3-Amaliy mashg‘ulot.
MAVZU: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda
tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning
ilmiy pedagogik prinsiplari.
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarga o‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy
terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish
metodlari va texnologiyalari, termin
tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplarini tushuntirish.
Darsning jihozi: Kompyuter,
proyektor, ko’rgazmali materiallar, doskada ishlash
uchun chizma
qurollari, format qog’oz, tarqatmali materiallar
Vizual amaliy materiallar
O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni
o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari.
Shaxs kasbiy ta’lim jarayonida chinakam mutaxassis bo‘lib shakllanishi, avvalo,
uning tegishli sohalarga oid bilimni qanchalik mustahkam egallashiga bog‘liqdir. Turli
fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlashtiriladigan kasbiy bilimning
muhim qismi kasbiy
terminlar haqidagi bilimlardan iborat [1].
Albatta, o‘qituvchi, bo‘lajak yosh mutaxassislar o‘z kasbiy sohasiga oid
terminlarning mazmunini turli lug‘atlar [3], o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar [2] yordamida
o‘rganilishini tashkil etishi mumkin.
Am
mo bunday an’anaviy yondashuv ko‘pincha
ta’lim oluvchilarni motivlashtirish va qiziqtirish, ularni ijodiy
faollikka undash nuqtai
nazaridan o‘zini oqlamaydi. Bu yerda o‘qitishning o‘ziga xos innovatsion usullarini
qo‘llash talab etiladi. Mazkur ma’ruza tezisida bir qator chizmachilik terminlari
misolida shunday usullarning biri xususida mulohaza yuritiladi.
Ma’lumki, “termin”
deganda fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikma
tushuniladi [8,73-b.]. Har qanday boshqa so‘z
kabi terminlarning ham, albatta, o‘z
etimologiyasi, ya’ni til birligi sifatida kelib chiqish tarixi mavjud. Bizningcha, ushbu
holatdan terminlar mazmuni bilan tanishishda foydalanish va bu bilan o‘qitish
samaradorligini oshirishi mumkin. Buni texnologik
jihatdan tashkil etishning
usullaridan biri sifatida biz quyidagicha tasavvur qilamiz:
1) ta’lim oluvchilarga muayyan terminning o‘zi va uning ma’nosi alohida
tarqatma materialda taqdim etiladi [3];
2) tarqatma material asosini tashkil etuvchi maxsus jadvalning alohida ustunida
o‘rganilayotgan terminlarning etimologik asosi bo‘lgan birliklar [4,5,6,7]
aralash
tartibda keltiriladi va ta’lim oluvchiga tegishli termin ma’nosidan kelib chiqqan holda
ularni tartiblash vazifasi beriladi;
3) ta’lim oluvchidan tegishli etimologik asosning muayyan terminga taalluqli,
deb hisoblanishi qanday izohlanishini tushuntirib berish so‘raladi.
Keltirilgan algoritm asosida pedagogik ish uchun tarqatma material vazifasini
bajaruvchi jadval quyidagicha ko‘rinishda bodishi mumkin: