3 Asosiy qism I bob: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi


XARAJATLARINING O'ZGARISH TAMOYILLARI



Yüklə 47,18 Kb.
səhifə8/12
tarix06.07.2023
ölçüsü47,18 Kb.
#135991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
guli

1.2.XARAJATLARINING O'ZGARISH TAMOYILLARI.
Korxona foydalanadigan ko'plab resurslar miqdori, ya'ni jonli mehnat, xom ashyo, yonilg'i va energiya sarflari tovar hajmining o'zgarishiga tez va oson ta'sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta'sirida tovar hajmi o'zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi.
Masalan, og'ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig'ida mahsulot miqdori o'zgarishiga ta'sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya'ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o'tgan davr sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o'stirish uchun qisqa davrda faqat o'zining o'zgaruvchi xarajatlari miqdorini o'zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo'lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o'zgartirish uchun yetarli bo'lishi mumkin.
Boshqacha aytganda qisqa davr oralig'ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o'zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko'paytirish orqali o'zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.
Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo'lgan resurslari miqdorini o'zgartirish uchun yetarli bo'lgan davrdir.
Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o'zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog'ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo'shimcha tikuv mashinasi o'rnatish bilan o'zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og'ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.
Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o'zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o'zgaruvchi resurslar miqdorini qo'shib borish yo'li bilan ishlab chiqarish xajmini o'zgartirishi mumkin. Bu yerda shunday savol tug'iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko'proq va yanada ko'proq miqdorda o'zgaruvchi resurslarni qo'shib borish yo'li bilan ishlab chiqarish hajmi qanday o'zgarib boradi?
Bu savolga marjinalistlar o'zlari tomonidan o'ylab topilgan samaraning kamayib borishi qonuni deb ataluvchi qonun orqali javob beradi. Bu qonunga binoan, ma'lum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o'zgaruvchi resurslar birligini (masalan, jonli mexnat) ketma-ket qo'shib borish, har bir keyingi o'zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo'shimcha mahsulot beradi.
Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko'rsatuvchi ishchilar soni ko'payib borsa, ishlab chiqarishga ko'proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o'sishi tobora sekinlik bilan ro'y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo'lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo'shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko'tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to'rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar ko'tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo'lgan qo'shimcha hosil beradi.
Bu yerda shuni ta'kidlab o'tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o'zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya'ni, har bir qo'shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.Demak, qo'shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo'lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko'p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o'rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo'ladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, samaraning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o'zidan o'zi emas, balki omillarning boshqasio'zgarmagani holda ayrimlarini ko'r-ko'rona ko'paytirib, ular o'rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo'ladi.
Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to'xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o'rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o'zgarish ro'y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig'ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o'rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda ko'proq va yanada ko'proq quvvatlarni ishga tushirish o'rtacha umumiy xarajatlarning o'sishiga olib keladi.
Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o'zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o'zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o'rtacha xarajatlarning o'zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o'sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo'ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o'sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o'rtacha xarajatlarining pasayishiga ta'sir ko'rsata boshlaydi.
Bu omillar quyidagilar:
1) mehnatning ixtisoslashuvi;
2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi;
3) kapitaldan samarali foydalanish;
4) qo'shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to'xtab o'tamiz.
1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxona ko'lamining o'sib borishi bilan foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoni kengayib boradi. Qo'shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o'rtasida borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 tadan turli operatsiyalarni bajarish o'rniga endilikda har bir ishchi bitta-yagona topshiriqni bajarishi mumkin bo'ladi. Butun ish kuni davomida u o'zining malakasiga ko'proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo'ladi. Kichik korxonalarda malakali ishchilar ko'pincha o'z ish vaqtlarining deyarli yarmini hech qanday malaka talab etmaydigan ishlarni bajarishga sarflaydilar. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish miqyosining o'sishi bilan ta'minlanuvchi mehnat operatsiyalarining taqsimlanishi imkoniyati ishchilar uchun o'z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba orttirishga zamin yaratadi. 5-6 ta topshiriq bilan band qilingan "o'z ishining ustasi" ham bu vazifalarning har birini bajarishda u qadar malakali bo'la olmaydi. Yagona vazifani bajarish imkoniga ega bo'lgach, xuddi shu ishchi yanada unumliroq ishlay oladi. Va nihoyat, mehnat ixtisoslashuvining yuqori darajasi ishchi tomonidan bir topshiriqni bajarishdan boshqa biriga o'tishdagi vaqt yo'qotilishi holatining oldini oladi.
2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning yirik miqyoslari shuningdek boshqaruv bo'yicha mutaxassislar mehnatidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi. Birdaniga 20 nafar ishchini nazorat qilishga qodir bo'lgan rahbarning mehnati bir necha ishchiga ega bo'lgan kichik korxonada yetarli darajada foydalanilmaydi. Bu holatda ma'muriy apparatni ta'minlash xarajatlarini oshirmagan holda korxona ishlab chiqarish xodimlarining sonini ikki baravar ko'paytirish mumkin bo'ladi. Shu bilan birga, kichik firmalar boshqaruvchi mutaxassis mehnatidan bevosita maqsadga muvofiq foydalana olmaydilar.
Kichik korxonada sotish muammolari bo'yicha mutaxassis o'z vaqtini boshkaruvning turli sohalari - masalan, marketing, mehnat resurslarini boshqarish, moliyaviy boshqarish bo'yicha taqsimlashga majbur bo'lishi mumkin. Operatsiyalar miqyosining kengayishi marketing bo'yicha mutaxassis o'zini mahsulotlarni taqsimlash va sotish ustidan nazorat o'rnatishga to'liq bag'ishlashi mumkinligidan darak berib, boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun qo'shimcha ravishda tegishli mutaxassislar jalb etiladi. Pirovardida bu holat samaradorlikning oshishi hamda mahsulot birligiga bo'lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi.
3. Kapitaldan samarali foydalanish. Ko'p hollarda kichik firmalar ishlab chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga qodir bo'lmaydilar. Mahsulotlarning ko'plab turlarini ishlab chiqarish uchun mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin. Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin.
Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari yig'ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo'llanishini taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, ba'zi bir hisob-kitoblarga ko'ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish lozim bo'ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Mayda ishlab chiqaruvchilar ikki o'tning orasida bo'ladilar. Avtomobillarni boshqa jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko'proq xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to'liq foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga tushuvchi yo'l hisoblanadi.
4. Qo'shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Yirik miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo'shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo'ladi. Go'shtni qadoqlash bo'yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan yelim, o'g'itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa shu kabi qo'shimcha mahsulotlarni tayyorlaydiki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo'lmaganligi uchun shunchaki tashlab yuborishi mumkin edi.
Ishchi va boshqaruvchilar mehnatini ixtisoslashtirish darajasini oshirish, nisbatan samarali asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati, chiqindilardan samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o'z ishlab chiqarish miqyosini kengaytirishga layoqatli bo'lgan tadbirkor tomonidan mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmining nisbatan ko'proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, natijada o'rtacha umumiy xarajatlar pasayadi.
Salbiy miqyos samarasi. Vaqt o'tishi bilan firmaning kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o'sishiga olib kelishi mumkin.
Salbiy miqyos samarasi ro'y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish chog'ida vujudga keluvchi ma'lum boshqaruv qiyinchiliklari bilan bog'liq.
Uncha katta bo'lmagan korxonada bitta-yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o'zi qabul qilishi mumkin. Firma hajmining uncha katta bo'lmaganligi tufayli mazkur boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur qila oladi hamda firma faoliyatining barcha yo'nalishlarini tezlik bilan o'zlashtira olishi, o'z qo'l ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara olishi mumkin bo'ladi. Biroq bunday qulay holat firma miqyosining kengayishi bilan o'zgaradi. Ma'muriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko'payib boradi; yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi.
Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni yig'ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo'ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashinuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo'g'inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning o'rtacha xarajatlari oshadi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10%ga o'sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5%ga o'sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o'sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. Ba'zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta'siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo'lishi mumkin.
Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o'sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko'payishiga olib keladi.Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo'yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi
Qisqa muddatli ishlab chiqarish xarajatlari. Xarajatlar: tushunchasi, turlari, dinamikasi Xarajatlarni tahlil qilish davrni qisqa muddatli va uzoq muddatliga majburiy ravishda ajratish bilan amalga oshiriladi. Ularning orasidagi farqning mohiyati ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdadir. Qisqa vaqt ichida korxonani texnik jihatdan qayta jihozlashning iloji yo'q, rekonstruksiya ancha uzoq vaqt davomida amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblab chiqqandan so'ng Uzoq muddat va ularning dinamikasini o‘rnatish orqali iqtisodchi firmaning maksimal foyda va xarajatlarni minimallashtirish bo‘yicha strategik yo‘llarini aniqlay oladi. Lekin birinchi navbatda siz bu haqda qaror qabul qilishingiz kerak iqtisodiy tushuncha qisqa muddatda ishlab chiqarish xarajatlari sifatida. Qisqa muddatda ishlab chiqarish xarajatlari Qisqa davrlarning ishlab chiqarish xarajatlari doimiy va o'zgaruvchanlarga bo'linishi bilan tavsiflanadi. Birinchisi ishlab chiqarish hajmiga bog'liq emas va korxona ularni ish to'xtatilganda ham olib yuradi. Odatda bu ijara, amortizatsiya, rejalashtirilgan kapital ta'mirlash xarajatlari, AUR ish haqi va boshqalar.
O'zgaruvchilar ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi sababli o'zgaradi. Bu sex xodimlarining ish haqi, moddiy va energiya resurslari, tayyor mahsulotni tashish xarajatlari. Xarajat elementlari orasidagi farq har qanday biznes uchun muhim, chunki o'zgaruvchan xarajatlarni nazorat qilish mumkin. Doimiy bo'lganlar kompaniya ma'muriyatining nazorati ostida emas - ular har qanday vaziyatda majburiydir. Ruxsat etilgan va o'zgaruvchan xarajatlarni birlashtirish yalpi yoki jami hosil qiladi. Qisqa muddatda ishlab chiqarish xarajatlari dinamikasini o'sishni aniq ko'rsatadigan grafikda kuzatish mumkin. ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning o'sishi bilan o'zgaruvchan xarajatlar tufayli: Xarajatlarni batafsil tahlil qilish uchun o'rtacha umumiy xarajatlarga qo'shimcha ravishda o'rtacha doimiy va o'rtacha qiymatlardan foydalaniladi. o'zgaruvchan xarajatlar, ularni tegishli xarajatlar hajmining mahsulotga nisbati sifatida hisoblash. Qisqa muddatda ishlab chiqarish xarajatlari shunday aniqlanadi. Keling, qisqa muddatli xarajatlar tahlili nimani ko'rsatishini qisqacha tushuntirib beraylik: ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan o'rtacha doimiy xarajatlarning hajmi asta-sekin kamayadi, chunki doimiy xarajatlar miqdori ko'payib borayotgan birliklarga taqsimlanadi;
o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar kamayib borayotgan daromad qonuni asosida o'zgaradi. O'rtacha umumiy xarajatlar odatda iqtisodchiga ishlab chiqarilgan mahsulot narxi bilan solishtirishni tahlil qilish uchun kerak bo'ladi. Bu foyda miqdorini hisoblash va kompaniyaning yaqin kelajakda rivojlanish yo'llarini aniqlash imkonini beradi.
Uzoq muddatli ishlab chiqarish xarajatlari Qisqa va uzoq muddatda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi jihatidan bir hil, ammo uzoq vaqt davomidagi xarajatlar o'ziga xosligi bilan farq qiladi, chunki ular ishlab chiqarish ko'lami bilan o'zaro bog'liq bo'lib, ular tubdan o'zgarishi mumkin. Bu erda xarajatlarning asosiy xususiyati shundaki, ularning barchasi tabiatan o'zgaruvchan, chunki barcha resurslar o'zgarishi mumkin.
Masalan, kompaniya quvvatni oshirishi yoki kamaytirishi, boshqa sohaga o'tishi va hokazo. Shuning uchun uzoq muddatda firmaning ishlab chiqarish xarajatlari o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchilarga ajratilmaydi va tahlilchilar uzoq muddatli o'rtacha umumiy xarajatlar, Bular asosan o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlardir. Ko'pincha iqtisodchilar uzoq muddatli davrni ko'plab qisqa davrlarga bo'lish va qisqa muddatli davrlar xarajatlarini tahlil qilish ma'lumotlarini birlashtirish orqali uzoq muddatli ishlab chiqarish xarajatlari dinamikasini tahlil qilishga murojaat qilishadi.
Ushbu usul iqtisodchiga xarajatlarning eng past qiymatlarini belgilashga imkon beradi ishlab chiqarish birligi har qanday mahsulot hajmida va o'zgartirilishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarishning zarur omillarini aniqlang.



Yüklə 47,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin