38-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Maxsus ta’mirlash- ekspluatatsiya xizmati xodimlarining vazifalarining malaka tavsiflari Kommunal xizmatlar bo’yicha inspektor:
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo’yicha kodi
7136
Xodimlar toifasi
Ishlab chiqarish xodimi
Elektrogazpayvandchi
Tartib raqami
5394
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo’yicha kodi
7212
Xodimlar toifasi
Ishlab chiqarish xodimi
Engil avtomobil haydovchisi:
Tartib raqami
748
Kasblarning milliy standart klassifikatori bo’yicha kodi
8322
Xodimlar toifasi
Ishlab chiqarish xodimi
Lavozim vazifalari: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda muxandislik- kommunikatsiya tizimlarini joriy ta'mirlash (Ekspluatatsiya xizmati hamda ta'lim tashkilotlarining xodimlari tomonidan amalga oshirish imkoni bo’lmagan ta'mirlash ishlari pudratchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida bajariladi);
elektr energiyasi, tabiiy gaz issiq va sovuq suv, issiqlik iste’moli hisoblagichlarining talab darajasida ishlashini ta’minlash hamda ularni hisobga olish holatini monitoring qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini ta’minlash, ulardan samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash;
har yili belgilangan muddatlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yangi o’quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avariya holatidagi shoshilinch ta’mirlash ishlarini tarbiyalanuvchi va xodimlarni xavfsizligini ta’minlagan holda olib borish (zarur bo’lganda qo’shimcha mutaxassislar va maxsus texnikani jalb etishi mumkin); maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ko’mir (briket) yoqilg’iisini harid qilish maqsadida ularga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish (bunda kozon yoki pechlarning rusumi, soni, kunlik me’yoriy sarfidan kelib chiqib shakllantirilady), ko’mir (briket) yoqilg’iisini belgilangan tartibda qabul qilinishi, xizmat ko’rsatadigan tashkilotlarga to’liq etkazish, sifatli shaklanishi va sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib borish;
har yili 1 iyunga qadar maxalliy byudjet mablag’lari hisobidan kelgusi moliya yilida bajariladigan joriy ta’mirlash ishlari hamda talab etiladigan qurilish materiallari (ro’yxat asosida), xom-ashyo, butlovchi qismlar va zarur bo’lgan asbob- uskunalar ro’yxatlarini shakllantirish;
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida har yili 1 sentyabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda muxdndislik- kommunikatsiya tizimlari joriy ta’mirlanishini yakunlash va ulardan foydalanilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya va uskunalarni tatbiq etish, jumladan zamonaviy hisoblash o’lchov asboblari bilan ta’minlash yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
xizmat ko’rsatadigan ta’lim tashkilotlarining kommunal xizmatlari xisoblagichlarini ko’rsatgichlarini oylik monitoringini yuritishni;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlari bo’yicha xisob-kitoblarni to’lovni amalga oshirish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limining xizmati boshlig’i taqdim etishni;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan ta’mirlash va boshqa ishlarning yillik kalendar rejasini tuzish hamda ushbu rejaga qat’iy amal qilgan holda bajarilishini ta’minlash;
mutaxassisligi bo’yicha yangiliklarni va uni xayotga tatbiq etish yo’llarini;
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
O’z yo’nalishi bo’yicha kamida o’rta maxsus ma’lumot yoki ishlayotgan vazifasi bo’yicha qayta tayyorlov kursini o’tagan bo’lishi lozim;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
bir yildan kam bo’lmagan ish staji.
Tanishdim:
Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova