3 Аsbоblаrning аsоsiy qismlаri, kоnstruktiv elimеntlаri vа gеоmеtrik pаrаmеtrlаri Rеjа


Rasm 16 – Tepadan va teshikdan qisish



Yüklə 128,88 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü128,88 Kb.
#194953
1   2   3   4   5   6
3-маъруза

Rasm 16 – Tepadan va teshikdan qisish
Tepadan va teshikdan qisishning maqsadi orqa burchagi yoq bir tarafli plastinalarni mahkamlash. Qattiqlik va mustahkamlik – bu usulning asosiy ustunliklari. Mahkamlashning bu sxemasi uya ishkarisiga yo’naltirilgan va plastinani siquvchi kuchlarning bir vaqtda ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunda mustahkamlik va o’lchamlarning plastina almashtirilganda takrorlanuvchanligi ta’minlanadi.



Rasm 17 – Teshikni dastak bilan qisish
Teshikni dastak bilan qisish usuli orqa burchagi yoq bir va ikki tarafli plastinalarni mahkamlashda qo'llaniladi.



Rasm 18 – Tepadan pona bilan qisish
Tepadan pona bilan qisish plastinaning mustahkam turishini ta’minlaydi. Uch tomonli plastinalarni mahkamlashda qo’llaniladi.



Rasm 19 – Plastinalarni vint bilan mahkamlash
Plastinalarni vint bilan mahkamlash kichik o’lchamdagi keskichlarda ishlatiladi. Mahkamlashning bu sxemasi qattiqliki, mustahkamligi, ihchamligi va qirindining erkin chiqishi uchun bo’shliq borligi bilan eski usullardan ustun.



Rasm 20 – Yuqori qattiqlikda mahkamlash tizimi:
а – teshikli plastinalar uchun; б – teshiksiz plastinalar uchun
Yuqori qattiqlikda mahkamlash usuli metallokeramika va kubli bor nitridiga o’xshash mo’rt materiallardan tayyorlangan plastinalarni mahkamlashda qo’llaniladi. Plastinalar turli xil shaklga ega bo’lishi mumkin. Qayta charxlanilmaydigan plastinalar ko’pyoqlik shaklga ega bo’ladi. Qirralar soni z kesuvchi tig’lar soniga teng.
Bir taraflama qo’llanilishga mo’ljallangan plastina faqat bir tomondan tig’ga ega bo’ladi. Uning ikkinchi tomoni tayanch vazifasini bajaradi. Ikki taraflama qo’llanilishga mo’ljallangan plastina ikki tomondan tig’larga ega va ularning soni 2z. Ko’pyoqli plastinaning har bir tig’I uzunligi kesib olinayotgan qatlam uzunligiga teng.
Ko’pchilik zamonaviy mexanik mahkamlanuvchi qattiq qotishmali plastinali metal kesuvchi asboblar konstruksiyalarida kesuvchi plastina asbobning korpusi yoki derjavkasiga oraliq tayanch plastinasi orqali mahkamlanadi.
Tayanch plastinasi ikki vazifaga ega. Birinchidan, kesuvchi plastina singanda korpus yoki derjavkani zarar ko’rishini oldini oladi. Bu narsa ayniqsa ko’p tig’li asboblarning murrakab qimmat korpuslari uchun muhim, masalan frezalar. Ikkinchidan, yuqori qattiqlikdagi issiqlikga chidamli materiallardan tayyorlanadigan tayanch plastinasi kesuvchi platinaning ishonchli mustahkam tayanch vazifasini bajaradi. Aks holda, agar kesuvchi plastinani uyaga befosita o’rnatsak kesish kuchi ta’sirida nisbatan yumshoq bo’lgan uya yuzasi asta-sekin qisilib boshlaydi va plastinada eguvchi kuchlanishlar paydo bo’ladi va uning sinishi yoki uvalanishiga olib keladi.
Mexanik mahkamlangan va kavsharlangan plastinalarning eyilish asoratlari o’xshash. Tig’larning biri eyilgandan so’ng ko’pyoqli plastina korpusdan echib olinadi va keyngi tig’ ishchi tarafga qarab aylantiriladi. Keyin plastina yana mahkamlanadi. Shunday qilib, qayta charxlash o’rniga ko’p qirrali plastinani takroran z ishlatsa bo’ladi. Ikki taraflama qo’llaniladigan plastinani esa – 2z marta.

Yüklə 128,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin