Kichik maktab oʻquvchilarida bilish jarayonlarining


International Conference on Developments in Education



Yüklə 233,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.02.2023
ölçüsü233,61 Kb.
#84992
1   2   3   4   5   6
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 
142 
davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek oʻsmirlik davrida ham yaqqol 
koʻzga tashlanadi. Kichik yoshdagi oʻquvchilar kattalarning u haqidaga fikr va baholariga qarab oʻzlariga 
oʻzlari baho beradilar. Oʻquvchining oʻziga oʻzi beradigan bahosi, asosan, toʻg`ridan toʻg`ri oʻqituvchining 
beradigan bahosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga bog`liq. Kichik maktab yoshidagi 
oʻquvchilarda oʻz-oʻziga beradigan baholari turlicha: yuqori, adekvat, past boʻlishi mumkin. Ushbu yoshdagi 
oʻquvchilarda mavjud boʻlgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi 
xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini 
bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning 
yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari 
tarkib topish bilan bir qatorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi 
oʻquvchilarda mehnatsevarlik, asosan, oʻqish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. 
Mehnatsevarlik bolada oʻz qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada 
mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog`liq. Agar bolada haddan ziyod ishonuvchanlik, 
itoatkorlik xususiyati boʻlsa, unda asta-sekinlik bilan boʻysinuvchanlik, mustaqil boʻla olmaslik xususiyati 
mustahkamlana boradi. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni koʻproq 
topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shunday bir ijtimoiy ruhiy  muhit yaratish kerakki
unda bolaga biron- bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola oʻzini 
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil boʻlishga 
undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
Albatta, 7-11 yoshli davrda oʻquvchilar oʻzlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani oʻz-
oʻzini 
anglashi 
ham 
jadal 
rivojlana 
boradi 
va 
mustahkamlana 
boshlaydi. 
Bu 
davrda 
oʻquvchilar 
oʻzlarining 
ismlariga 
yanada 
koʻproq 
ahamiyat 
bera 
boshlaydilar 
va 
ularning 
ismlari 
tengdoshlari 
va 
atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar.
Bolani oʻzining 
tashqi 
koʻrinishi 
va gavda 
tuzilishiga 
beradigan 
bahosi ham 
oʻz-oʻzini 
anglashida 
ahamiyati 
juda 
katta. 
Kichik 
maktab 
davrining 
oxiriga 
borib 
oʻquvchilar, 
ayniqsa, 
qizlar 
oʻzlarining 
yuz-tuzilishlariga 
alohida 
e’tibor bera boshlaydilar.
Kichik maktab yoshdagi oʻquvchining oʻquv faoliyati jarayonida oʻzidagi xulq-atvorni va faoliyatni oʻzi 
tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati 
rivojlanadi, oʻz faoliyatini oʻzi uyushtrishiga hamda bilim olish jarayoniga boʻlgan qiziqishining qaror 
topishiga yordam beradi. Oʻquvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham oʻzgaradi. Bunda oʻrtoqlar va 
jamoaning fikrlari asosiy motivlar boʻlib qoladi. Axloqiy his-tuyg`ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari 
shakllanadi. 
5-6 yoshli davrida oʻquvchilarning koʻzga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va 
mustahkamlanadi hamda oʻsmirlik davrining boshlariga kelib juda koʻp shaxsiy fazilatlar shakllanib boʻladi. 
Oʻquvchilarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham koʻrinadi. Bu davrda oʻquvchilarning 
bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, koʻnikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib koʻpchilib 
boalarda umumiy va maxsus layoqatlar koʻzga tashlanadi. Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda 
ahamiyatli boʻlgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa oʻz-oʻzidan boshqa 
layoqatlarning 
jadal 
rivojlanishiga 
olib 
keladi. 
Ushbu yoshdagi oʻquvchilarda idrok, xotira, tafakkur va nutq toʻliq shakllanib boʻlgani uchun ham ularga 
ta’lim berishda kattalarga qoʻllaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik yoshdagi oʻquvchilar 
ruhiy rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa oʻqituvchi bilan boʻladigan munosabati 
orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning oʻrtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati 
ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Ushbu yoshdagi 
oʻquvchilar soatlab yolg’iz holda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda 
mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana shuning uchun muhimdirki, Kichik 
yoshdagi oʻquvchilarining mehnat faoliyatida shaxsiy motivlar aniq namayon boʻladi. Kichik yoshdagi 
oʻquvchisi oʻzi uchun zarur boʻlgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi.



Yüklə 233,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin