3 bob. Bolalarning ravon nutqni shakllantirishda topishmoqlarning oʻrni


Mantiqiy topishmoqlar orqali bolaning lugʻat boyligini oshirish



Yüklə 24,54 Kb.
səhifə5/6
tarix12.05.2023
ölçüsü24,54 Kb.
#112253
1   2   3   4   5   6
munojot1

2.2.Mantiqiy topishmoqlar orqali bolaning lugʻat boyligini oshirish
Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor bering. “Top” so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma’nolari yetakchilik qiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: “-moq” harakat nomi qo‘shimchasidan keyin “qo‘lingdan kelsa”, “eplasang”, “uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:
1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.
2. Shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega.
3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi.
4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi.
5. Topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba’zan ikki va undan ortiq miqdorga ega bo‘ladi.
6. Topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora) hisoblanadi.
Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi. Masalan:Qopcha,Qopcha ichida uncha,Uncha ichida ustuncha.Bu mantda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi. Ko‘pincha, yashiringan narsaning faqat ko‘rinishi, xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, lekin hech narsaning nomi qayd etilmaydi. Bunday vaziyatlarda izlovchi shaxs faqat o‘zi bilgan narsalarga xos belgilarni eslab yechimni topishi mumkin.Bu topishmoqda “alomat”, “qiyomat”, “salomat” so‘zlari asosan qofiya hosil qilish uchun keltirilganini bilishimiz kerak. Endi yashiringan narsaning og‘zi borligiga, bu og‘izning ko‘rinishi ola ekaniga, ichi qizilligiga, uning ichida suv sepiladigan narsa bo‘lishiga diqqat qilamiz. Suv sepsagu u narsa quruq chiqsa, demak “qizil qiyomat” olov bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng nimaning ichida olov bo‘lishini esga olamiz. Va yashiringan narsa tandir ekanini topamiz. Ammo baribir topishmoqning javobini topish oson emas. Topishmoqni topish uchun uning yaratilishida muallif bo‘lgan noma’lum shaxsdek fikr yuritish usulini izlash kerak. Agar har bir topishmoqning zaminida muayyan fikriy kashfiyot yotishini nazarda tutsak, uni topadigan shaxs ham aynan shu yangilikni boshqa yo‘l bilan kashf qilishi kerak bo‘ladi. Binobarin, u ham muallif hayot tajribasiga, kuzatish nuqtai nazariga, fikr yuritish yo‘nalishiga ega bo‘lishi lozimligi sabab juda murakkab tarzda mulohaza yuritish jarayonini boshidan kechiradi.
Topishmoqlardagi savollar tizimi xususiyatlarni sanash tarzda amalga oshirilar ekan, hayratomuz qarama-qarshi mulohazalarga duch kelamiz. Masalan: “Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar”, “U yoqqa o‘tdim – bildingmi, Bu yoqqa o‘tdim – bildingmi, Oq quvrayning boshini, chertib o‘tdim – bildingmi?” topishmoqlarida hayron qolishga majbur qiladigan muammolar juda ko‘pga o‘xshaydi. Xususan, bizni qanday qilib qo‘l bo‘lmasa, oyoq bo‘lmasa eshik ochish mumkin, axir eshik o‘zi nima bilan ochiladi? – degan savol o‘ylantiradi. Ikkinchi namunada esa nahotki u yoqdan bu yoqqa o‘tgan narsani men sezmasligim mumkin? U narsaga oq quvray – cho‘l-dashtda o‘sadigan yovvoyi o‘tning nima aloqasi bor? Yoki nega chertadi, uzmaydi yoki boshqa narsa qilmaydi, - degan savollar qiynaydi. Bu savollarga javob topish uchun biz savol bergan odamning fikr yuritish usulidan foydalanishimiz lozim bo‘ladi. Shundagina har ikki savolning javobi shamol ekanini topamiz. Ammo masalaning og‘irligi shundaki, ba’zi topishmoqlarda bayon qilingan ta’rifdan foydalanib qanday yo‘nalishda mulohaza yuritish lozimligini aniqlay olmaymiz. Keyin raqamlarni qo‘shib biror natijaga erishmoqchi bo‘lamiz. Aslini olganda esa, muammo oyni aniqlash bilan yechiladi. Ya’ni quyon bir yarim, tulki uch, sigir to‘qqiz, echki besh, tuya o‘n ikki, yilqi o‘n oyda tug‘adi. Biz chorva, mol boqish bilan shug‘ullangan bo‘lsak, topishmoqni topish osonroq kechadi. Juda bo‘lmaganda qayd qilingan hayvonlarning necha oyda tug‘ishini bilib olamiz.
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida topishmoq matni uchramaydi. “Tabzug‘” so‘zi topishmoq ma’nosini ifodalashi aytiladi xolos. Topishmoq hajman, shaklan maqolga o‘xshaganligi uchun bu ikki janrning vujudga kelish vaqti ham bir xil bo‘lishi kerak, degan taxmin bildirilgan. Biz ham shu fikrga qo‘shilamiz. Ayni choqda quyidagi ikki holatga diqqatingizni qaratmoqchimiz.
1. Ayoz ertagida Ayoz bir cholni yo‘lda uchratib:
- Ota, uzoq yo‘lni yaqin qilib ketaylik, - deydi. Bir ozdan keyin:
- Ota, ot bo‘lmasa ham toy minib ketaylik, - deydi. Ammo bu safar ham chol indamaydi. Cholning qizi keyinroq otasiga Ayozning avval gaplashib ketaylik deganini, keyingi murojaatida cholga hassa yasab bermoqchi bo‘lganini tushuntiradi.
Qiz otasiga ikki pul berib uch xil yeydigan narsa olib kelishini iltimos qiladi. Arzimagan pulga uch xil yeydigan ovqatni yana Ayoz topib beradi. Bu narsa handalak bo‘lib chiqadi. Handalakning etini qiz bilan chol, po‘chog‘ini echki, urug‘ini tovuq yeydi.
Qiz qo‘shni kampirdan chuchvarani zich joylab, ustiga yog‘ quyib, patir bilan yopib Ayozga olib borib berishni iltimos qiladi. Shunda kampir Ayozga: “Havo qorong‘i, yulduz zich, oy butun”, - deyishi kerak edi. Ammo kampir yo‘lda chuchvara va patirdan yeydi, yog‘dan ichadi, ammo qiz buyurgan gapni aniq aytadi. Yuborilgan narsalarni yegan Ayoz kampirga: “Havo yorug‘, yulduzlar siyrak, oy yarimta”, - ekan deng, - deydi. Ayozning javobidan qiz yo‘lda kampirning dasturxondagi narsalardan yeganini anglaydi .
2. “Oychinor” dostonida yosh Oychinorga uylanmoqchi bo‘lgan Nazarboydan qiz qalin evaziga “O‘nta qo‘zi, yigirmata bo‘ri, o‘ttizta arslon, qirqta qoplon, ellikta ayg‘ir, oltmish beshta axta, saksonta sarka, to‘qsonta taxta...” talab qiladi. Bo‘ri, arslon, qoplonni topishga qurbi yetmagan boy doston qahramonlaridan biri – Boburdan yordam so‘raydi. Nazarboy Boburga bir beva xotinga uylanmoqchi ekanini aytadi. Shunda Bobur boyning gaplarini mulohaza qilib, unga yolg‘on gapirganini, uylanmoqchi bo‘lgan ayoli beva emas, qiz ekanini aytadi. O‘z fikrini isbotlash uchun yigit o‘n yoshida qo‘ziday, yigirmada bo‘riday, o‘ttizida arslonday, qirqda qoplonday, elligida ayg‘irday, oltmish beshda axtaday, saksonida sarkaday, to‘qsonida taxtaday bo‘lishini misollar bilan isbotlaydi. Shundan keyin Nazarboy cholligini ham, qiz bola Oychinorga uylanmoqchi bo‘lganini ham tan oladi .Yuqoridagi ikki misol topishmoqlarning paydo bo‘lishi haqidagi taxminlarga ma’lum darajada aniqlik kiritadi. Aytmoqchimizki, topishmoqlar dastlab ertak, doston yoki yana qaysidir janrlar tarkibida vujudga kelgan. Keyinroq ana shu janr tarkibidan ajralib chiqib, alohida – mustaqil asarlar sifatida xalq og‘zaki ijodidan o‘rin olgan.Matnlardagi istiora san’ati qo‘llangan toy, oy, yulduz, qo‘zi, bo‘ri, qoplon kabilar jumboqli muammoni yechuvchi vosita sifatida foydalanilgan. Muhimi shundaki, ertak va dostondagi topishmoqnamo fikrlar keyinchalik topishmoqlar alohida janr bo‘lib yashay boshlaganda ham ularning yaratilishida asos vazifasini bajargan. Xususan, biron topishmoqning yaratilishi uchun topilishi lozim bo‘lgan narsa – predmetlarning xususiyatlari yetakchi ma’lumot beruvchi omil bo‘lgan.Topishmoqlarning yaratilishida topilishi lozim bo‘lgan narsa bir qator xususiyatlari bilan boshqa narsaga o‘xshatiladi.

Xulosa
Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berishadi


Yüklə 24,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin