3-kurs guruh talabasi mavlonova dilshodaning



Yüklə 161,5 Kb.
səhifə3/8
tarix18.04.2023
ölçüsü161,5 Kb.
#100247
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga oʻrgatish

Kurs ishning maqsadi: – bolar nutqni rivojlantirish jarayonini chuqur o’rganish. Ushbu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilish, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlash. Oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tizimli ishlarni yo’lga qo’yishning samarali yo’llarini ishlab chiqish.
Kurs ishning vazifalari: Ona tilida nutq o’stirishni tashkil etishning asosiy shakllarini o’rganish va ulardan samaralisini tanlab olish ,ta’lim jarayonida ulardan keng foydalanish, bolalar lug’atini boyitishning asosiy usullari.
Kurs ishining obekti: Yaxlit pedagogik jarayon. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqni rivojlantirish faoliyatlari.
Kurs ishining metodlari: Pedagogik kuzatuv, suhbat, anketa, so’rov, qiyosiy tahlil.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir. Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 2 bob, 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. Hikoya qilib berish turlari va metodlari

Yüklə 161,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin