- Turg’un elektr uskunalar. Bu uskunalar ish bajarish jarayonida o’z joyidan ko’zg’almaydi. Bu guruxga- yuk ko’tarish, havo siqish (kompressor), suv chiqarish, shamollatish mashinalari, bosh va yer osti markaziy nimstansiyalarning elektr uskunalarini misol qilib ko’rsatish mumkin:
- ko’chma elektr uskunalar. Bu uskunalar, ish qobiliyatini yo’qotmasdan o’z joyini o’zgartirib, ish jarayonida qatnashadi. Bu guruxga, foydali qazilmalarni qazib oluvchi, kon laximlarini tayyorlovchi, yuklash, Burg’ulash mashinalarining va ekskavatorlarning hamda, uchastka nimstansiyalarning elektr uskunalarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Kon elektr uskunalarining asosiy xususiyatlaridan birinchisi portlashdan ximoyalash darajasi bo’lsa, ikkinchisi portlashdan saqlovchi vositalarning borligidir. Portlashdan himoyalash darajasi buyicha, kon elektr uskunalari quyidagilarga bo’linadi:
- normal kon elektr uskunalari. Bu uskunalarda portlashdan saqlovchi himoya vositalari ko’llanilmaydi. Shu sababli ular gaz va changdan xavfli bo’lmagan kon korxonalarida keng qo’llanadi. Bu uskunalarda shu korxonalar uchun kerakli-xavfsizlikni ta’minlovchi, kerakli ishonch ko’rsatgichiga ega bo’lgan turli ximoya vositalari qo’llanadi;
- yuqori ishonchli kon elektr uskunalari. Bu uskunalarning normal elektr uchquni chiqaruvchi qismlari portlashdan saqlovchi himoya vositalariga ega;
- portlashdan xavfsiz kon elektr uskunalari. Bu uskunalar, portlash natijasida hosil bo’lgan bosimga chidamli va portlash maxsulotlarini tashqi muhitga o’tkazmaydigan qobiqlarga ega, Shuning uchun bu uskunalar gaz va changdan xavfli korxonalarda ishlatiladi. Agar portlashdan saqlovchi vositasi shikastlansa, bu qurilmalar o’z himoyalash darajasini yo’qotadi;
- portlashdan o’ta xavfsiz kon elektr uskunalar. Bu uskunalar har doim portlashdan himoyalangan darajasini saqlab qoladi. Chunki bu qurilmalarda turli uskunalarning har birida bir necha yordamchi himoyalovchi vositalar qo’llanadi.
12.2.020 raqamli UDS ga asosan, kon elektr uskunalarida quyidagi portlashdan ximoyalovchi vositalari uchraydi;