1.2.Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy.
Til millatning noyob xazinasi bo‘lib doimo og’zaki va yozma holda, namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’iy nazar, nuri hisoblanadi. Tilning oliyjanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g’azal sultoni A.Novoiy tilva nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog’liq.Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining xayotga tadbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.
MTTda o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda. Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug’atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg’ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg’ulot); Ta’lim muassasalarida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og’zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari.Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:To‘g’ridan-to‘g’ri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash.Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim. Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog’liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog’liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir. Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag’batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi. Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud. Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o‘z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik va artikulyatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.kMaktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va о‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bо‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va о‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bо‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.
Dialogik Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik negizida nutqning yangi shakli - monolog tug‘iladi va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug‘i jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir.Dialogik Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik negizida nutqning yangi shakli - monolog tug‘iladi va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug‘i jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir.Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik (so‘zlashish) usullari. Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: bolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). Yo‘ldosh, talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish; Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi.Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zlab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi. Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so’z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to’lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to’qish, shaxsiy tajribasidan so’zlab berishga qiziqishini namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berishi, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor.Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zlab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi. Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so’z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to’lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to’qish, shaxsiy tajribasidan so’zlab berishga qiziqishini namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berishi, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor.Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir.