41 §. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Markazlashgan moliya- buxgalteriya xizmati iqtisodchisi lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
2816
Mashg’ulotlarning milliy standart klassifikatori bo’yicha kodi
2441
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
Lavozim vazifalari:
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik va boshqarma buyrug’lari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri va bosh xisobchi tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim Xay’ati, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, bo’limga tegishli masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik harajatlar xisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli foydalanish bo’yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish masalalari xamda buxgalteriya xizmati faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, uni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash;
xalq xo’jalik rejasini ishlab chiqish, byudjet mablag’larini rejalashtirish, tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash va ularni sarflanishini nazorat qilish;
boshqaruv harajatlarini rejalashtirish, harajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab chiqish, ularni moliya organlaridan ro’yxatdan o’tkazish, shuningdek, ushbu masalalar bo’yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va statistik hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya organlari va tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga markazlashgan holda ajratiladigan mablag’larning sarflanishi bo’yicha qat’iy nazorat o’rnatish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga, pedagogik stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doyr me’yoriy hujjatlarning ta’lim tashkilotlariga to’liq etib borishini ta’minlash, mazkur masalalar haqida tushuntirish ishlari o’tkazish, yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;
iqdisodiy hisob-kitob tayyorlash, bolalar, xodimlar kontingentining o’zgarishi bo’yicha istiqbolli rejalar tuzish;
bo’lim xay’at kengashiga o’z yo’nalishi bo’yicha hisobotlar tayyorlash;
tashkilotlar kesimida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarifikatsiya jadvallarini to’gri tuzilganligini nazorat qilish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni topish, xizmat ko’rsatish va servis soxasini rivojlantirish bo’yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy yordam berish, topilgan mablag’lar hisobidan o’rnatilgan tartibda maqsadli va samarali sarflanilishini nazorat qilish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Bilishi lozim:
Moliyalashtirishni tashkil etishga doyr yangiliklarni va uni xayotga tatbiq etish yo’llarini;
moliyalashtirish yo’nalishi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
iqtisod va moliya yo’nalishi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;
Malaka talablari:
O’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy-iqtisodiy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
o’z mutaxassisligi bo’yicha ikki yildan kam bo’lmagan ish staji.
Tanishdim: F.Tursunboyev
Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova