3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Elka kamari va qo’l erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 162,03 Kb.
səhifə7/8
tarix19.03.2022
ölçüsü162,03 Kb.
#53974
1   2   3   4   5   6   7   8
3-Amaliy mashg\'ulot

Qayiqsimon suyak (os scaphoideum, 31-rasm) birinchi qatordagi suyaklarning kattasi bo‘lib, bo‘rtib chiqqan yuzasi va chap tomonda do‘mboqchasi (tuberculum) ko‘rinadi.

Yarimoysimon suyakning (os lunatum, 31-rasm) tepa yuzasi qavariq, pastki yuzasi esa botiq bo‘ladi.

Uch qirrali suyakda (os triquetrum, 31-rasm) no‘xatsimon suyak qo‘shiladigan bo‘g‘im yuzasi ko‘rinadi.

No‘xatsimon suyak (os piciforme, 31-rasm) eng kichkina suyak bo‘lib, u kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul payining orasida joylashgan. Ana shu to‘rtta suyakning birinchi uchtasi o‘zaro birlashib ellips shaklidagi qavarib turgan bo‘g‘im yuzasini hosil qiladi va bilak suyagining bo‘g‘im yuzasi bilan birikib turadi. Pastki yuzalari esa pastki (ikkinchi) qator suyaklari bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.

Kaft suyaklarining uchidagi bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lib, kaft usti suyaklarining ikkinchi qatorida joylashgan suyaklar bilan qo‘shilsa, yonbosh yuzalari esa o‘zaro bir-biri bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadi. I kaft suyagi kalta bo‘lib, asosida egarsimon bo‘g‘im yuzasi bor. II kaft suyagi eng uzun, V kaft suyagi esa eng kalta.

Kaft suyaklarining boshchasidagi sharsimon bo‘g‘im yuzalari birinchi barmoq falanga suyaklari bilan bo‘g‘im hosil qiladi.



31-rasm. Qo‘l panjasining skeleti (ossa manus). Orqa yuzasi.

1 – phalanx distalis; 2 – phalanx media; 3 – phalanx proximalis; 4 – spatia interossea metacarpi; 5 – os metacarpale V; 6 – os hamatum; 7 – os capitatum; 8 – os piciforme; 9 – os triquetrum; 10 – os lunatum; 11 – os scaphoideum; 12 – os trapezoideum; 13 – os trapezium; 14 – processus styloideus; 15 – os metacarpale I.



Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin