3-kurs guruh talabasi mavlonova dilshodaning


Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə4/8
tarix18.04.2023
ölçüsü161,5 Kb.
#100247
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga oʻrgatish

1.1Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi
Hikoya – o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im» va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim. Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki voqeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir. Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir. Bolalarni hikoya tuzishga о‘rgatish. Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalar- ning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shak- lini tanlashlari, ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalaming uchta turini ko‘rsatish mumkin: - qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya); - xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nima- lami qabul qilganligi haqida hikoya); - iasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya). Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlami bayon qiladilar. Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yincl oqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsad- laridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi: - To‘tiqushning patlari qanaqa rangda? - To‘tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‘rinishdami? Dumi, boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? - Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, uchadimi? - Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz. Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng kamrovli bayonidir.
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o’zi ushbu mavzu bo’yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Hikoyalar shakliga ko’ra tavsifiy va syujetli bo’lishi mumkin.
Tavsiflash – narsa yoki hodisaning o’ziga xos belgilarini bayon qilishdir. Tavsiflash qisqa bo’lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab narsaning nomi aytiladi, so’ngra uning o’ziga xos belgilari, uning qismlarining nimaga mo’ljallanganligi va ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda narsaning vazifasi bayon qilinadi. Tavsifiy hikoyalar qiyosiy (qarama-qarshi belgili hamda hajmi, rangi, materiali, qismlari, shakliga qarab bosqichma-bosqich taqqoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izohlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko’rsatish) bo’lishi mumkin.
Syujetli (bayoniy) hikoya – voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda vaqt bo’yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishga o’rgatish zarur – dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba’zan uning tashki ko’rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea bayon qilinadi, u qachon va qayerda yuz berganligi tushuntiriladi, so’ngra ikki-uch lavha keltiriladi va hikoya yakunlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish mumkin:
-qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko’rayotganligi haqida hikoya);
-xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya);
-tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar.
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo’lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi.
Bitta mashg’ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo’l ko’yish mumkin: bola o’yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo’lganidan so’ng uni qayerda sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar hikoya predmetini butun hayotiy to’liklikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, hidi, ta’mi, ovozi, harakat tusi va boshqalar.) o’ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so’zlar, grammatik shakllar bo’lishi lozim. Hikoya qilishni mashq qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur hollarda - fonetik) mashqlar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashq qilish zarur.
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) – monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o’rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantikka amal qilishini ko’zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoklangan ko’shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo’naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo’lishi mumkin.
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan Mashg’ulotlar turlicha o’tkaziladi va ushbu Mashg’ulotlarda bolalarga ko’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi. Hikoyaga oid mashg’ulotlarda doimo tanikli she’rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko’taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali qiladi.
Monologik nutqqa oid mashg’ulotlarni real ob’ektlarga tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko’rib chiqish jarayonida o’rganadilar.
Statik suratlar – bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejimida olib boriladi.
Harakatlanadigan suratlar – (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshqalar.) – bayon qilish uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir. Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat buning uchun «nima uchun?» ( u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki «qanday vaziyatda?» (narsa u yoki bu belgiga ega bo’ladimi-yo’kmi?) degan savol to’g’ri ko’yilsa bo’ldi. Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi: ular oson kompozitsiyaga ega bo’lib, ularda ayrim ob’ektlarni ajratib ko’rsatish, ularning o’zaro munosabatini aniklash ham osondir («Biz o’ynayapmiz», «Uy hayvonlari», «Yovvoyi hayvonlar», «Yil fasllari» va boshqalar.).
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o’z shakli bilan belgilanadi. Bolalarga yaxshi tanish bo’lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar bolalarga monologik nutqni o’rgatish uchun ayniqsa, juda kulaydir. Dastlab bolalar ularni ko’p marta tomosha qiladilar, uning titrlari o’qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), so’ngra titrlarni o’qishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavhalarni hikoya qilib berishiga o’tiladi. Monologni o’qitish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan iboratki, tarbiyachi o’z rejasi (savollar zanjiri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chiqib ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida kayg’uradi va ushbu mavzu uchun mos keladigan she’rlar, ertaklar, topishmoqlar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi. Bolalarning tasavvur asosidagi og’zaki to’kima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyok bilan o’ylab topadilar, ya’ni suratlarda tasvirlangan voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealarni yoki suratda tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo’lgan voqealarni o’zlari to’kiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya tuzadilar, qahramon nomidan (1-shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil faslini o’zgartiradilar va h.k.;
o’zlari ertak hamda hikoyalar to’kiydilar.
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
-suratlar asosida ijodiy to’kima;
-badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar;
-ertaklar hikoyalarni erkin to’qish.
Surat asosida ijodiy to’qishni maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalar bilan amalga oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo’lishi mumkin. Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyok bilan o’zlarini o’z sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib kolgan vaziyatlarga ko’yib ko’radilar, uning harakatlarini o’zlashtiradilar, muallifni «tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu xususiyatidan eng avvalo, ularda olijanob xarakter kirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur.
Nutqni rivojlantirish uchun – monologni o’rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birontasining iltimosi bilan rag’batlantirilgan bolalar ishtiyok bilan xayol sura boshlaydilar, o’zlarini badiiy asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar. Yaxshilik va go’zallikka karama-karshi ko’yilgan ertakdagi hamda real hayotdagi yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Hikoya to’qish – kombinatsiyani o’rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki hikoyaning muayyan lavhasini bu xuddi uning o’zi bilan yuz bergani kabi o’z nomidan aytib berish taklif qilinadi. Pedagog «to’qish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o’zini bolaning har bir so’ziga ishonayotgandek qilib ko’rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalakit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda pedagog uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada munosib bo’lishiga alohida e’tibor karatishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o’rganganlari butun umrga muhrlanib koladi. Erkin to’qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo’lishi mumkin bo’lmagan» iloflarni to’qish uchun to’lik erkinlik beriladi. To’qishga ataylab o’rgatilmaydi, ammo erkin u(mustaqil) ijod qilish kobiliyati bolalar bog’chasida va uyda bola nutqini rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan
bo’lsa, undagi tasavvur va ijodiy kobiliyat shunchalik yaxshi rivojlanadi.
qaLeksikasi boy, grammatik to’g’ri bo’lgan, eng asosiysi – mantiqiy va ifodali mustaqil ijod qilish olti-yetti yoshli bolalarning qo’lidan keladi. Bungacha ularning to’kimalari – o’zlariga tanish bo’lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan so’zlar to’plamidan iborat bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to’qishga kodir emasliklarini me’yordan chekinish, deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo’lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya to’qish uchun yetarli emasligi bilan izohlanadi. Qayta hikoya qilishni mashq qilish hikoya to’qish borasidagi tayyorgarlik ishi hisoblanadi. Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning birgalikdagi so’z ijodkorligi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to’kima voqealarni hikoya qilishga, o’z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya qilishga kizika boshlaydilar. Katta odam yo’naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar berish, o’zining qiziqayotganligini bildirish, o’yin vaziyatlarini hosil qilish (o’yinchoqlar, rasmlar to’plami, qo’g’irchoq teatrli qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo’llab-quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, vokelarning ehtimoliy yakunini, so’z shaklini aytib berishi birgalikdagi so’z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko’rinishiga ega bo’ladi, bunda katta odam savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. Bunday dialogdan nutq – monolog tug’iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bolaning bilan dialogi shaklini takrorlaydi. Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo’linib hikoya qilib berishda, o’yin-sahnalashtirishlarda yaratiladi. Maktabgacha davrdagi katta yosh – bolaning nutqni o’rganishga kizђin kirishish, til vokeligini eng oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy tajribasi, aniq, obrazli so’zda ifodalangan yorkin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil faoliyatining muhim shartidir. Muammoli nutq holatlari fonetik, grammatik mazmundagi turli so’zli didaktik o’yinlarda modellashtiriladi. Shuning uchun bolalar bog’chasida didaktik o’yinlarni tashkil qilishni bolalarda so’zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida ko’rib chiqish mumkin. Leksik mazmundagi o’yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi.



Yüklə 161,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin