12- mavzu: Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. 1.Didaktik tizim. Ta’lim turlari. An’anaviy., muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim turlari. Kompyuter yordamida o‘qitish.
2.Ta’limni tashkil etish shakllari haqida tushuncha. Ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakli. 3.Dars -o‘qitishning asosiy tashkiliy shakli. Darsga qo‘yiladigan talablar. Dars turlari va tuzilishi. 4.Hozirgi kun darslarni modernizatsiyalash yo‘llari. Darsda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini uyg’unlashtirish. O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Daresning reja-konespekti. Darsning texnologik xaritasi.
5.Ta’limning boshqa tashkiliy shakllari: uy vazifasi, fan to‘garaklari, o‘quv sayohati, amaliyot va boshqalar. Talimni tashkil etishming noan’anaviy shakllari.
Ta’limni tashkil etishning shakllari.Ta’limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: in-dividual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; ma’ruza-seminar.
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.