3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari


-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Maxsus ta’mirlash- ekspluatatsiya xizmati boshligi lavozimining malaka tavsiflari



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə9/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin

37-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Maxsus ta’mirlash- ekspluatatsiya xizmati boshligi lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

2019

Kasblarning milliy standart klassifikatori bo’yicha kodi

1239

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda muxandislik- kommunikatsiya tizimlarini joriy ta’mirlash (Ekspluatatsiya xizmati hamda ta’lim tashkilotlarining xodimlari tomonidan amalga oshirish imkoni bo’lmagan ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida bajariladi);
elektr energiyasi, tabiiy gaz issiq va sovuq suv, issiqlik iste’moli xisoblagichlarining talab darajasida ishlashini ta’minlash hamda ularni xisobga olish holatini monitoring qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini ta’minlash, ulardan samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuzaga keladigan avariya holatlari to’g’risidagi xabarlar va shoshilinch ma’lumotlarni telefon aloqasi orqali qabul qilish uchun dispetcher xizmatini tashkil etish;
har yili belgilangan muddatlarda ta’lim tashkilotlarini yangi o’quv yiliga va kuz- qish mavsumiga tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avariya holatidagi shoshilinch ta’mirlash ishlarini tarbiyalanuvchi va xodimlarni xavfsizligini ta’minlagan holda olib borish (zarur bo’lganda qo’shimcha mutaxassislar va maxsus texnikani jalb ettish mumkin);
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ko’mir (briket) yoqilg’iisini harid qilish maqsadida ularga bo’lgan extiyojni shakllantirish (bunda qozon yoki pechlarning rusumi, soni, kunlik me’yoriy sarfidan kelib chiqib shakllantiriladi), ko’mir (briket) yoqilg’iisini belgilangan tartibda qabul qilinishi, xizmat ko’rsatadigan tashkilotlarga to’liq etkazish, sifatli saqlanishi va sarflanishini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkillashtirish va nazoratini olib borish;
har yili 1 iyunga qadar maxalliy byudjet mablag’lari xisobidan kelgusi moliya yilida bajariladigan joriy ta’mirlash ishlari hamda talab etiladigan qurilish materiallari (ro’yxat asosida), xom-ashyo, butlovchi qismlar va zarur bo’lgan asbob-uskunalar ro’yxatlarini shakllantirish;
har yili 1 iyo’lga qadar O’zbekistan Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi doirasida yangidan ko’rish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash zarur bo’lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro’yxatlarini maxalliy xokimliklar bilan kelishilgan holda tayyorlash va tegishliligi bo’yicha Krrakalpogiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalariga kiritish;
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida har yili 1 sentyabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlari hamda muxandislik- kommunikatsiya tizimlari joriy ta’mirlanishini yakunlash va ulardan foydalanilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya va uskunalarni tatbiq etish, jumladan zamonaviy hisoblash ulchov asboblari bilan ta’minlash yuzasidan asosli takliflar ishlab chitsish;
“Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ta’lim tashkilotlarida energiya samaradorligi va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish choralarini ko’rib borish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

  1. Bilishi lozim:

xizmat ko’rsatadigan ta’lim tashkilotlarining kommunal xizmatlari hisoblagichlarini ko’rsatgichlarini oylik monitoringini yuritishni;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iste’mol silingan elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlari bo’yicha hisob-kitoblarni to’lovni amalga oshirish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatiga tavdim etishni;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan ta’mirlash va boshqa ishlarning yillik kalendar rejasini tuzish hamdaushbu rejaga qat’iy amal silgan holdabajarilishini ta’minlashni;
mutaxassisligi bo’yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq; etish yo’llarini;
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.

  1. Malaka talablari:

O’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy muxandis ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo’lmagan ish staji.

Tanishdim: D.Xoliqova



Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova

Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin