II. BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini rivojlantirish boʻyicha olib boriladigan logopedik-korresion ishlar mazmuni.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini o’rganish metodikasi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ta’lim va tarbiya ishlarining keng dasturini amalgam oshiradi.
Aqliy nuqsonga ega bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ta’lim – tarbiyasi respublikada maxsus ta’limning ajralmas qismi sifatida amalgam oshiriladi va nutqiy nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim – tarbiya berishda ulardagi nuqson qay darajada ekanligi ham albatta xisobga olinadi.
Ma’lumki aqli zaiflarning nutqiy rivojlanishiga nafaqat bolalarning ko’rish funksiyalarining ahvoli ta’sir etadi. Bu bog’liqlik bolalarning ko’rish idroki va hissiy tajribasi, shuningdek bolalarning bu kontingentini tarbiyalash va o’qitishning o’ziga xos sharoitlari uni korreksion rivojlantirish jarayonida yetarlicha hisobga olinmasligi cheklanganligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki to’g’ri shakllanmagan nutqiy faoliyat bola shaxsining barcha sohalarini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bilish faoliyatini rivojlanishini qiyinlashtiradi eslab qolish samaradorligini pasaytiradi mantiqiy va so’z ma’nosiga oid xotirada kamchiliklar kelib chiqadi, tafakkur operatsiyalarini amalgam oshirishda o’ziga xosliklar keltirib chiqaradi (T.A.Tkachenko, T.B.Filicheva, G.V.Chirkina). Shuningdek bolalardagi nutq kamchiliklari bolalarning shaxslararo munosabatiga va o’zaro muloqotiga salbiy ta’sir etadi (Y.F.Garkusha, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova) o’yin faoliyatining rivojlanishini sezilarli ravishda tormozlaydi Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini o’rganish bolalar nutqini o’rganish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning muhim yo’nalishlaridan deb hisoblash mumkin. Shuningdek nutqiy ishlarning umumiy tizimida bolalar bog’langan nutqini rivojlantirish, uni mustahkamlash va faollashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bilim olish intilishni tushunchali tafakkurni rivojlantirishni yangi so’zlarni egallashsiz amalgam oshirib bo’lmaydi (Shashkina.G.R, Zernova.L.P, Zimina.I.A).
Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini rivojlantirish – korreksion logopedik ishlarning asosiy vazifalaridan sanaladi. Bog’langan nutqini oydinlashtirish va boyitish mantiqiy tafakkurni rivojlanishida katta rol o’ynaydi va bolaning lug’ati qanchalik boy bo’lsa u shunchalik aniq fikrlay nutqi ravon bo’ladi. Mantiqiy jihatdan boy nutq bilimlarning ko’p sohalarini egallashning garovidir (Arxipova.YE.F).
Nutqiy nuqsonni to’g’ri aniqlash uchun bolaning psixik va nutqiy rivojlanishi bilan batafsil tanishish ishlari olib boriladi.
Shularni hisobga olgan holda biz eksperemental tekshirish ishlarimizni o’tkazish davomida maktabgacha yoshdagi olti yoshli bolalar bog’langan nutqining xususiyatlarini o’rganishga e’tiborni qaratdik.
Bolalar nutqini tekshirishda biz O.N.Usanova, G.V.Chirkina, L.YE.Levina, A.V.Yastrebova, M.Y.Ayupova va L.R.Mo’minovalarning bolalar nutqini tekshirish metodikalariga asoslangan eksperemental tekshirish ishlarini olib bordik.
Eksperiment individual shaklda olib borildi. Bunda bola bilan emotsional muloqotga kirishi uchun suhbatdan foydalanildi. Shuningdek anamnestik ma’lumotlar to’plandi, har bir bolaning psixologik – pedagogik tavsifnomasi haqida ma’lumotga ega bo’lish uchun tarbiyachi va logoped bilan suhbat o’tkazildi.
Ta’kidlovchi eksperimentda tadqiqotning vazifalariga mos keluvchi metodlardan foydalanildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’langan nutqini o’rganishda quydagi metodlar qo’llanildi:
bolaning tibbiy – pedagogik hujjatlarini o’rganish;
bolalarni mashg’ulot predmetli – amaliy o’yin faoliyati jarayonida kuzaish;
logoped tarbiyachilar bilan suhbat o’tkazish;
topshiriqlar seriyasi asosida bog’langan nutqini o’rganish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog’langan nutqini o’rganish jarayonida ularga quyidagi topshiriqlar beriladi:
Mustaqil kichik ijodiy hikoya tuzish. Bolaning oldiga ixtiyoriy tartibda ma’lum syujetni aks ettiruvchi 3 – 4 ta rasm qo’yiladi. So’ng bolaga rasmlarni to’g’ri ketma – ketlikda qo’yish taklif etiladi. Shundan so’ng rasmlar asosida hikoya tuzish so’raladi.
Jihoz: syujetli rasmlar. Ta’kidlovchi eksperimentda quyidagi mavzularga oid predmetli rasmlardan foydalanildi:
1 to’plam: bolalar maydonchasida;
2 to’plam: kun tartibi;
3 to’plam: mavsumiy o’zgarishlar (bahor);
4 to’plam: oshxonada.
Xalq ertagidan biron bir mustaqil hikoya qilib berish so’raladi. Bunda bola ota – onasidan yoki pedagog tomonidan avval aytib berilgan ertak mazmunini aytib berishi lozim.
1 to’plam: «Ur to’qmoq» ertagi;
2 to’plam: «Bo’g’irsoq» ertagi;
3 to’plam: «Echki bolalari» ertagi.
Tekshiruvchilar tomonidan topshiriqlarni bajarilishi 5 ballik tizimda baholandi.
Baholash mezoni:
5 ball – bola barcha topshiriqlarni to’g’ri va mustaqil bajardi.
4 ball – bola topshiriqni bajarishda yakka xatolarga yo’l qo’ydi, yordamchi savollar yordamida to’g’irladi.
3 ball – ayrim hollarda topshiriqning mazmunini tushuntirish talab qilinadi, bola topshiriqlarni yordam asosida sekinlashgan tempda bajardi.
2 ball – topshiriqning mazmunini tushuntirish talab qilinadi, bola topshiriqlarni yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’irlash, qayta urinishlar yordamida bajardi. Bolaning javoblari aniqliq kiritishni talab etadi.
1 ball – bola yordamdan foydalana olmaydi, to’g’ri javob bera olmadi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqini o’rganish metodikasi natijalarining tahlili
Adabiyotlar tahliliga ko’ra maxsus pedagogika va maxsus psixologiyada Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini shakllantirish va rivojlantirish muammosi yetarlicha. Amaliyotda maktabgacha ta’lim muassasalarida Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini rivojlantirish yuzasidan metodik qo’llanmalarning yetishmasligi muammosini bartaraf etish zarurati o’z yechimini kutmoqda.
Ma’lumki aqli zaiflarning nutqiy rivojlanishiga nafaqat bolalarning bilish funksiyalarining ahvoli ta’sir etadi. Bu bog’liqlik bolalarning ko’rish idroki va hissiy tajribasi, shuningdek bolalarning bu kontingentini tarbiyalash va o’qitishning o’ziga xos sharoitlari uni korreksion rivojlantirish jarayonida yetarlicha hisobga olinmasligi cheklanganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotimiz muammosi katta maktabgacha ta’lim yoshidagi Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini shakllanganlik darajasini aniqlashdan iborat. Ta’kidlovchi eksperimentni Qoqon shaxridagi 39 sonli – maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi 6 nafar tarbiyalanuvchilari bilan olib bordik va quyidagi natijalarga erishdi
Maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil kichik ijodiy hikoya tuzish holatini tekshirish natijalari (% xisobida)
№
|
Topshiriqlar
|
Bolalarning umumiy soni
|
Bola barcha topshiriqlarni to’g’ri va mustaqil bajardi
|
Bola topshiriqni bajarishda yakka xatolarga yo’l qo’ydi, yordamchi savollari yordamida to’g’riladi
|
Bola topshiriqlarni yordam asosida sekinlashgan tempda bajardi
|
Bola topshiriqlarni yordam asosida javoblar aniqlik kiritishni talab etadi
|
Bola yordamdan foydalana olmaydi, to’g’ri javob bera olmadi
|
1
|
1 to’plam: bolalar maydonchasida
|
6ta
|
-
|
33%
|
33%
|
34%
|
-
|
2
|
2 to’plam: kun tartibi
|
6ta
|
17%
|
33%
|
50%
|
|
|
3
|
3 to’plam: mavsumiy o’zgarishlar (bahor)
|
6ta
|
-
|
33%
|
50%
|
17%
|
|
4
|
4 to’plam: oshxonada
|
6ta
|
-
|
33%
|
33%
|
34%
|
|
Yuqoridagi jadvalga ko’ra, tekshiriluvchi balarning soni jami 6 tani tashkil etadi. 1 to’plam: bolalar maydonchasida topshiriqni bajarish bolalarga biroz murakkablik qildi, ulardan hech biri topshiriqni to’g’ri va mustaqil bajara olmadi, 2tasi (33%) topshiriqni yakka xatolarga yo’l qo’yishdi va yo’l qo’ygan xatolarini yordamchi savollari yordamida to’g’riladi, 2tasi (33%) topshiriqni bajarishda yordam asosida sekinlashgan tempda bajardi, 2tasi (34%) topshiriqni mazmunini tushuntirishni talab qildi, bola topshiriqnlarni yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’rilash bir necha marta qayta urinishlar yordamida bajardi. Bolaning javoblari aniqlik kiritishni talab etadi. 2 to’plam: kun tartibi topshiriqni bajarish jarayonida 1ta tekshiriluvchi (17%) topshiriqni to’g’ri va mustaqil bajardi, 2tasi (33%) topshiriqni bajarishda yakka xatolarga yo’l qo’yishdi va o’z atolarini yordamchi savollari yordamida to’g’riladi, 3tasi (50%) topshiriqni bajarishda yordam unumli foydalangan holda sekinlashgan tempda xatolarini to’g’rilash yo’li bilan bajardi.
3 to’plam: mavsumiy o’zgarishlar (bahor) topshirig’ini bajarish jarayonida bolalar biroz o’ylanib qoldilar, tekshiriluvchi bolalardan 2tasi (33%) bahor faslining o’ziga xos tabiatini yakka xatolarga yo’l qo’yish almashtirish yordamchi savollari yordamida to’g’rilash asosida tasvirladi. Tekshiriluvchilarning 3tasi (50%) ayrim hollarda topshiriqning mazmunini qayta tushuntirishni talab qilishdi, topshiriqni yordam asosida sekinlashgan tempda bajardi. Tekshiriluvchilardan 1tasi (17%) yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’rilash qayta urinishlar yordamida bajardi. Ushbu topshiriqni mustaqil xatolarsiz va umuman bajara olmagan bolalar kuzatilmadi.
4 to’plam: oshxonada mavzusi asosida mustaqil kichik ijodiy hikoya tuzishda tekshiriluvchi bolalardan hech biri topshiriqni to’g’ri va mustaqil bajara olmadi, 2tasi (33%) topshiriqni bajarishda yakka xatolarga yo’l qo’yishdi va yo’l qo’ygan xatolarini yordamchi savollari yordamida to’g’irladi, 2tasi (33%) topshiriqni bajarishda yordam asosida sekinlashgan tempda bajardi, 2tasi (34%) topshiriqni mazmunini tushuntirishini talab qildi, bola topshiriqnlarni yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’rilash bir necha marta qayta urinishlar yordamida bajardi.
Quyida maktabgacha ta’lim yoshidagi Maktabgacha yoshdagi bolalar xalq ertagidan biron birini mustaqil hikoya qilib berish tekshirish natijalari (% xisobida) 2 – jadval aks ettirdik.Maktabgacha yoshdagi bolalar xalq ertagidan biron birini mustaqil hikoya qilib berish holatini tekshirish natijalari (% xisobida)
2 - jadval
№
|
Topshiriqlar
|
Bola larning umumiy soni
|
Bola barcha topshiriqlarni to’g’ri va mustaqil bajardi
|
Bola topshiriqni bajarishda yakka xatolarga yo’l qo’ydi, yordamchi savollari yordamida to’g’riladi
|
Bola topshiriqlarni yordam asosida sekinlashgan tempda bajardi
|
Bola topshiriqlarni yordam asosida javoblar aniqlik kiritishni talab etadi
|
Bola yordamdan foydalana olmaydi, to’g’ri javob bera olmadi
|
1
|
1 to’plam: «Ur to’qmoq» ertagi
|
6ta
|
17%
|
33%
|
33%
|
17%
|
-
|
2
|
2 to’plam: «Bo’g’irsoq» ertagi
|
6ta
|
17%
|
33%
|
17%
|
33%
|
-
|
3
|
3 to’plam: (Echki bolalari) ertagi
|
6ta
|
-
|
33%
|
17%
|
50%
|
-
|
2 – jadvalda keltirilgan natijalarga ko’ra tekshiriluvchi bolalarning umumiy soni 6tani (100%) tashkil etadi. Ulardan 1tasi (17%) «Ur to’qmoq» ertagining mazmunini to’liq so’zlab bergan bo’lsa, 2tasi (33%) ertakning mazmuniniso’zlab berishda yakka xatolarga yo’l qo’ydi, yordamchi savollari yordamida to’g’riladi, 2tasi (33%) «Ur to’qmoq « ertagining mazmunini so’zlab berishda yordam asosida sekinlashgan tempda amalgam oshirdi. 1tasi (17%) topshiriqlarni yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’rilash qayta urinishlar yordamida bajardi. Bolaning javoblari aniqlik kiritishni talab etadi. Topshiriq mazmunini tushunmagan bajara olmagan bolalar kuzatilmadi
2 – to’plam: «Bo’g’irsoq» rus xalq ertagini so’zlab berish topshirig’ini 1ta (17%) bola mustaqil va to’g’ri bajargan bo’lsa, 2tasi (33%) ertakning mazmunini so’zlab bajarishda voqealar ketma – ketligini almashtirish, yordamchi savollar yordamida to’g’irlash asosida bajardilar. Tekshiriluvchilardan 1tasi (17%) yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’rilash qayta urinishlar yordamida bajardi, sekinlashgan tempda bajardi. Tekshiriluvchilardan 2tasi (33%) ertakning mazmunini so’zlab berishda yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’rilash ertak personajlarini almashtirish qayta urinishlar yordamida bajardi. Topshiriq mazmunini tushunmagan bajara olmagan bolalar kuzatilmadi.
3 – to’plam: «Echki bolalari» ertagi mustaqil hikoya qilib berishda hech bir bola topshiriqni to’g’ri va mustaqil bajara olmadi, 2ta (33%) bola ertagidagi voqealar ketma – ketligini, rollarga bo’lib so’zlab berishda yakka xatolarga yo’l qo’ydi, yordamchi savollari yordamida yo’l qo’ygan xatolarini to’g’irladi. 2tasi (33%) «Echki bolalari» ertagining mazmunini so’zlab berishda yordam asosida sekinlashgan tempda amalga oshirdi. 2tasi (33%) topshiriqlarni yordam asosida ya’ni xatolarni to’g’irlash, qayta urinishlar yordamida bajardi. Topshiriq mazmunini tushunmagan bajara olmagan bolalar kuzatilmadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini shakllanganlik darajasini aniqlash bo’yicha berilgan topshiriqlarni bajara olmasligini kamchilik sifatida o’rganmadik. Ma’lumki, aqli zaiflik bolalar tomonidan sensor etalonlarni mustaqil egallash jarayonini qiyinlashtiradi. Bu holat ko’ruv idrokining rivojlanishining asosini tashkil etuvchi perseptiv harakatlar va jarayonlarni shakllanishini kechiktiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’ruv vaziyatli, predmetli – harakatli aloqalarning kamligi so’z ma’nosini tushunishni qiyinlashtiradi, shuningdek bolalarning nutqini shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Bolani bunday vazifalarni bajarishga maxsus o’rgatish zarur. Maktabgacha yoshdagi Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda korreksion, ta’limiy, tarbiyaviy ishlarni birgalikda olib boorish zarur.
Agar maktabgacha tarbiya yoshidagi Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqi maxsus rivojlantirilmasa, unda bola o’qish va yozishni muvafaqqiyatli o’zlashtira olmaydi maktabda savod o’zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bog’langan nutqini rivojlantirishning mazmuni maxsus usul va vositalarini o’z ichiga qamrab oluvchi korreksion – rivojlantiruvchi ta’lim tizimi asosida samarali amalga oshirish mumkin. Aqli zaif maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarini yosh, kompensator va individual o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib bog’langan nutqini rivojlantirishga majmuaviy (kompleks) yondashuv maxsus maktabgacha ta’lim muassasi sharoitida korreksion – pedagogik jarayon samaradorligini oshirish imkonini beradi.Logoped o’quv yili mobaynida korreksion – pedagogik ish tizimini amalga oshirishda quydagilarni hisobga olish kerak: tarbiyalanuvchilarning nutqiy rivojlanish imkoniyatlarini bilish; korreksion – pedagogik ish jarayonida boshqa mutaxassislar bilan birgalik hamkorlikda ish olib boorish; ota – onalar bilan aloqada bo’lish; har bir mashg’ulot uchun kerakli jihozlarni tanlash.kerak
Dostları ilə paylaş: |