3 I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining rivojlanishng o`ziga xosligi



Yüklə 63,37 Kb.
səhifə3/7
tarix27.06.2022
ölçüsü63,37 Kb.
#62385
1   2   3   4   5   6   7
Bog\'lanishning nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga(1)

Tadqiqot ishining tuzilishi: kirish, 2ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I. BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’langan nutqining rivojlanishng o`ziga xosligi
1.1 Bolalar nutqining rivojlanishi va muammoni maxsus adabiyotlarda o’rganilish holati
Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Bola nutq apparatining markaziy asab tizimi va pereferik a’zolari tug’ma to’liq yetilgan bo’lmay, balki umumiy somatic, jinsiy, asab – ruxiy jarayonlarning rivojlanishi bilan hamohang holda shakllanadi. Nutq buzilishlarini o’rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanishi yo’lini, bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, nutqining muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o’ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o’z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo’ladi.
So’z – tilning nominativ birligi, predmetlarni va ularning belgilarini harakatlarni nomlaydi. Leksika (grekcha lexicos – «lug’atga oid, so’z orqali ifodalangan» – tilning tarkibiga kiruvchi so’zlarning majmui. Lug’at boyligi «leksika» atamasi bilan nomlanadi.
Lug’at – bu predmetlarni, hodisalarni, harakat va belgilarni ifodalovchi so’z (nutqning asosiy birligi).
«Lug’atning meyoriyligi shundan iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz so’z yasash va uni meyorlari tavsiya etiladi. …Lekin meyorni payqash, meyoriy holatlarni ajratib olish oson ish emas. Shuni ham alohida qayd etib o’tish kerakki, meyoriy lug’at adabiy til meyorlarini belgilashga intilar ekan, ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq holda o’zgarib rivojlanib turadi»
Hozirgi kunda ko’pchilik tadqiqotchilarning ishlarida nutqning leksik komponentlari xususiyatlarining taxlili yetarli darajada aks ettirilgan. O.V.Pravdina keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, ontogenezda bolalarning lug’ati sifat va miqdor jihatdan o’zgarishlari juda tez rivojlanadi.
Lug’atning miqdoriy jihatdan o’zgarishlarining rivojlanishi quyidagi o’rtacha olingan raqamlar bilan tavsiflanadi: bola hayotining birinchi yilida bir nechta so’zlar, bolaning ikki yoshiga kelib 200 – 300 ta so’z, uch yoshda 1500 – 2000 ta so’zni tashkil etadi.
Bolalar lug’atini rivojlanishi uning yashash sharoiti va tarbiyasi bilan bog’liq bo’lib shunga ko’ra yuqorida keltirilgan o’rtacha raqamlar ma’lum ma’noda o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Bolalar lug’atining sifat jihatdan o’zgarishlari quyidagi ikki yo’nalish asosida amalga oshiriladi, ya’ni a) mazmuniga ko’ra bola tomonidan qo’llaniladigan so’z va tushunchalarni so’z ma’nosining (semantik) mazmuniga oid differensiatsiyalash va boyitish; b) shakliga ko’ra so’zning ritm – ohang, tovush bo’g’in tarkibini murakkablashib boruvchi ketma – ketlikda egallash.
Bolalar lug’atining rivojlanishi nutqni egallanishi quyidagi ketma – ketlikda amalga oshadi (so’zning ma’no mazmunini differetsiyalash) otlar odatdagi birinchi so’zlar, fe’llar otlar bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ladi, ravishlar esa nisbatan kech shakllanadi. Bolalar tomonidan olmoshlarning ayrim shakllari esa juda erta egallanadi va ularning xotirasida turg’un qoladi, son tushunchasi esa kech shakllanadi va uzoq vaqt davomida o’zlahtiriladi. Ignatyeva S.A, Blinkov Y.A bolalar nutqini ontogenezda rivojlanishini o’rganib uni 4 bosqichini ajratib ko’rsatadilar.
Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim davrda bola tomonidan qo’llaniladigan so’zlarning miqdoriga oid turli ma’lumotlarni ko’rsatib o’tadilar va bu holatni bola nutqining rivojlanish tempining individualligi bilan izohlaydilar. Masalan YE.A.Arkinning keltirgan ma’lumotlariga ko’ra bolalar lug’atining o’sishi quyidagi miqdoriy xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
1 yosh – 9ta so’z;
1yoshu 6 oy – 29ta so’z;
2yosh – 300ta so’z;
3yoshu 6 oy – 110ta so’z;
4yosh – 1926ta so’z.
A.Shterning ma’lumotlariga ko’ra bolaning lug’atini rivojlanishi quyidagicha amalga oshadi:
1,5 yoshda – 100 so’z, 2yoshda – 200 – 400 so’z, 3 yoshda – 1000 – 1100 so’z, 4 yoshda – 1600 so’z, 5 yoshda – 2200 so’z.
A.N.Gvozdeva to’rt yoshli bolalar lug’atining holatiga oid quyidagi ma’lumotlarni keltiradi.
So’z turkumlari lug’atdagi %miqdori
Ega 50,2%
Fe’l 27,4%
Sifat 11,8%
Ravish 5,8%
Son 1,9%
YE.A.Arkinning ma’lumotlariga ko’ra bola lug’atining miqdor jihatdan o’sib borishi quyidagicha tavsiflanadi: 1 yosh – 9ta so’z, 1yosh 6oy – 39ta so’z, 2 yosh – 300ta so’z, 3 yosh 6 oy – 1110ta so’z, 4 yosh – 1926ta so’z. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning lug’atini milliy til modeli sifatida ko’rib chiqishi mumkin, chunki bu davrga kelib bola ona tilining asosiy modellarini egallagan bo’ladi. Ushbu davrda lug’atning asosi shakllanadi va u keyinchalik deyarli o’zgarmaydi. Bola lug’atini miqdor jihatdan boyib borishiga qaramay, uning asosi o’zgarmaydi (Gvozdev A.N).
A.N.Gvozdeva, YE.A.Arkinning bolalar nutqini rivojlanishiga oid jadvalida aks ettirilishicha, 4 yoshli bolaning lug’atida (lug’at hajmini o’rtacha 598 – 2346ta so’z) otlar 50.2%, fe’llar 27.4%, sifatlar 11.8%, ravishlar 5.8%, son 1.9%, bog’lovchilar 1.2%, ko’makchi 0.8%, undov va yuklama 0.9%da qo’llaniladi. Muallif bolaning nutqiy rivojlanishini 4 davrga bo’lib o’rganadi.
Birinchi davr. Bu davrda bolaning lug’atining hajmi unchalik katta bo’lmay ularning nutqi gu – gulash, ya’ni taqlidiy so’zlar (ham – ham, umma) va bir bo’g’indan iborat so’zlardan iborat bo’ladi.
Bolaning birinchi so’zlari shaklsiz (amorf) bo’lib, birgina tovush signali turlicha ma’noga ega (ko’p hollarda bir necha predmetlarni) bo’ladi.
Odatda bolalar bu so’zlarni ularni ma’nosini bildiruvchi imo – ishoralar bilan talaffuz etadilar. Bolaning birinchi so’zlarining paydo bo’lishi birinchi jumlalarni taqlid qilishning boshlang’ich davriga mos keladi. Bolalarda jumla tuzish malakasini shakllanishining keyingi rivojlanish bosqichida bola avval ikkita, so’ng uch – to’rtta shaklsiz so’zlarni birlashtiradi: Oyi nan – na be, ashsha ich…
Ikkinchi davr. Bolalar lug’ati sifat jihatdan jadal rivojlanadi. Bolalar lug’atining jadal rivojlanishi, nutqining ritm – ohang jihatdan va tovushlar talaffuzining takomillashuvi jarayonida so’zning bo’g’in takibida bir qator kamchilliklar kuzatilishi mumkin (bo’g’in o’rnini almashtirish, bo’g’inlarni tushirib qoldirish, qo’shimcha bo’g’inlarni qo’llash). Adabiyotlarda yuqorida keltirilgan kamchilliklar literal parafaziya atamasi bilan ishlatiladi, shuningdek bolalar parafaziyalari yillar mobaynida kattalarning to’g’ri nutq namunalariga taqlid natijasida mustaqil ravishda to’g’rilanadi va bolada so’z yaratish malakasini faol rivojlanishi uchun zamin tayyorlaydi.
Ushbu davrda bolalarda soda va murakkab gap tuzish malakalarni rivojlanadi. Bolalar sekin – asta o’zining va atrofidagilarning nutqini nazorat qiladilar (bu hol ko’proq talaffuz jihatidan kuzatiladi).
Uchinchi davr. Bolalar nutqining morfologik tizimini egallaydilar. Bu davrda bolalarning lug’ati kengayib boradi (avval 3 -4 so’zdan iborat jumlalar, so’ng murakkab gap tuzish malakalari shakllanadi). Bolalar lug’atining kengayishi va lug’at boyligining murakkablashishi natijasida nutqning ma’no jihatining shakllanishi yuzaga keladi, ya’ni so’z ma’nosini konkret bosqichdan mavhum (abstrakt) bosqichga ko’tariladi.
To’rtinchi davr. Bu davrlarda bola tomonidan nutqning Grammatik tizimi (sintaktik, morfologik jihatdan) egallangan bo’ladi.
A.V.Zaxarova 6 – 7 yoshli bolalarning og’zaki nutqining tarkibini o’rganib, ruhiy zabon bolalar nutqida eng ko’p qo’llaniladigan so’zlarni ajratib ko’rsatadi: otlar – ona, odamlar, o’g’il bola; sifatlar – katta – kichik, bolalarniki, yomon; fe’llar – bormoq, so’zlashmoq, aytmoq. Bu yoshdagi bolalarning lug’atida kishilarni bildiradigan otlar ustunlik qiladi.
Bolalar kundalik lug’atida sifatlarni qo’llanish darajasini o’rganish asosida 100ta bayon etilgan so’zning 8.65% ni sifatlar tashkil etishi aniqlangan. A.V.Zaxarova bolalar nutqida doimiy takrorlanadigan, tez – tez qo’llaniladigan sifatlarni va birga qo’shib ishlatish mumkin bo’lgan so’zlarni ajratib ko’rsatadi (katta – kichik, bolalarniki, yomon, oyimniki), antonimlar (katta - kichik), baholar (yaxshi - yomon); aniqligi sust bo’lgan so’zlar (haqiqiy, turli, umumiy); so’z birikmalar tarkibiga kiruvchi so’zlar (bolalar bog’chasi, yangi yil). 6 – 7 yoshli bolalarning nutqining taxlili shuni ko’rsatdiki bolalar ranglarni ifoda etishi uchun 40dan ortiq sifatlardan foydalanadilar. Bolalar lug’atidagi bu guruhga oid sifatlar kattalar nutqiga qaraganda keng qo’llaniladi. Bolalar ko’p hollarda qora, qizil, oq, ko’k kabi ranglarning nomi bolalar tomonidan ko’proq ishlatiladi.
Bolalar hayotiy tajribasining ortishi, uning faoliyati va atrofdagilar bilan munosabatini murakkablashuvi natijasida bolalarning lug’at boyligi miqdor jihatdan boyib boradi. Bolalar lug’atining hajmi va uning rivojlanishiga oid adabiyotlarda turlicha ma’lumotlar keltiriladi, bu bolalarning lug’atining o’ziga xos individual rivojlanishi va bolaning yashash sharoiti tarbiyasiga bog’liq (Makarova.N.V).
Bola tafakkurining rivojlangani sari uning lug’ati nafaqat boyib boradi, shuningdek ma’lum tartibga keladi, tizimga ega bo’ladi. So’zlar semantik jihatdan guruhlanadi. Bunda sematik jihatdan birlashish bilan birga semantik qatorda leksika taqsimlanadi: markaz va tashqi qism (periferiya). Semantic qatorning markazini yaqqol semantik belgilarga ega tez – tez takrorlanib turadigan so’zlar tashkil etadi (A.N.Gvozdev).
Mavzu yuzasidan o’rganilgan adabiyotlar tahliliga ko’ra, bolalardagi ko’rish idrokining buzilishi uning sensor tajribani mustaqil tarzda to’plashida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi bu esa nutqning psixik bazasi shakllanishini kechiktiradi.

Yüklə 63,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin