3. Korxonada buxgalteriya xizmatini tashkil etish bilan tanishish


ID: 62d8e4bdfd664ef95106d637 ТОВАРНО-ТРАНСПОРТНАЯ НАКЛАДНАЯ № 422



Yüklə 425,21 Kb.
səhifə4/4
tarix06.07.2023
ölçüsü425,21 Kb.
#135863
1   2   3   4
hisobot2023

ID: 62d8e4bdfd664ef95106d637
ТОВАРНО-ТРАНСПОРТНАЯ НАКЛАДНАЯ № 422
К договору № 31 К путевому листу № 1




Заказчик:
ИНН: Грузоотправитель: ИНН:
Пункт погрузки 1:
Пункт погрузки 2: Переадресовка:









Тип перевозки: Автомобиль: ☐ Прицеп ☑ Полуприцеп:
"Qaynarkon" MCHJ
309522063
ООО "TSEMENT XOM ASHYO"
203814577

☐ Со склада на склад ☑От продавца к покупателю







госномер: 40 651 модель: юк госномер: модель: йўқ
Грузоотправитель/Перевозчик:
ИНН: Грузополучатель: ИНН:
Пункт разгрузки 1:
Пункт разгрузки 2:
Адрес нового грузополучателя:

"TSEMENT XOM ASHYO" MCHJ
203814577
"Qaynarkon" MCHJ
309522063




Идентификационный код и название по Единому электронному национальному каталогу товаров
(услуг)

Наимено​ вание груза

Единица измерения

Стоимость за единицу товара

Количество

Общая
стоимость груза

Стоимость автоперевозки

С грузом следуют документы

Способ опред. массы

Класс груза

Масса, нт

брутто

нетто

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

02520001001000000 – Гипс

гипс тоши

тонна

20 010,00

16,50

330 165,00

0,00







қаттиқ
жинс

25,50

9,00













Итого:

330 165,00

0,00

x

x

x

25,50

9,00

Особые
отметки:
Сдал: Рахмонов А Сдал вод./эксп.: АБДУСАМАД Принял вод./эксп.: аБДУСАМАД Принял:
Расстояние перевозок: Всего: 0,00 км / В городе: 0,00 км

Hisob - bu korxonalarning aktivlari (mulki), ularning manbalari va majburiyatlaridagi o'zgarishlarni guruhlash va aks ettirish usuli.


Hisob-kitoblardagi operatsiyalar pul hisoblagichida aks ettiriladi, ya'ni korxonaning barcha mol-mulki, uning manbalari va majburiyatlari (qarzlari) baholanadi va uning qiymati hisobvaraqlarda qayd etiladi.
Korxona mablag'lari ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Pul mablag'larining ko'payishi va kamayishini alohida hisobga olish uchun hisob ikki qismga bo'linadi. Hisobning chap tomoni chaqiriladi debet, va hisobning o'ng tomoni chaqiriladi kredit bo'yicha.
Grafik jihatdan, korxona schyot-fakturasi odatda ikkita ustundan iborat jadval shaklida taqdim etiladi.
QAYNARKON” hisobot davri boshidagi hisobvaraqlar qoldiqlari hujjatlarga qayd etiladi, so'ngra barcha hujjat operatsiyalari yozib olinadi, so'ngra hisobot davri aylanmasi aniqlanadi (bu yozuvning to'g'riligini tekshiradi: hisobot davri uchun aylanma miqdori barcha hisoblarning debet summasiga teng bo'lishi kerak va barcha hisobvaraqlar bo'yicha ssuda umumiy aylanmasi) va hisobot davri oxiridagi qoldiqlar aniqlanadi. Hisobdagi qoldiqlarga ko'ra yakuniy balans tuziladi.

No

Ko’rsatkichlar

2020-yil

1

Uzoq muddatli aktivlar

100000000

2

Joriy aktivlar

70000000

3

O’z mablag’ manbaalari

170000000

4

Majburiyatlar

0




Balans aktiv bo’yicha jami

170000000

Bozor iqtisodiyoti xo'jalik hisobining muhim turi bo'lgan buxgalteriya hisobi nazariy asoslarini tashkil qiluvchi uning usul va uslubiyati, tamoyillari insonlar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, yana insonlar tomonidan taraqqiyotga mos holda yangilanib boraveriladi.


Ushbu shakl “QAYNARKON” MChJ kabi ishchilar soni kam bo'lgan va kam sonli operatsiyalarga ega bo'lgan korxonalarda ko’p qo'llaniladi. Bitta buxgalter kitobni saqlashi mumkin.
QAYNARKON” korxonasida 15 ga yaqin ishchi, xususan, 1 nafar buxgalter va uning yordamchisi faoliyat yurutmoqda. Buxgalter o‘zining kasbiy faoliyatida tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritadi, hujjatlar aylanishi bilan shug‘ullanadi, hisobotlarni tayyorlaydi va yuboradi. Bundan tashqari, buxgalter lavozim maoshlarini hisoblab chiqadi, xodimlarga oylik hisoblaydi, soliqlar bo‘yicha ajratmalarni hisoblaydi va hokazo. Buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi uchun bosh buxgalter javob beradi.

Bosh kitobni va ikki tomonlama yozuvlardan foydalanishni o'rganish.


Buxgalteriya hisobining schyotlari - bu xo‘jalik mablaglari, mablaglarning
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur
axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga
asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir.
Buxgalteriya hisobining schetlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni - «debet», o‘ng tomoni - «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet - “u qarzdor” va credit - «u ishonadi» degan ma’noni bildiradi.Buxgalteriya schyoti - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiyresurslarning holati va harakati hamda ular oldiga qo’yilgan talablar to’g’risida buxgalteriya axborotlarini qayd qilish va saqlash usuli.
Doimiy schyotlar - bu aktivlar, majburiyatlar va kapitalni hisobga oladigan schyotlar bo’lib, ular hisobot davrining oxiriga buxgalteriya balansida aks ettiriladigan qoldiqlarga ega bo’ladilar. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv, va kontr-passiv schyotlarga bo’linadi.Mablag‘laming iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: l-tarkibiy joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2-tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo’linishidan kelib chiqqan holda schyotlar ham, aktiv va passiv schyotlarga bolinadi.Aktiv schyotlar (A) - bu aktivlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan schyot bolib, iqtisodiy resurslarning qoldig’i va ko’payishi uning debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi. Aktiv schetlarning qoldiqlari debet tomonida Yoziladi. Aktiv schetlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi.Passiv schyot (P) - majburiyatlar va kapitalni hisobga olish uchun modjallangan schyot bodib, majburiyatlar va kapitalning qoldig’I hamda ko’payishi uning kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. Passiv schetlarda esa xo‘jalik
mablag’lari manbalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Passiv schetlarning qoldiqlari schetning kreditida aks ettiriladi. Passiv schetlar joriy hisobda balansning passiv moddalariga asosan ochiladi.
Buxgalteriya balansi besh qismdan iborat: ularning ikkitasi
aktivda, uchtasi passivda. Tashkilotning barcha mulki undan
foydalanish shakliga ko'ra taqsimlanadi. Shuning uchun aktivlar
balansi ikki qismdan iborat. Birinchisi, nomoddiy aktivlar, asosiy
vositalar va kapital qo'yilmalarni o'z ichiga olgan uzoq muddatli
aktivlarni aks ettiradi. Ikkinchi bo'limda zaxiralar va xarajatlar,
tayyor mahsulotlar, jo'natilgan mahsulotlar, oldindan to'langan
xarajatlar, debitorlik qarzlari, pul mablag'lari, moliyaviy investitsiyalar aks4
ettirilgan.
Aktiv balansining ushbu konstruktsiyasi korxona mulki tarkibini va uning yo'nalishini aniqlashga imkon beradi. Buxgalteriya balansining majburiyatlari uch qismdan iborat. Uchinchi bo'limga (kapital va zaxiralar) ustav kapitali, qo'shimcha kapital, qonun hujjatlariga muvofiq yoki korxona ustaviga muvofiq tuzilgan zaxira kapitali kiradi.
Korxonaning biznes jarayonlarini va ularning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash “QAYNARKON” korxonasida ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish va bo‘shatish korxona Ustavidan kelib chiqqan shartlar asosida yuritiladi. Ishchi va xizmatchilar doimiy ishga mehnat shartnomasi bilan qabul qilinadi. Doimiy ishchi va xizmatchilarga kichik korxonalarning umumiy majlisida belgilangan oylik stavkalar yoki tarif setkasi bo‘yicha ijobiy rastsenka asosida ish haqi hisoblanadi. Ish haqi hisobining analitik hisobi sanoat korxonalaridagidek tabel, naryad, raport asosida hisoblashish vedomostlarida yoki har bir xodimning ochilgan shaxsiy kartochkalarida uncha katta bo‘lmagan korxonalardayillik jurnallarda yuritiladi. Mehnatga haq to‘lash 6710-passiv schyotda hisobga olinadi. 6710-schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo‘ladi. a)Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilarga(ming so’m):
-dt_2010 3000
-kt_6710 3000
b)Ma’muriy xarajatlar(ming so’m) korxona boshlig’iga:
-dt_9420 15000
-kt_6710 15000
c) ish haqidan ushlanmalar ushlanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari tuziladi (ming so’m):
a)daromad solig’I hisoblanganda
-dt_6710-360
-kt_6410-360
b) kasaba uyushmasiga ajratmalar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari tuziladi:
-dt_6710-30 -kt_6990-30
d)Ishchi xizmatchilarga kassadan ish haqi berilganda:
a)naqd pulda berilganda
-dt_6710 3000
-kt_5010 3000
b) plastik kartaga o’tkazilganda
-dt_6710 3000
-kt_5110 3000

BIZNES JARAYON


1 tonna Albaster,Gips chiqarish uchun kerak bo’ladigan mahsulot va xarajatlar.
Kalkulyatsiya
1.Gips toshi : 1.4 t 28 000.00 Uzs
2. Ish haqi : 22 000.00 Uzs
3. Elekter energiyasi : 12 000.00 Uzs
4. Gaz : 150 000.00 Uzs
5. Tashish : 3500.00 Uzs
Jami: 215500.00 Uzs
Yagona soliq : 32325.00 Uzs
Boshqa xarajat 5% : 10775.00 Uzs
Foyda 20% Rentabellik : 43100.00 Uzs
Hamassi : 301700.00 Uzs
Tepada ko’rsatilganidek foyda qolish uchun 1 tonna gips,albasterni
301 700 so’mdan sotish kerak.
Gips toshi katta hova yuk mashinalarida keltiriladi. Bitta hova yuk mashinasi 35 t gacha tosh yuklaydi.
1 kunda 40 t gips ishlab chiqariladi.
1 kunlik foyda : 1724 000.00 Uzs
1 kunlik sotuv summasi : 12 068 000.00 Uzs
1 kunlik jami xarajat : 10 344 000.00 Uzs
“QAYNARKON” MChJda muomalalarni tarqatish hujjatlarinikontirovkalash (belgilab qoʻyish) asosida amalga oshiriladi.Ko'pinchа muomalalar oldin qisqa va kuzatish uchun qulay bo'lganshakldagi sintetik hisob registrlarida aks ettiriladi. Ularning har biryozuvi mazkur yozuvning faqat navbatdagi raqami va summasiniko’rsatadi. Keyin muomalalar tahliliy hisob registrlariga tarqatiladi.Lekin hozirgi vaqtda amaliyotda boshqachа tartib keng tarqalgan:oldin yozuvlar sintetik va tahliliy hisobning aralash registrlarigaqilinib, keyin esa qisob davrining oxirida bir oydagi umumiyyakunlar sintetik qisobning tizimli registrga- Bosh kitobga yozibqo'yiladi. Tahlili hisob registriga yozuvlar sintetik registrlardagigaqaraganda mukammalroq qilinadi. Ularda odatda yozuvlar sanasi varaqami, muomalalarning qisqachа mazmuni (yoki yozuvga asosbo'lgan hujjatga ilova), pul ifodasidagi summa (moddiy boyliklarbo'yichа esa natura ko'rinishidagi soni ham) ko’rsatiladi. Tahliliyhisobdagi bunday mukammal yozuvlar mazkur muomalaningmazmunini chuqurroq o'rganish kerak bo'lganda har gal hujjaatgamurojat qilmaslik uchun zarurdir.
“QAYNARKON” MChJning 2021-yildagi moliyaviy natijalari

No

Ko’rsatkichlar

Hisobot davri

1

Mahsulot sotishdan sof tushum

3 620 400 000

2

Mahsulot tannarxi

2 586 000 000

3

Yalpi foyda

1 034 400 000

4

Asosiy faoliyat foydasi

517 200 000

5

Sof foydasi

455 136 000

Hisob varaqlar bo'yichа aylanma qaydnoma barchа hisob varaqlar


bo'yichа aylanma va saldolarning jamlanishini anglatib, hisob
yozuvlarini tekshirish, yangi balansni tuzish hamda xoʻjalik
mablag'larining ahvoli va o'zgarishi bilan umumiy tanishishga
mo'ljallangan. hisob yozuvlarini tekshirish qaydnomaining jami
bo'yichа amalga oshiriladi.Undagi uch juft summali ustunlar bir-
birovlariga tegishli tartibda to'g'ri keladigan debet va kredit
jamilarga ega bo'lishlari kerak. Debet va kredit bo'yichа
boshlang'ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil
bo'limlarida keltirilgan bir xil mablag'larning umumiy
summalaridan iboratdir. Pul ko'rinishida bu summalar har doim bir
xil bo'lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. Barchа
schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo'lishi mumkin
emas, chunki barchа muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv
bilan aks ettiriladi. Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang'ich
qoldiqlarning tengligiga o'xshab shartlanadi. Hisob varaqlar
bo'yichа aylanma qaydnomalarning uch juft ustunlari yakunlarining
tengligi joriy hisobda ikki yoqlama yozuv usulining to'g'ri
qo'llanilganligidan dalolat beradi. Lekin bunday hollarda ham ayrim
summalarni tegishli schyotga emas, balki boshqa schyotga yozib
qo'yilganligidan iborat bo'lIgan xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lishi
mumkin. Bunday xatolarni yuzaga chiqarish uchun hisob varaqlar
bo'yichа aylanma qaydnomaining ma'lumotlari tahliliy hisob
ma'lumotlari bilan solishtirib, tekshirib chiqiladi.
Undan tashqari, ba'zi muomalalar tasodifan umuman hisob
varaqlarga yozilmay qolishi mumkin, natijada hisob to'la bo'lmasligi
mumkin. hisob varaqlardagi yozuvlarning to'laligi qaydnomada
ko’rsatilgan debet va kredit bo’yichа yakunlarni barchа buxgalteriya
yozuvlari (muomalalar) summalari bilan solishtirish yo'li bilan
yuzaga chiqarish mumkin. Yakunlar bir- birovlariga o'xshashi kerak,
chunki ularning har biri hisobot davridagi barchа muomalalar
summasini aks ettiradi.
Korxona muomalalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikki
yoqlama yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikki yoqlama
yozuvning mohiyati har bir xo'jalik muomalasi natijasida yuzaga
keladigan ikki hodisani o'zaro bog'langan holda aks ettirishdan
iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish muomalasini qayd
etaturib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi (tayyorlanishi) va
mol yetkazib beruvchilarga to'langan pul mablag'larining sarflanishi
(qarzning yuzaga kelishi) ko'rsatkichlari o'zaro bog'lanadi yoki
mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettiraturib, o'zaro
bog'liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korХОna
omboridagi materiallarning kamayishi ko'rsatiladi. Muomalalarni
bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi
va xo'jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishga yordam beradi.
Shunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi
ob'yektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni joriy guruhlash maqsadida
qoʻllaniladi. Ular yordamida korxonani tezkor boshqarish, moddiy
javobgar shaxslar mulklarining but saqlanishi ustidan nazorat amalga
oshiriladi. Ular xoʻjalik faoliyatining yig'ma ko'rsatkichlarini
hisoblab chiqish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni asta-sekin
jamg'arish va tartibga solish (sistemalash) imkonini beradi.
Buxgalteriyani – biznesning tili deydilar. Buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib,
marketingdek, menejmentdek ishbilarmonlik va tadbirkorlik
faoliyatlarini iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi asosiy manba
hisoblanadi.Biznеs-jarayonlari murakkab tarkibga ega bo‘lib, qat’iy
mantiqan kеtma-kеtlikni talab qiladi.Korxonalar (firmalar) ning
asosiy maqsadi – foyda olish ekanligini hisobga olgan holda biznеs
jarayonlarini tasniflash zarur.
Har bir biznеs-jarayoni:
o‘zining chеgaralariga ega;
pirovard iste’molchisiga ega (boshqa jarayon uchun yoki aniq
pirovard iste’molchi); o‘zining egasiga ega.
Biznеs-jarayonlarini chеgarasini aniqlashda quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
1. Korxonaning mavjud tarkibi bo‘yicha.
2. Biznеs-jarayon natijasi – mahsulot bo‘yicha.
3. Qiymatni yaratish zanjiri bo‘yicha.
Birinchi yondashuvda yuqori darajadagi tarkibiy bo‘limlarning yiriklashtirilgan jarayonlari, kеyinchalik esa ushbu jarayonlarning har biri pastroq darajadagi jarayonlar to‘plami sifatida ifodalanadi va hokazo.
Ikkinchi yondashuvda, birinchi navbatda korxonada yaratilayotgan mahsulotning butun "hayot sikli" ifodalanadi.Uchinchi yondashuvda M.Portеr tomonidan ifodalangan qiymatlar yaratish zanjiriga asoslanadi.Unda mahsulotning iste’mol qiymatini yaratishni ta’minlovchi asosiy (birlamchi) biznеs-jarayonlari va qo‘llab-quvvatlovchi (yordamchi) biznеs-jarayonlar ajratib olinadi.Istalgan biznеs-jarayonlar kirish, chiqish, boshqarish va rеsurslarga ega. Kirish – natija (chiqish) olish uchun biznеs-jarayoni tomonidan foydalaniladigan yoki o‘zgartiriladigan rеsurslar (matеrial) yoki axborotlardir;
Boshqarish – biznеs-jarayoni amal qiladigan qoidalar, tеxnologiyalar va standartlardir;
Chiqish – biznеs-jarayoni tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot yoki axborotdir;
Rеsurslar – bu korxonadagi mavjud pеrsonal, jihozlar, instrumеntlar, matеriallar va hokazo.
“Qaynarkon” MChJda biznеs-jarayonlari tizimi quyidagicha:
1) Xo‘jalik faoliyati va boshqaruv qarorlari qabul qilishni tahlil qilishning biznеs-jarayonlari.
2) Markеting va sotish bo‘yicha biznеs-jarayonlar.
3) O‘ziga tеgishli bo‘lgan rеsurslarni boshqarish bo‘yicha biznеs-jarayonlar.
4) Pul mablag‘lari harakati monitoringi bo‘yicha biznеs-jarayonlar.
5) Xo‘jalik shartnomalarini bajarish monitoringi, byudjеtlashtirish va rеjalashtirish bo‘yicha biznеs-jarayonlar.
6) Moddiy-tеxnik ta’minot va zahiralarni boshqarish bo‘yicha biznеs-jarayonlar.
7). Sotish bo‘yicha biznеs-jarayonlar.
Korxona faoliyatini samarali takshil etishda modеllashtirish muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy korxonalar faoliyatini modеllashtirish quyidagi 3 ta yo‘nalishda olib boriladi:
1) Biznеs-funktsiyalar (avtomatlashtirish sohalari modеli – moliya, buxgaltеriya, ishlab chiqarish, omborxona hisobi va hokazo).
2) Biznеs-jarayonlar (korxonadagi asosiy ishbilarmon va ishlab chiqarish jarayonlari).
3) Tashkiliy tuzilmalar (korxona bo‘linmalari tarkibi).Inventarizatsiya – bu korxonada qanday mablag‘lar borligini va uninghisob ma’lumotlar bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish hisoblanadi.Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi bo‘lib, buxgalteriya hisobi vanazorat ko‘rsatkichlarining ishonchliligini ta’minlash hisoblanadi.Inventarizatsiya qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»giQonuniga muvofiq, korxonalar o‘z aktivlari va majburiyatlariniinventarizatsiya qilishlari lozim. Inventarizatsiyaning maqsadikorxona asosiy vositalarining haqiqatda borligini va sifat holatinianiqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)nitekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat.

Xulosa
"Qaynarkon" MChJ korxonasidagi amaliyot natijasida ushbu korxona haqida


ko'plab ma'lumotlarga ega boldim. Xususan, korxonada ishlab chiqarish
rejasi, real ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, tannarxi, boshqa xarajatlari va
foydasi haqida ma'lumot oldim. "Qaynarkon" MChJda 15 ga yaqin fuqaro ish
bilan ta'minlanganini va ularga ish haqi hisoblash jarayonlari bilan tanishdim.
Vedomost 2 nusxada tuzilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs
tomonidan imzolanadi.
Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish ham bosh hisobchining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Amaliyot davomida buxgalteriya bo'limi faoliyati, buxgalterning ishi bilan tanishildi, buxgalter yordamchisi vazifalarini bajarildi. Kompaniya rahbariyatining topshirig'iga binoan quyidagi ish turlarini bajarildi: arxivlar bilan ishlash; dastlabki hujjatlarni qayta ishlash; mijoz ssudalari bo'yicha joriy qarzdorlik holatini nazorat qilish va boshqalar. Omborda tovarlarni ro'yxatga olishda, inventarizatsiya natijalarini hisobga olishda qatnashildi, kasbiy faoliyatning barcha turlarini har tomonlama rivojlantirildi.
Ushbu amaliyoy natijasida buxgalteriya bo'yicha mukammal bilim va amaliy ko'nikmalar mustahkamlandi. Vazifalar va topshiriqlarga vijdonan munosabatda bo'lindi. Amaliyot davomida intizom juda yaxshi. Umuman olganda, o'quv iqtisodiy amaliyotining natijalarini "a'lo" deb baholash mumkin.
Yüklə 425,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin