Barmoq suyaklari (phalanges digitorum, 31-rasm) kaft suyaklariga o‘xshash kalta naysimon suyaklardan tuzilgan bo‘lib, barmoqlarda ketma-ket joylashgan.
Bosh barmoqdan boshqa to‘rtta barmoqninguchtadan falanga suyaklari bor, bosh barmoq esa faqat ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh barmoqning birinchi va uchinchi falanga suyaklari bo‘lib, o‘rta falanga suyagi bo‘lmaydi. Qolgan to‘rt barmoqda proksimal, o‘rta va distal falanga suyaklari bo‘ladi. Barmoq suyaklarida asosi (basis phalangis), tanasi (corpus phalangis), boshchasi (caput phalangis) tafovut qilinadi.
I va II barmoq suyaklari kaft tomonga bir oz bukilib joylashgan. I barmoq suyaklar asosidagi bo‘g‘im yuzalari kaft suyaklarining ikkinchi qatordagisi bilan birlashadi. II va III barmoq suyaklarida g‘altaksimon bo‘g‘im yuzalari joylashgan.
Oxirgi tirnoq falangalarining uchlari siqilib, yassi bo‘lib, tirnoq g‘adir-buduri – tuberositas phalangis distalisni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |