3 Asosiy qism I bob: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi


Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi



Yüklə 47,18 Kb.
səhifə10/12
tarix06.07.2023
ölçüsü47,18 Kb.
#135991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
guli

2.1.Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo‘jalik mablag‘larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo‘jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo‘layotgan o‘zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.
Moliyaviy hisob va hisobotda korxona ixtiyoridagi mablag‘lar, xo‘jalik jarayoni, uning ta’siri ostidagi xo‘jalik mablag‘larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi2 ga binoan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir”.
Moliyaviy hisob va hisobot yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag‘larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Moliyaviy hisob va hisobot quyidagi uchta funksiyani bajaradi:
1) axborot yig‘ish, umulashtirish, guruhlashtirsh hamda uni
taqdim etish;
2) nazorat qilish;
3) boshqaruv qarorlarini qabul qilish.3
Bu funksiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Moliyaviy hisob va hisobotning asosiy vazifalarini tushunib olish uchun uning obyektlarini bilib olish lozim bo‘ladi. Ushbu obyektlar quyidagi 4ta guruhdan tashkil topgan:
1. Korxona mablag‘ (resurs)lari: mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav fondi (kapitali), boshqa har xil fondlar, kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervi, korxonalar foydasi hisobidan tashkil qilingan har xil zaxira va hokazolar. Bu mablag‘lar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib beradi.
2. Korxonalarda sodir bo‘layotgan muhim jarayonlar: tovarmoddiy boyliklarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar realizatsiyasi, kapital qurilish va boshqa jarayonlar.
3. Hisoblashish muomalalari: byudjet, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridorlar, ishchi va xizmatchilar, davlat banki va boshqa banklar hamda boshqa tashkilot va shaxslar bilan hisoblashishlar.
4. Korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari: jamoaning daromadi, foyda va zararlari. Ushbu obyektlarni o‘rganish va nazorat qilish jarayonida uning vazifalari yuzaga keladi. Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda moliyaviy hisob va hisobot oldiga qo‘yilgan talablar asosan quyidagilardan iborat: -qat’iy bir xillik (unifikatsiyalanganlik);
-ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishini aks ettiradigan ko‘rsatkichlarga asoslanishi;
-soliq solish bazasini va byudjetga boshqa ajratmalarni to‘g‘ri hisoblash.
Jamiyatda moliyaviy hisob ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o‘z navbatida uchta guruhga bo‘linadi:
korxona boshqaruvchilari;
moliyaviy manfaatdor shaxslar;
moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan shaxslar.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi:
1.Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi;
2.Korxonaning likvidligi;
3.O‘zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;
4.Aktivlarning aylanish tezligi;
5.Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabel-ligi;
6.Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda;
7. To‘langan dividendlarning hissasi (agar aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa)
Moliyaviy hisob va hisobot quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
-mavjud va salohiyatli sarmoyadorlar va kreditorlarning tushunishi uchun qulay va xolis axborotni taqdim etish;
-mavjud va salohiyatli sarmoyadorlar va kreditorlarga kutilajak daromadlar bilan bog‘liq summalar, vaqt va tavakkalchiliklar haqida fikr yuritishga yordam beradigan axborotni taqdim etish;
-korxonaning xo‘jalik resurslari, uning majburiyatlari, mulk tarkibi va uning hosil bo‘lish manbalari, shuningdek, ularning o‘zgarishlari haqidagi axborotni taqdim etish.
Moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotni tuzish pul ifodasida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida tizimli to‘plangan va ishlangan axborotdan korxona tashqarisidagi foydalanuvchilariga taqdim etishning asosiy uslubi bo‘lib umumiy belgilangan tashqi hisoboti hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotdan nafaqat korxona ichida foydalanish, balki u asosan tashqi foydalanuvchilarga yo‘naltirilganligi sababli, xalqaro qoida va standartlarga muvofiq o‘tkazilishi lozim bo‘lgan auditorlik tekshiruvi zarurligini ham harakterlaydi.
Auditor xulosasi mustaqil auditorlik firmasi tomonidan moliya hisobotiga izohlarni aks ettirgan holda tuziladi. Shuningdek, moliya hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish paytida inflyatsiyani hisobga olish muhim masala hisoblanadi. Bunday yondashuv ikki sabab bilan tushuntiriladi, boshlang‘ich narxlar, korxona bitim sodir etilgan soniyasida to‘lovni amalga oshirgan yoki mablag‘larni olgan haqiqiy narxlarni ifodalaydi: boshlang‘ich narxlar, odatda, mustaqil sheriklar o‘rtasida tijorat bitimining tuzilishi natijasi hisoblanadi va shuning uchun xolis va tekshirib to‘laydigan moliya operatsiyalarining ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.


Yüklə 47,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin