3 Аsbоblаrning аsоsiy qismlаri, kоnstruktiv elimеntlаri vа gеоmеtrik pаrаmеtrlаri Rеjа



Yüklə 128,88 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü128,88 Kb.
#194953
  1   2   3   4   5   6
3-маъруза


3
Аsbоblаrning аsоsiy qismlаri, kоnstruktiv elimеntlаri vа gеоmеtrik pаrаmеtrlаri


Rеjа:
1. Kеsish аsbоblаrning turlаri vа ulаrning аsоsiy qismlаri.
2. Kеsish аsbоblаrning turlаri: bir kеsuvchi qirrаli vа ko’p kеsuvchi qirrаli аsbоblаr; ishchi vа mахkаmlаsh qismlаri.
3. Аsbоblаrning kоnstruktiv elimеntlаri vа gеоmеtrik pаrаmеtrlаri.
4. Kеsish аsbоblаrning yuzаlаri, kеsuvchi hоsil qiluvchilаrining gеоmеtrik vа kоnstruktiv elеmеntlаri vа pаrаmеtrlаri.


Tаyanch so’z vа ibоrаlаr: bоlgаlаsh vа kеsish, kirindi, kеsuvchi аsbоb, kеsish jаrаyoni, аsbоblаrni еyilishi, аsbоblаr gеоmеtriyasi, kеsish rеjimi, kеsish kuchi, mоylаsh-sоvitish, mеtаllаrgа kеsib ishlоv bеrish, хаrоrаtni аniklаsh, аsbоblаrni turgunligi, yuzаning sifаti, аsоsiy vаqt.

Hozirgi vaqtda qattiq qotishmali plastinalar bilan jihozlangan keskichlar tezkesar po’latdan taxlangan keskichlarni siqib chiqardi va mashinasozlikda keng qo'llanilmoqda. Tuzilishi bo’yicha keskich oddiy asbob hisoblanadi. Bu prizmatik korpusga (derjavkaga) mahkamlangan qattiq qotishmali plastina. Qattiq qotishmali plastinaning shakllari turli xil bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarishda prizmatik (Rasm 15, a), ko’p qirrali (Rasm 15, б) va aylana (Rasm 15, в) plastinali keskichlar qo’llaniladi. Qattiq qotishmali plastinalar umumiy ISO tizimi bo’yicha markalanadi (ilova A).



a b c
Rasm 15 – Qattiq qotishmali plastinalar shakli

Keskichlar korpusi po’lat 45 yoki po’lat 40Х tayyorlanadi. Plastinani korpusga mahkamlash ikki usuldan biri bilan amalga oshiriladi: kavsharlash yoki mexanik mahkamlash.


Kavsharlash jez yoki qizil mis qotishmalari yordamida amalga ohsiriladi. Po’latlar va qattiq qotishmalar har xil issiqlik kengayish koeffisienti qiymatiga ega. Kavsharlangandan so’ng, sovutish jarayonida keskich korpusi metalining yuza qismi qatlamlari qattiq qotishmal qatlamlariga nisbatan tezroq siqiladi. Chunki qattiq qotishmalar kichik qiymatdagi issiqlik kengayish koeffisientiga ega. Natijada kavsharlangan qatlamda urunma kuchlanishlar hosil bo’ladi. Keskichning tig’lari eyilganda uning ishlash qobiliyati qayta charxlash yo’li bilan tiklanadi. Lekin bunda plastina o’lchamlari kichrayib boraveradi. Shu sababdan plastina mustahkamligi har bir charxlovdan so’ng tushib boradi, urunma kuchlanishlar esa yorilishga yoki butunlay buzulshga olib keladi. Kesish jarayonida plastina va korpus qizishi natijasida bu kuchlanishlar kamayadi, ammo kesish va sovush jarayonlari tugagandan so’ng ularning qiymati qayta tiklanadi. Kavsharlangan qattiq qotishmali plastinali keskichlar asosan katta uzatishda ishlov beriladigan zagatovkalarga qo’llaniladi. Bunda keskich tig’lariga katta kesish kuchi ta’sir qiladi.
O’rtacha va yengillshgan kesish rejimlarida ishlash uchun korpusga mexanik mahkamlangan plastinali tokarlik keskichlar keng qo’llaniladi. Mexanik mahkamlash plastinani, mo’rt bo’lgan qattiq qotishmaga ta’sir qiladigan xech qanaqa xavfli kuchlanishlar hosil qilmasdan maxsus uyada mustahkam turishini ta’minlaydi. Har xil ishlov berish sharoiti uchun turli xil mahkamlash variantlari ishlab chiqilgan, bulardan asosiylari 16-20-rasmlarda keltirilgan.




Yüklə 128,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin