shakllantirilishini va o‘zlashtirilishini yo‘lga qo‘yishda yuqorida keltirilgan ishlardan
samarali foydalanish kifoyadir.
Bu bilan:
- tushunchaninig mantiqiy va psixo-fiziologik
xususiyatlarini, uning shakllanish
yodlarini va ta’limdagi o‘rnini soha nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish va tegishli
xulosalar hosil qilish;
- o‘quvchilarda tushunchalarning shakllanish jarayonini, usullarini va samarali
o‘zlashtirilishini ta’minlovchi shart-sharoitlarni o‘rganish;
- chizma geometriya va chizmachilik tushunchalarini ZTT asosida shakllantirish
hamda o‘zlashtirish tizimini ishlab chiqish va uni ilmiy-nazariy va pedagogik-amaliy
asoslash;
-Mazkur fanning termin va tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishiga
qulay
bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etishning shakllari, yo‘llari va metodlarini aniqlash.
Shuningdek quyidagi vazifarni amalga oshirish lozim bo’ladi.
- tadqiqot uchun manba bo‘lgan termin va tushunchalarning majmuasini aniqlash;
- chizma geometriya va chizmachilikning mazkur tushunchalarining mazmunini
yoritish va maqsadga muvofiq holda o‘quv lug‘at (so‘rovnoma) yaratish;
3-savol. O’qitishda ilmiy tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati.
Tilimizdagi mavjud so‘zlar, atamalar, terminlar ma’nolarining kengayishi va
torayishi, ma’nolarning o‘sishi, ma’no ko‘chishi tarzda ro‘y beradi. Ular qanday tarzda
ro‘y berishidan qat’iy nazar, bilish jarayonining boshlangdch bosqichi hisoblangan,
idrok etishning tovush asosidagi ma’lumot bodib, bilish jarayonida bilim manbai
hisoblanadi. Idrok va tafakkur qilish jarayonlarida ilmiy va amaliy ahamiyatlarga ega
bodgan tegishli tushunchalar hosil bodishida ishtirok etadi.
O‘quvchilarda ilmiy tushunchalar tizimining shakllanishi-ular
tomonidan ilmiy
bilimlar tizimini egallashning muhim ilmiy elementlaridan biridir. Har bir o‘quv fani
o‘zaro bogdangan asosiy ilmiy tushunchalar tizimidan tashkil topgandir,
o‘quvchilarning fan bo‘yicha toda bilimlarining sifati tushunchalarning qanday va
qanchalik o‘zlashtirilganligidan kelib chiqadi.
Demak, chizma geometriya va chizmachilik kursini odganish uchun uning
mazmunini egallash lozim. Chizma geometriya va chizmachilik kursining mazmunini
esa, asosan, chizmaning proeksion mohiyatini qamrab oluvchi turli xil tushunchalar,
qisqartma va qoidalar to‘plami hisoblangan YeSKD (Konstruktorlik hujjatlarining
yagona tizimi) standartlari tashkil etadi.
Tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib qonun va nazariyalarning o‘zlashtirilishi
haqida so‘z bodishi ham mumkin emas. Tushunchalarni egallash o‘quvchilarning tahlil
va sintez, solishtirish va taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi amallar
bajarish orqali faol aqliy faoliyatlari bilan bogdiq. Biron bir
fikrni tushunchalar bilan
amallar bmajarmay turib ifodalashning iloji yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarda
shakllantirilayotgan tushunchalar ular tomonidan qanchalik yaxshi o‘zlashtirilsa, ularda
muhokama, xulosa tuzish shunchalik yengillashadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, bayon etilgan fikrlar bilan tushunchalarning
shakllanishidagi munosabat chegaralanib qolmaydi. O‘quvchilarning terminologik
bilimi o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga o‘quv materialini ilmiy tilda bayon etishga imkon
beradi. Boshqacha ta’riflaganda, didaktikaning ilmiylik prinsipini amalga oshishining
omilidir.
Ta’limda tushunchalar rivojlanishning o’ziga xos hususiyatlari.
Ta’lim jarayonida tushunchalarning rivojlanishi bilan fandagi rivojlanishida bir
qancha umumiy jihatlari, shuningdek, mohiyatan farqlari mavjud.
Fandagi singari ta’limda tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishi dialektik
ziddiyatli, murakkab jarayondan iborat. O‘quvchilar
tushunchalarni darhol
o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan uning mazmunini, hajmini, boshqa
tushunchalar bilan aloqasini bilib boradi.
Tushunchalarni o‘zlashtirish o‘rnatilgan ilmiy va yangi faktlarni tushuntirishga
yetarli bodmagan, mayjud tushunchalar bazasi o‘rtasidagi hosil bodgan ziddiyatni
yengib odish asnosida amalga oshiriladi.
Fanda (ilmiy bilishda) tushunchalarning hosil bodishi va rivojlanishi - olimlarning
ijodiy izlanishlarining mahsulidir. Ta’limda esa o‘quvchilarda tushunchalarning
shakllanishi o‘qituvchi rahbarligi ostida sodir bodadi. Bu o‘qituvchining o‘quv dasturi
bilan, o‘quv qodlanma va ta’lim nazariyasi va amaliyotining holati bilan aniqlanadigan,
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati natijasining mahsulidir.
Ilmiy bilishda tushunchalarning hosil bodishi va rivojlanishi- ongning ob’ektiv
dunyoni
chuqurroq anglashdagi, uzoq jarayon davom etadigan rivojlanishining
natijasidir, bilishning bir qancha bosqichining yigdndisidir. Ta’lim jarayonida esa,
o‘quvchilarda fanning tarkibiga kirgan va qat’iy tasdiqlangan, insonlarning ilmiy va
amaliy faoliyatlarida keng qodlaniluvchi tushunchalarning shakllanishi yuz beradi. Bu
jarayonda ham tushunchaning rivojlanashi sodir bodadi, ammo u faqat o‘quvchilarning
ongidagina sodir bodadi, bu yerda yangilik elenmenti sub’ektiv xarakterga egadir.
Ilmiy bilishda tushunchalar yordamida ongimizda aks etuvchi narsa va
hodisalarning ham hossalarini ajratish- o‘nlab olimlar, ba’zida esa,
turli xil mamlakat
olimlari avlodining ijodiy faoliyatidir. O‘quvchilar esa tushnchalarni ta’lim
muassasalarida o‘qish davrida o‘zlashtirishadi.
Fanda tushunchalaming hosil bo‘lish va rivojlanish manbai- o‘rnatilgan yangi
tushunchalar bilan mavjud eski tushunchalar apparati o‘rtasidagi ziddiyat, yangi
ochilgan, o‘rnatilgan faktlarni tushuntirishga bilimlarning yetishmasligidir.
O‘quvchilarda esa quyidagi omilarning ta’sirida sodir bo‘ladi:
- maktabda fanlar asosini o‘rganishda o‘qituvchi rahbarligida maqsadga
yo‘naltirilgan tushunchalarni shakllantirish jarayonida;
- tushunchalarning «tabiiy» shakllanishi, ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish,
radio va televidinie orqali dasturlarni eshitish va filmlarni ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: