Amaliy qism.
Ushbu ishning amaliy qismida Google Authenticatorni qanday yaratish va sozlashni ko’rib chiqamiz. Har bir akkauntingiz uchun ushbu xizmatni faollashtirish muhimligini hisobga olib, biz sizga ushbu Google xizmatini ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaringiz va boshqa platformalar uchun qanday sozlashni ko‘rsatamiz. Misol tariqasida biz eng katta va eng mashhur kriptobirja Binance tanlab olindi.
Birinchi navbatda, https://www.binance.com saytida ro'yxatdan o'tiladi. Asosan, har qanday jiddiy kriptobirja Google Authenticator yordamida ikki faktorli autentifikatsiyani o'rnatish bo'yicha ko'rsatmalarga ega, biz yangi boshlayotganlar oldindan tayyorgarlik ko'rishlari uchun uni qisqacha bayon qilamiz.
2fa kodini ulash va sozlash uchun o'rnatilgan ilova va akkauntga kirish huquqiga ega smartfon yoki planshet kerak bo'ladi.
Google akkaunt sozlamalariga o'tiladi va xavfsizlik sozlamalariga kiriladi. Buning uchun quyidagi havoladan foydalanish mumkin: myaccount/google/com/security/. Bunda quyidagi oyna ochiladi (3.1-rasm). Bu yerda ikki bosqichli tekshirish opsiyalarini yoqish kerak.
3.1-rasm. Google sozlamalarida 2 bosqichli tekshiruv boʻlimiga oʻtish.
Ushbu parametrni yoqish uchun shaxsiy kompyuterda Google akkauntga kirishni tasdiqlash kerak (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterda Google qayd yozuviga kirishni tasdiqlash.
Keyin, Google Authenticator ilovasida raqamni o'zgartirishga o'tish zarur (3.3-rasm).
3.3-rasm. Google Authenticator ilovasida raqamni oʻzgartirishga oʻtish.
Shundan so'ng, telefonning modeli asosida Google Authenticator-ni ulash uchun qurilma turini tanlash kerak bo'ladi (3.4-rasm).
3.4-rasm. Google Authenticator ilovasini ulash uchun qurilma turini tanlash.
Google Authenticator ilovasini sozlash uchun rasmiy havolalarga kirish va uni yuklab olish kerak (3.5-rasm):
- iOS uchun Google Authenticator (iPhone, iPad) - https://apps.apple.com/
- Android uchun Google Authenticator - https://play.google.com/
Apk faylini (Android uchun) boshqa manbadan yuklab olish ham mumkin, ammo bu ishonchli variant emas..
3.5-rasm. Google Authenticator ilovasini yuklab olish va oʻrnatish
Xizmat QR kodi va zaxira kalitni ko'rsatadi. Dastur shtrix-kodni skanerlashi uchun Google Authenticator ochiladi va kamera belgisi bosiladi (3.6-rasm). Keyin, shtrix-kod yordamida Google Authenticator ilovasini ulash uchun, kodni ulashga o'tiladi (3.7-rasm).
Agar biron sababga ko'ra nosozlik yuzaga kelsa, masalan, kamera ishlamasa, smartfondagi dastur interfeysiga 16 raqamli 2FA kalitini kiritiladi va "Qo'shish" tugmasi bosiladi. Qayd yozuvini avtomatik yoki qo'lda qo'shish muhim emas, har qanday holatda ham ulanish kodini xavfsiz joyda (yaxshisi, qog’ozga yozish) saqlashni unutmaslik kerak (3.8-rasm).
Shundan so'ng quyidagi oyna paydo bo'ladi. Bu autentifikator muvaffaqiyatli yoqilganligi haqidagi ogohlantirishdir (3.9-rasm).
3.6-rasm. Shtrix-kodni skanerlash
3.7-rasm. Google Authenticator ilovasini ulash uchun kodni ulashga o'tish.
3.8-rasm. Smartfondagi dastur interfeysida 16 xonali 2FA kalitining kiritilishi
3.9-rasm. Google Authenticator ilovasini ulash uchun kod muvaffaqiyatli ulanganligi.
Dostları ilə paylaş: |