Kichik maktab oʻquvchilarida bilish jarayonlarining



Yüklə 233,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.02.2023
ölçüsü233,61 Kb.
#84992
  1   2   3   4   5   6


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
138 
KICHIK MAKTAB OʻQUVCHILARIDA BILISH JARAYONLARINING 
OʻSISHI 
SH.T.Normo’minov 
SamDU, magistr 
Annotatsiya 
Maqolamizda kichik maktab Yoshi o’quvchilarida bilish jarayonining o’sish xususiyatlari haqida atroflicha 
tahliliy ma’lumatlar beril;di. Shuningdek, xotirani rivojlantirishga va shakllantirishga oid mulohazalar qilindi. 
Xotiraning rivojlanishida yosh masalasi muhim ko’rsatkich ekanligi dalillar asosida isbotrlanishga harakat 
qilindi. 
Kalit so’zlar: o’quvchi, kichik yosh, xotira, ruhiy holat, tajriba, ahloq, tartib, muddatli xotira, o’sish. 
Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf oʻquvchilarining yosh oralig’ini oʻz ichiga oladi. Albatta, bolaning oʻsishi, 
uning ruhiyati va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishi ayrim qonuniyatlarga asoslanadi.
Mazkur davrda bola ruhiyatida muayyan oʻzgarishlar yuzaga kelishini kuzatish mumkin. Kichik maktab 
davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qoʻyishi unda oʻquv faoliyatining boshlanishi 
hisoblanadi. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qoʻyishi bilan unda bir qator ruhshunosik 
qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Bu davrni bola uchun ta’sirchan, qiziqarli oʻtkazish har tomonlama 
yaxshi. Oʻquv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va 
fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida ruhshunosik qiyinchiliklarining paydo boʻlishiga sabab boʻladi. 
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning barcha oʻqish faoliyati qat’iy ravishda maqsadga 
muvofiqlashtiriladi. Avvalo, kichik yoshdagi oʻquvchilar oʻqish, yozish, hisoblash malakasiga ega boʻlishlari, 
ona tili, tarix, arifmetika, geografiya, tabiyatshunoslik fanlaridan, shuningdek geometriya asoslaridan 
muayyan hajmda bilimni olishlari lozim. Shu asosda bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanishi 
yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy rivojlanish uchun qobiliyat tarkib topadi. Shu bilan bir qatorda, 
oʻquvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari kengayadi, oʻquvchida oʻqishga boʻlgan ma’suliyatli munosabat 
tarkib topib boradi.
Ruhiy-axloqiy rivojlanish va xatti-harakatlar qoidalarini oʻzlashtirish jarayoniga kichik maktab yoshidagi 
davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qoʻyiladi, axloqiy rivojlanish va xatti-harakat qoidalari oʻzlashtiriladi. 
Shaxsning ijtimoiy yoʻnalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarninng axloqiy 
onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha boʻlgan davr mobaynida muhim oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu yoshning oxirgi 
davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan 
boʻladi, turli tushunchalarga ega boʻladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf oʻquvchilarining axloqiy mulohazalari oʻz 
xatti-harakatlari tajribasida va oʻqituvchilar hamda ota-onalarning aniq koʻrsatmalari va tushuntirishlariga 
asoslanadi. 3-4 sinf oʻquvchilari esa axloqiy mulohazalarida oʻz xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning 
koʻrsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi 
oʻquvchilar toʻg’ridan toʻg’ri kattalarni, jumladan, oʻqituvchining koʻrsatmalarini kutib oʻtirmay, ijobiy 
axloqiy ishlarning qanchasini oʻz tashabbuslari bilan amalga oshiradilar. 
Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarda namayon boʻladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarni tahlil 
qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat 
formalari deb boʻlavermaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik 
maktab yoshidagi oʻquvchilar xarakteri, xatti-harakatlari oʻzining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq 
qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi oʻtkinchi ruhiy holatlarni xato ravishda hislatiga qoʻshib 
yuborish mumkin. 
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga boʻlgan qiziqish, atrof-olamdagi olamni 
bilishga boʻlgan qiziqish koʻproq bilimga boʻlgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli 
ravishda rivojlanadi. Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib 
olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar boʻladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini
hodisalar oʻrtasidagi aloqa va oʻzaro bog’liqliklarni bilib olish uchun boʻlgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-



Yüklə 233,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin