3-kurs guruh talabasi mavlonova dilshodaning



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə1/8
tarix18.04.2023
ölçüsü161,5 Kb.
#100247
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga oʻrgatish



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
3-KURS GURUH TALABASI
MAVLONOVA DILSHODANING
BOLALAR NUTQINI O’STIRISH
fanidan


Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani________
_________
____” ________


KURS ISHI


MAVZU: Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga oʻrgatish

Talaba: 3-kurs guruh talabasi
Mavlonova Dilshoda
Ilmiy rahbar: ________________

Himoyaga tavsiya etildi
Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
Mudiri __________
______” ____________

MUNDARIJA


Kirish.....................................................................................................................3
I BOB. Hikoya qilib berish turlari va metodlari
1.1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi ……………………………...6
1.2. Bolalarni hikoya tuzishga o‘rgatish ……………….…………….13
II BOB Rasmlarga qarab hikoya tuzish ishining mazmuni va uning vazifalari
2.1Tanish rasmlar orqali hikoya tuzishga o'rgatish....................................................17
2.2. Turli yosh bosqichlarida rasmlarga qarab hikoya tuzishni o’rgatish..................22
Xulosa va tavsiyalar
Adabiyotlar ro'yxati
Ilovalar


Kirish
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar. Hikoya – o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin.Shunday ekan mazkur maskanlar o‘quv-tarbiya jarayonini shunday tashkillashtirish lozimki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari, fan-texnika yangiliklari erkin, mustaqil, ijodiy o‘zlashtirilsin, shaxsiy sifatlar jamiyat talablariga xos o‘zlashtirilsin, ilmiy bilimlar egallanib, ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilsin. Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi.

Yüklə 161,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin