18. Tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi bir yarim marta kattalashsa, m-Nyuton halqasining radiusi necha marta kattalashadi?
19. Yung tajribasida tirqishlar orasidagi masofa d=1.5 mm, tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa L=2 m. Tirqishga 637 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik tushmoqda. Ekranda hosil bo‘lgan interferensiya yo‘llari orasidagi masofa aniqlansin.
20. Ikki kogerent optik yorug‘lik manbalari orasidagi masofa d=0.5 mm. Manbalardan tarqalayotgan monoxramatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi 0.5 mkm. Manbalari l=30 sm masofa ekran joylashgan. Ikki qo‘shni interferension maksimumlar orasidagi masofa topilsin.
21. Agar interferensiya manzarasi N=100 yo‘lga burilgan bo‘lsa, Maykolson interferometrida ko‘zguning siljishi topilsin. Yorug‘lik to‘lqin uzunligi 546 nm.
22. Qaytgan yorug‘likda kuzatilayotgan birinchi va ikkinchi qora Nyuton halqalari orasidagi masofa r1= 9 mm va r2=10mm halqalar orasidagi masofa topilsin.
23. Yupqa shisha pona sirtiga normal yo‘nalishida ( 600 nm) monoxramatik yorug‘lik tushmoqda.Qaytgan yorug‘likdagi qo‘shni interferensiya minimumlari orasidagi masofa d=4 mm bo‘lsa, pona sirtlari orasidagi burchak topilsin. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5.
24. Nyuton halqalari to‘lqin uzunligi 589 nm bo‘lgan yorug‘likda hosil bo‘lgan. qaytgan yorug‘likda kuzatiladigan birinchi va ikkinchi yorug‘ halqalar orasidagi masofa =0.5 mm bo‘lsa, yassi qavariq linzaning egrilik radiusi topilsin.
25. Shisha pona sirtiga normal yo‘nalishda 582 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik dastasi tushmoqda. Pona burchagi 20 . Ponaning 1 sm uzunligida qancha qora interferension halqalar joylashgan? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5.
26. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilma monoxramatik yorug‘lik bilan yoritilgan. qaytgan yorug‘likda hosil qilingan qo‘shni qora halqalar radiuslari 4 mm va 4.33 mm. Linzaning egrilik radiusi 6.4 m. halqalarni tartib nomeri va yorug‘lik to‘lqin uzunligi topilsin.
27. Nyuton 5 va 25 yorug‘lik halqalarining orasidagi masofa 9 mm. Linzaning egrilik radiusi 15 mm. Qurilmaga normal holda tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi topilsin. Kuzatish qaytgan yorug‘likda olib borilmoqda.
28. Sindirish ko‘rsatkichi n=1.33 bo‘lgan sovun pardasidan qaytish natijasida hosil bo‘lgan interferension halqa yorug‘ yoki qorong‘u bo‘lishini aniqlang. Parda havoda joylashgan va qalinligi d=0.2 ga teng.
29. To‘lqin uzunligi 6∙10-7 m bo‘lgan i=30o burchak ostida sovun pardasi tushadi. Qaytgan yorug‘likda pardada interferension yo‘llar kuzatiladi. qo‘shni yo‘llar orasidagi masofa x=4 mm. Sovun pardasining sindirish ko‘rsatkichi n=1.33. Sovun pardasi sirtlari orasidagi burchak topilsin.
30. Yupqa ponasimon plastinkada yorug‘lik normal tushish natijasida qaytgan yorug‘lik interferension yo‘llar hosil bo‘ladi. Qo‘shni qorong‘u yo‘llar orasidagi masofa x=5 mm. Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.5. Plastinka qirralari orasidagi burchak topilsin.
31. Nyuton 3-yorug‘ halqasini radiusi R3=1.1 mm bo‘lsa, halqalarni kuzatish uchun ishlatilayotgan yassi-qavariq linzaning F fokus masofasi topilsin. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.6, yorug‘lik to‘lqin uzunligi 589 nm. halqalar qaytgan yorug‘likda kuzatiladi.
32. To‘lqin uzunligi 450 nm qaytgan ko‘k rangdagi yorug‘lik yassi-qavariq linzaga tushish natijasida Nyuton halqalari kuzatiladi. Uchinchi yorug‘ halqa radiusi R3=1.6 mm. Ko‘k rang yorug‘lik filtrini qizil randagi filtr bilan almashtirilganda, 5 yorug‘ halqa radiusi R5=1.77 mm ga teng bo‘lgan. Linzaning egrilik radiusi va qizil nurning to‘lqin uzunligi topilsin.
33. Ekrandagi A nuqtaga monoxramatik yorug‘lik manbai S dan (=0.5 mkm) ikki nur tushmoqda. 1-nur to‘g‘ridan to‘g‘ri manbadan tushmoqda, 2-nur esa ko‘zguning B nuqtasidan qaytib A ga tushadi (rasm). Manbadan ko‘zgugacha bo‘lgan masofa h=2 mm va manbadan ekrangacha bo‘lgan masofa l=1 m. A nuqtada yorug‘likni kuchaytirish yoki susayishi yuz beradimi?
34. Sirt yupqa parda bilan qoplangan qalin shisha plastinkaga normal ravishda to‘lqin uzunligi 0.6 mkm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik tushmoqda. Pardaning sindirish ko‘rsatkichi n2=1.4. Qaytgan nur interferensiya tufayli maksimal susaygan. Pardaning qalinligi d topilsin.
35. Oq nur sovun pardasiga normal ravishda tushmoqda. Sovun pardasining sindirish ko‘rsatkichi n=1.33. Qaytish natijasida 1=630 nm to‘lqin uzunlikda interferension maksimum va unga eng yag`in maksimum 2=450 nm to‘lqin uzunlikda kuzatilmoqda. Parda qalinligi topilsin.
36. Yaxshi sillqlangan ikki yassi plastinkalar orasiga diametri 0.5 mm bo‘lgan sim o‘tkazgich joylashtirilgan plastinka uchlari mustahkam qilib mahkamlangan. Plastinkalar tekisligi normal ravishda yoritilgan. 10 sm uzunlikdagi plastinkada kuzatuvchi interferension manzarani kuzatadi. Interferensiya yo‘llari orasidagi masofa 0.6 mm. Yorug‘likni to‘lqin uzunligi topilsin (rasm).
37. Maykelson interferometrdagi ikkala yorug‘lik dastalariga uzunligi 10 sm bo‘lgan silindrlar joylashtirildi. Silindr uchlari shaffof yassi parallel plastinkalar bilan berkitilgan. Silindrlardan avval havo so‘rib olinib, so‘ngra ulardan biriga vodorod gazi kiritilganda, interferension manzarani 47.5 yo‘lga surilgani kuzatiladi. Vodorodning sindirish ko‘rsatkichi qanday? Tajriba =590 nm to‘lqin uzunligida bajarilgan.
38. To‘lqin uzunligi 0.55 mkm bo‘lgan nur i=15o burchak ostida shisha pona sirtiga tushmoqda shishani sindirish ko‘rsatkichi n=1.5. Pona uchidagi burchak =10 . Qaytgan nurlarda kuzatiladigan interferensiyada minimumlar orasidagi masofa topilsin.
39. Sindirish ko‘rsatkichi n=1.3 bo‘lgan yassi paralle pardasiga normal ravishda oq yorug‘lik dastasi tushmoqda. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi 0.6 mkm pardaning qalinligi qanday bo‘lganda, maksimal shaffof bo‘ladi?
40. Havoda ikki kogerent manba orasidagi masofa d=0.15 mm (6-rasm). Manbalardan ekrangacha bo‘lgan masofa l=4.8 m. Ekranning S nuqtasiga keluvchi nurlarning optik yo‘l farqi topilsin, agar OC=X=16 mm bo‘lsa.
41. Fazoning bir nuqtasiga optik yo‘l farqi 2 mkm ga teng bo‘lgan kogerent yorug‘lik nurlari tushmoqda. 560 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘likning shu nuqtada kuchayishimi yoki susayishimi kuzatiladi?
42. Frenel ko‘zgulari yordamida 80 nm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘likning mavhum manbalari hosil qilingan. Ulardan ekrangacha bo‘lgan masofa l=3.2 mm. Ekran markazidan X=28 mm masofada 3-chi qorong‘u interferensiya yo‘li joylashgan. Mavhum tasvirlar orasidagi masofa topilsin.
43. Orasidagi masofa 0.32 mm bo‘lgan 2 kogerent - oq yorug‘lik manbalari ingichka tirqish ko‘rinishiga ega. Tirqishlardan interferensiya manzarasi kuzatiladigan ekrangacha bo‘lgan masofa 3.2 m. Ikkinchi interferension spektrda qizil ( 1=760 mm) va binafsha ( 2=400 nm) chiziqlari orasidagi masofa topilsin.
44. Sindirish ko‘rsatkichi n=1.54 va uchidagi burchak i=5 bo‘lgan kvars pona 600 nm monoxromatik to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik nurlar bilan yoritilgan interferension yo‘llar orasidagi masofa topilsin.
45. Nyuton halqalari hosil qilingan qurilmadagi linzaning egrilik radiusi r=6,4 m. 640 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik perpendikulyar holda tushmoqda. Linza va plastinka orasi suv bilan to‘ldirilgan (n=1.33). Ikkinchi yorug‘ halqa diametri topilsin.
46. Lloyd tajribasi o‘tkaziladigan qurilmada qaytaruvchi sirt sifatida ikki plastinkadan foydalanilgan. Yorug‘lik manbai sifatida shisha markazidan d=1 mm masofada joylashgan parallel tirqish olingan. Ekran tirqishidan l=4 m masofada joylashgan. Yorug‘lik to‘lqin uzunligi 700 nm. Markaziy yo‘l o‘rtasidan uchinchi yorug‘ yo‘lgacha bo‘lgan masofa topilsin.