3. Joriy yoʻl-yoʻriq – naryad-ijozatnoma bilan rasmiylashtiriladigan xavfi yuqori boʻlgan ishlarga: elektr qurilmalarida va elektr havo yoʻllarida yoki ularning yaqinida ish bajarishdan oldin shuningdek oʻz ish vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan (yuk ortish va tushirish, qor kurash , maydonlarni tozalash , avariyalarni bartaraf etish va shanbaliklarda ishlash kabi) ishlarga jalb qilinganda , barcha xodimlar bilan javobgar ish rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq oʻtkazilishi va bu haqida barcha zaruriy xavfsizlik choralari koʻrsatilgan holda, yoʻl-yoʻriqlarni qayd etish jurnaliga yozilishi kerak. Joriy yoʻl-yoʻriq ish boshlanishidan oldin bevosita temir yoʻllarda va poyezdlar yaqinida ishlayotgan stansiyalar xodimlari , signalchilar, yoʻl montyorlari, vagonlarni qarovchilar, texnik xizmat koʻrsatish punktlarida vagonlarni taʼmirlash bilan band boʻlgan ishchilar signallashtirish , markazlashtirish, blokirovkalash va aloqa elektr mexaniklari, zaruriyat tugʻilganda boshqa kasb egalari bilan stansiya oraliq masofada yuzaga kelgan tezkor vaziyat murakkab meterolik sharoitlarda xavfsizlik choralari koʻrilishini tushuntirish uchun oʻtkaziladi.
4. Navbatdan tashqari yoʻl-yoʻriq. Ishni xavfsiz bajarish boʻyicha ishlovchilarga navbatdan tashqari yoʻl-yoʻriq:
-ishlab chiqarish jarayoni oʻzgarganda, bir turdagi uskuna boshqa turdagi oʻzgartirilganda va h.k;
-stansiya, ustaxona, sayt va brigade baxtsiz hodis yoki voqea sodir bulganda;
-ishni xavfsiz bajarish bo'yicha yangi qoidalar va yo'riqnomalarni bilish orqali qo'yilgan qo'shimcha talablarni xodimlarning etiboriga zaruriyati tug'ilganda;
-koʻrilgan tasir choralariga qaramasdan mehnat mehnat muhofazasi boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalarning buzilish hollari aniqlanganda;
- mehnat xavfsizliging qo'shimcha (kuchaytirilgan) talablari qo'yilgan ishlardagi
tanaffuslar muddati 30 kalendar kundan ziyod, kolgan ishlar uchun esa 60 kalendar kundan ziyod boʻlganda;
- ishlovchi xizmat safariga, shu jumladan boshqa tavsifdagiishni bajarish uchun yuborilganda;
- mehnatni muhofaza qilish bo'yicha alohida ish rejimi Nizomi (NBT -305)ga muvofiq mazkur holat kiritilganda (ishchilar bilan) oʻtkaziladi.
Navbatdan tashqari yo'l-yo'riq o'tkazishda birlamchi yo'l-yo'riqni berish dasturining faqat yoʻl-yoʻrik oʻtkazish sababi bilan bevosita bogʻlik boʻlgan qismini koʻrib chikish lozimdir.
Navbatdan tashqari yo'l-yo'riq ham birlamchi va davriy yoʻriqlar kabi bevosita ish rahbarlari (sex, stansiya boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, ustalar va h.k.)
tomonidan o'taziladi.
Temir yoʻl transporti tizimidagi barcha boshqarma, korxona, tashkilot, akiyadorlik jamiyati i va muassasalari boshliq o'rinbosarlari va bosh muhandislariga navbatdan tashqari yoʻl-yoʻriqni korxona, tashkilotlarning birinchi raxbari o'tkaziladi. Navbatdan tashqari yo'l-yo'riq, birlamchi va davriy yo'l-yo'riqlar kabi uni o'tkazish sababi koʻrsatilgan holda, yoʻl-yoʻriqlarni qayd etish jurnalida rasmiylashtiriladi.