar)ga ega, xisoblash tezligi yuqori bo’lgan xisoblash mashinasi. Ular bir vaqtning o’zida ko’plab vazifalarni uzoq vaqt uzluksiz bajarishi mumkin. Ularning asosiy ishlatilish doirasi komertsiya tashkilotlari va ilmiy tekshirish ishlari bilan shug’illanuvchi tashkilotlar.
2.13.rasm. Meynfreym.
Bu turdagi kompyuterlar ustida olib borilgan ilmiy ishlar shu narsani ko’rsatadiki, global massivlar bilan ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarida meynfreymlarlardan foydalanish oddiy personal kompyuterlarni ishlatilgan xolatga solishtirilganda iqtisodiy jixatdan ma’qul xisoblanadi. Meynfreymlar zamonaviy kompyuterlarni deyarli barcha ko’rsatkichlari bo’yicha ortda qoldiradi.
Yana shuni aloxida nazarda tutish kerakki bu qurilmalarni va ular qayta ishlayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi yuqori. Meynfreymlardagi qo’shimcha resurslar ulardagi majud qurilmalarni ishini to’xtatmasidan qurilmalarni almashtirish imkoniyatini beradi. Protsessorlarining yuklanganlik darajasi uning umumiy qiymatiga nisbatan 85% yuqoriga osonlik bilan chiqarish mumkin. Bunday qurilmalarni yaqin-yaqingacha tarmoq interfesi orqali boshqarilgan bo’lsa xozirda terminallar qatori bilan boshqarilmoqda. Meynfreymlarlarni ishlab chiqarishda IBM kompaniyasi xozirgi kunda etakchilik qilmoqda .
Meynfreymlarning ishonchlilik darajasi yuqoriligi deyarli 60 yillik yuksalish amaliyotga ega ekanligidir. Meynfreymlar ko’plab apparat va dasturiy vositalar bilan bog’liq bo’lgan xatoliklarni bartaraf qilib(biri o’rniga ikkinchi resursni ishlatish va x.o) ishlash imkoniyatiga ega.
Meynfreymlar uchun xos bo’lgan xususiyatlar quydagilar:
Markaziy protsessorni va boshqa elementlarni apparatni o’chirmasdan va xisoblashlarni to’xtatmasdan almashtirish imkoniyati, qo’shima protsessorlarning mavjudligi.
Meynfreymlar ishlatilayotgan ma’lumotlarning saqlaninshi kafolatlanadi, ular ustida amallarni bajarish vaqtidagi xatoliklar avtomatik tarzda to’g’rilanadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtida yuz bergan xatoliklar ma’lumotlarni buzilishiga olib kelmaydi. Ma’lumotlarni saqlanishi RAID -massiv bo’lganligi sababli ularni buzilishidan saqlaniladi.
Meynfreymlarlarni yuklanganlik darajasini 80-95 % gacha ko’tarish mumkin.
Ularning kiritish/chiqarish qurilmalari kiritish/chiqarish amallarni yuqori yuklanganlik darajasida ishlashga moslashtirilgan.
Ma’lumotlarni olish: ular bitta serverda joylashgan bo’lganligi uchun turli joylardan ma’lumotlarni yig’ish kerak bo’lmaydi va ularni saqlab turish uchun diskdan qo’shimcha joy talab qilinmaydi.
Serverlarni ishlatish uchun uncha ko’p bo’lmagan serverlar va oddiy dasturiy ta’minot talab qilinadi. Ularning barchasini yig’indisi yuqori tezlik va effekt bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Disklardagi kiritish/chiqarish tezligi protsessorlarni yuqori darajada yuklangaligi ta’minlash uchun etarli.
Dostları ilə paylaş: |