6.1 Haqiqiy aylanish chastotasini aniqlash, aylanish/daq
nh – zagatovkaning haqiqiy aylanish chastotasi (dastgohning passportli ma’lumotlariga ko’ra shpindelning aylanish chastotalar qatoridan eng yaqin kichik sonni tanlaymiz) (ilova B)
6.2 Faktik kesish tezligi, m/daq
7. Kesish kuchi, N
Kesish kuchini, koordinatalar o’qi (tangensial Pz, radial Py va o’qli Px) bo’yicha yo’naltirilgan kuchlar tarkibiga bo’lish qabul qilingan (rasm 22). Tashqi va ichki bo’ylama va ko’ndalang yo’nish, kesib tashlash, teshish va qolipli yo’nishda kuchning asosiy Pz tashkil etuvchisi quydagi formula bo’yicha hisoblanadi
bu yeda Cp koeffisienti va daraja ko’rsatkichlari [1, jadv. 22, bet 372] da keltirilgan;
– haqiqiy kesish sharoitini hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffisient
berilgan koeffisientlarning sonli qiymatlari adabiyotda keltirilgan [1, jadv. 9,10,23, bet 362,363,374].
Kesib tashlash, teshish va qolipli kesishda t – keskich tig’ining uzunligi.
Rasm 22 – Kesish kuchinin tashkil etuvchilar
8. Kesish quvvati, kVt
Olingan quvvatni dastgoh quvvati bilan taqqoslash zarur (ilova B) va quydagi dastgohning zagatovkaga ishlov berishga imkoniyati haqida xulosa chiqarish kerak.
9. Derjavka kesimi shakli va uning o’lchamlarini aniqlash
Eng ko’p tarqalgan keskich derjavkasi shakli to’g’ri burchakli shakl hisoblanadi. Bunda plastinaning o’yib o’rnatilishi derjavkani kamroq zaiflashtiradi.
Kesim shakli kvadrat bo’lgan derjavkalar murakkab egilish deformatsiyasiga yaxshiroq qarshilik ko’rsatadi. Yo’nuvchi va avtomatli-revolverli keskichlarda va dastgoh markazi chizig’idan keskich tayanch yuzasigacha bo’lgan masofa yetarlicha bo’lmagan holda ishlatiladi.
Kesim shakli aylana bo’lgan derjavkalar yonuvchi, rezbali, tokarlik-gardanlash keskichlarida qo’llaniladi. Chunki u keskich burilishini amalga oshirish va charxlash burchagini o’zgartirishga imkon yaratadi.
Derjavka ko’ndalang kesim o’lchamlarini kesish kuchi, uning materiali, keskich qulochiga qarab hisoblanadi. Olingan o’lchov qiymatlarini normal qatorga keltirishadi. Derjavka ko’ndalang kesimining norlmallashgan o’lchamlari adabiyotda keltirilgan [jadval B.1]
Derjavka ko’ndalang kesimining b kengligi yoki d diametrini quydagi formulalar bo’yicha aniqlash mumkin:
kvadratli kesimda (h=b):
to’g’ri burchakli kesimda (h≈1,6b):
aylanali kesimda:
bu yerda Pz – kesish kuchi, N;
l – keskich qulochi, mm;
σu.д – materialning ruxsat etilgan egilish kuchlanishi, MPa. Toblanmagan uglerodli po’latdan taxlangan derjavkalar uchun σu.д 200-300 MPa teng, termik ishlov berilgan uglerodli po’latdan taxlangan derjavkalar uchun σu.д 400-600 MPa teng.
10. Keskich derjavkasi musthkamligi va qattiqligini hisoblash
Keskich mustahkamligiga qarab ruxsat etilgan maksimal yuklanish:
kesimi to’g’ri burchak bo’lgan keskichda:
kesimi aylana bo’lgan keskichda:
Keskich bikrligiga qarab ruxsat etilgan maksimal yuklanish keskichning maksimal ruxsat etilgan egikligini inobatga olgan holda hisoblanadi:
bu yerda f – keskichning ruxsat etilgan egiklik o’lchami, m (xomaki yo’nishda f=0,1 mm; so’ngi yo’nishda f=0,05 mm);
E – keskich materialining elastiklik moduli, MPa (uglerodli po’lat uchun E teng 1,9·105-2,15·105 MPa)
J – derjavka kesimining inertsiya momenti, mm4 (to’g’ri burchakli kesim uchun J = b·h3/12; aylana kesim uchun J = 0,05d4);
l – keskich qulochi, mm.
Keskich quydagi holatda etarlicha mustahkamlik va bikrlikga ega:
Pz≤ Pzдоп; Pz ≤ Pzжест.