termin va tushunchalarini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni tushunarli tarzda o‘qitish kabi
masalalarga yondoshgan.
Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tarixiy rivojlanishi bevosita
mazkur fanlarning va bu fanlarga oid
adabiyotlarning shakllanishi, rivojlanishi va
taraqqiyoti bilan birga bog‘liq. Fanning dastlabki shakllanish bosqichi albatta,
chizmalarning paydo bo‘lish tarixiga borib taqaladi. Chizmalarning paydo bo‘lishi va
taraqqiy etishi insonlarning moddiy extiyojining oshishi va ho‘jalik ishlab chiqarishning
o‘sishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Buyumlarni tekislikka tasvirlash ilmining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi er.
avv. yillarga borib takaladi. Biroq chizma geometriya fan sifatida faqat XVIII asrning
oxirlarida
fransuz muhandisi, olimi va siyosat arbobi Gospar Monj (1746-1818)
tomonidan rasmiylashtirildi. U Parijdagi Mezer politexnika maktabida o‘qigan
vaqtlarida bir inshoatni loyihalashda, ya’ni chizmalarini chizishda original hisob
ishlarini amalaga oshiradi. Monj o‘z fikrini amalaga oshirishda stereometrik masalalarni
yechishda planimetrik usullardan foydalandi. Shu bilan
u chizma geometriya faniga
asos soldi. U dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proeksiyalar bo‘yicha
orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy tizimga solib, har tomonlama ishlb chiqadi va
1799 yilda «Chizma geometriya» asarini yozadi. Shu davrdan chizma geometriya va
chizmachilik faninig terminologiyasining rasmiy rivojlanishi boshlanadi, desak
adashmasak kerak.
O‘zbekistonda chizma geometriya fanining sof o‘zbek tilida o‘tilishi ishlari Sobiq
Ittifoq tuzumi davrida professor R. Xorunov tomonidan boshlandi.
U kishi tomonidan
V. S. Rozovning «Kurs chercheniya» kitobi va boshqa adabiyotlarning rus tilidan
o‘zbek tilidagi tarjimasi yaratildi. Bu tarjimalar asosi sof o‘zbek tilida, o‘zbek termin va
atamalarning shakllanishi bilan bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
R. Xorunov va Yu. Qirg‘izboevlarning «Chizma geometriya kursi» adabiyotlari
bo‘yicha Respublikamizda deyarli 30-40 yil davomida soha mutahassislari va fan
arboblari tarbiyalandi va bu
adabiyotlar chizma geometriya, chizmachilikka doir
terminologik tizimni yaratish, chegaralash va o‘zbek tili fondining alohida soha
terminlari doirasini boyitishga ham hissa qo‘shdi.
Muhandislik grafikasi fanlarining terminologiyasi klassterlanadi