3-hafta Korxonaning 1- obyekti faoliyati bilan tanishuv 4-hafta


Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha korxonada yuritiladigan me’yoriy-texnik hujjatlar



Yüklə 7,59 Mb.
səhifə2/9
tarix12.09.2023
ölçüsü7,59 Mb.
#142834
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mamatmusayev hisobot

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha korxonada yuritiladigan me’yoriy-texnik hujjatlar:
1. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi.
2. Birlamchi yoʻl-yoʻrigʻi.
3. Joriy yoʻl-yoʻrigʻi.
4. Navbatdan tashqari yoʻl-yoʻrigʻi.
5. Davriy yoʻl-yoʻrigʻi.
1. Kirish yo’l-yoʻrigʻi – korxonaga ishga kirayotgan barcha xodimlar, boshqa tashkilotlardan ishga yuborilgan xodimlar (malakasi, shakli, ish staji va tajribasidan qatʼiy nazar), shuningdek amaliyotni oʻtayotganlar va oʻquvchilar kirish yoʻl-yoʻrigʻidan oʻtadilar.
Kirish yoʻl-yoʻrigʻini oʻtishdan maqsad - ish sharoitlari, ichki mehnat tartibi qoidalari va mehnatni muhofaza qilishning umumiy qoidalari bilan tanishtirishdan iboratdir. Barcha ishchi xodimlar, talabalar va amaliyotni oʻtayotganlarga kirish yoʻl-yoʻrigʻini mehnatni muhofaza qilish muhandisi, u yoʻq paytlarda bosh muhandis yoki mehnatni muhofaza qilish masalalari zimmasiga yuklatilgan shaxs oʻtkazishi kerak.
2. Birlamchi yoʻl-yoʻriq - amaliy tajriba orttirish bilan bevosita ish joyida ishga kirayotganlarga, boshqa ishga yoki oʻzga xususiyatli ish uchastkasiga oʻtkazilgan, mazkur korxonaga ishlashga yuborilgan boshqa korxonalarning xodimlari, oʻqishga yoki amaliyotni oʻtashga kelgan oʻquvchilar va talabalarga ularni mustaqil ishlashga qoʻyilgunga qadar amalga oshiriladi.
Birlamchi yoʻl-yoʻriqning maqsadi - ishlab chiqarishning aniq holati va muayyan ish joyida xavfsiz ishlash usullari bilan tanishtirishdan iboratdir. Korxonaning asosiy hududidan ancha olisda boʻlgan ishlab chiqarish uchastkasiga ishga kirayotganlar bilan, korxonaning asosiy hududida shunga oʻxshash ish joyda birlamchi yoʻl-yoʻriq oʻtkazishga ruxsat etiladi. Oʻtkazilgan birlamchi yoʻl-yoʻriq, yoʻl-yoʻriqni qayd etish jurnaliga rasmiylashtiriladi. Birlamchi yoʻl-yoʻriq har bir ishga kiruvchi bilan alohida oʻtkaziladi, korxonada avvalgilarga oʻxshash yangi uchastka ochilgan esa 25 kishidan koʻp boʻlmagan xodimlar guruhi bilan oʻtkaziladi.

Yüklə 7,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin