"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti
"Sizning xotirjamligingiz - Bizning vazifamiz"
Mamlakatimizda bugungi kunda 40 dan ortiq sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan "MY-INSURANCE" AJ ST mana qariyib 13 yil vaqt mobaynida milliy sug‘urta bozorida o‘z mahsulotlarini taqdim etib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida mazkur islohotlar ijrosida o‘zining faolligini ko‘rsatib, yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Ushbu davr mobaynida kompaniya sug‘urtaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, jahon sug‘urta bozorining bosib o‘tgan yo‘li va O‘zbekiston sug‘urta bozorida to‘plangan tajribaga asoslanib doimiy tarzda respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotini barqarorlashtirishda va xalqimiz yashash farovonligini yanada oshirishda o‘zining munosib ulushini qo‘shib, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari va ularning birlashmalari, davlat boshqaruv organlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti Hozirda kompaniya tomonidan aholi hamda yuridik shaxslarga har tomonlama qulay, pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni o‘z ichiga olgan va har tomonning manfaatlariga to‘liq mos keluvchi sug‘urta xizmatlari taklif etilmoqda.
Jismoniy shaxslar uchun sug‘urta turlari: Javobgarlik sug‘urtasi Yer usti transport vositalarini sug'urtalash Tibbiy sug'urta Sayohat sug‘urtasiMulk sug‘urtasi Baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish
"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti Chet el tajribasi va O‘zbekiston sug‘urta bozorida shakllangan tajribalardan foydalanib hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi zamonaviy sug‘urta turlari ishlab chiqilmoqda.
Yuridik shaxslar uchun sug‘urta turlari: Majburiy sug'urta Sayohat sug'urtasi Mulkni sug'urtalash Kasbiy javobgarlik sug'urtasi Umumiy javobgarlik sug'urtasi Yer usti transport vositalari va unga aloqador xavflarni sug'urtalash Tibbiy sug'urta Yuklarni sug'urta qilish Baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish Moliyaviy xavf sug'urtasi
Moliyaviy hisobot Balans Moliya oqimi hisobotlari Biznes reja Moliyaviy natija Tender va konkurslar Xususiy kapital
"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti Ijroiya organi to‘g‘risida nizom
"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti Ijroiya organi to‘g‘risida nizom
HUJJATLAR: "My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti NIZOMI Aksiyadorlar:
"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti Aksiyalar xaridi haqida ma'lumot
"My Insurance" Aksiyadorlik Jamiyati Sug‘urta Tashkiloti Aksiyalar xaridi haqida ma'lumot
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va «My Insurance» AJ ST ustaviga ko’ra Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini qaytarib sotib olinishi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: I. aksiyadorlar umumiy yig'ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo'li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risidagi qaroriga ko'ra; II. ularni keyinchalik belgilangan tartibda qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko'ra; III. a) jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risida; b) joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish haqida; c) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog'liq yirik bitim tuzish to'g'risida; d) jamiyatning ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash to'g'risida aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan qarorlar qabul qilishda, agar ular qarshi ovoz bergan bo'lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko'ra ishtirok etmagan bo'lsa, o'zlariga tegishli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishgan taqdirda. Jamiyat tomonidan o'z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.