3 Asosiy qism I bob: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi


Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 47,18 Kb.
səhifə11/12
tarix06.07.2023
ölçüsü47,18 Kb.
#135991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
guli

2.2.Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari

«Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz»1.


Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni ta’minlash muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirishni taыozo etadi Mamlakatimizdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hamda uni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini yanada ko‘paytirish va eksport salohiyatini o‘stirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 yanvardagi "Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, Iqtisodiyot hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2014 yilda ishlab chiqa¬rish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbir¬lar birinchi navbatda energiya resurslari iste'molini qisqartirish va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan tex¬nologik jarayonlarni va moddiy-xom ashyo resurslari sarfi, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlari nor¬malarini ratsionalizatsiyalashtirish hamda mehnat unumdorligini o‘stirish, boshqaruv va sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish, boshqa omillar hisobiga amalga oshiriladi.
Byydjet tashkilotlarida moliyaviy quyilmagan va boshqa pul mablaģlari his Xo‘jalik birlashma¬larida va yirik korxonalarda yig‘ma parametrlar bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mah¬sulot tannarxini o‘rtacha 10 foizga pasaytirish, shu jumladan, ishlab chiqa¬rish xarajatlarini qisqartirish hisobiga 8,3 foizga pasaytirish bo‘yicha takliflar ma'qullandi.
Vazirlik, idora, aksiyadorlik kompaniyalari, uyush¬malar va boshqa xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga ushbu qaror bilan ma'qullangan tarmoq bo‘yicha tannarxni pasaytirishning yig‘ma parametrlaridan kelib chiqib o‘n kun muddatda o‘z tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun tannarxni pasaytirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qarorda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, respublika vazirli¬klari, idoralari, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalari va boshqa xo‘jalik birlashmalari korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan har choraklik monitoring o‘rnatishlari, olib boriladigan monitoring yakunlari bo‘yicha zarurat bo‘l¬ganda mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha parametrlarga erishishning to‘liqligi va samaradorligidan kelib chiqib, kor¬xonalar rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki shaxsiy javobgarliklarini oshirish choralarini ko‘rish belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, tasdiqlangan nor¬mativ-texnik hujjatlar doirasida texnologik jarayonlarni ratsiona¬lizatsiyalashtirish va moddiy-xom ashyo va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, xarid qilinadigan xom ashyo, mate¬riallar va butlovchi buyumlar qiy¬matini pasaytirish, foydalanish xarajatlari va yuklama xarajatlar¬ni qisqartirish, xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida mahalliylashtirish darajasining pasaytirilishi 2014 yilda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va mate-riallar ishlab chiqarishni mahalliy¬lashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni buzish, deb hisoblanmay

Xulosa

Korxona sirlari va xavfsizligi bir qarashda oddiy tushunchalar bo‘lib, ulaming mazmuni mutaxassis bo’lmaganlarga ham tushunarlidir. Biroq amaliyotda korxona, shuningdek, turli xo'jalik subyektlarining tijorat sirlari va xavfsizligini ta’minlash yetarlicha murakkab faoliyat sohasi hisoblanadi. Korxonaning, shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning xavfsizligi nafaqat butunlik va barqarorlik, balki atrof-muhit uchun iqtisodiy, texnik, texnologik, tashkiliy va umuman, funksional jihatdan zararsizligidadir.


Korxona xavfsizligi amalda maxsus xizmat va boshqaruv organlari tomonidan, shuningdek, mos keluvchi Nizom normalari, qoidalar va yo‘riqnomalar asosida ta’minlanadi. Korxona xavfsizligiga ichki ishlab chiqarish muhitidan tashqari tashqi muhit ham ba’zida bevosita, ba’zida esa bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ichki va tashqi muhitlarning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Tijorat sirlari korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lib, ulaming chetga chiqib ketishi yoki begona shaxslarga tarqatilishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli tijorat sirlariga korxona tomonidan amal qilinibgina qolmay, unga rioya etish shartlari qonunchilik tomonidan belgilab ham qo‘yilgan. Korxonaning tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, maxfiy xarakterga ega va oshkor qilinishi mumkin boMmagan, shuningdek, manfaatdor idora va shaxslarga xavf-xatar tug‘dirmagan holda taqdim etish mumkin bo‘lgan ma’lumot va ko‘rsatkichlami tanlab olishni ko‘zda tutuvchi tizimga ega boiishi zarur.


Yüklə 47,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin