3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


O’quv axborotiga munosabatiga ko’ra



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə114/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

O’quv axborotiga munosabatiga ko’ra ta’lim vositalari yangi materialni o’rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o’quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo’linadi.
O’quv jarayonidagi vazifasiga ko’ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o’quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O’quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot) o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o’qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o’quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko’ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog’liqlikka ko’ra didaktik vositalar vizual (ko’rish) – haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko’rish-eshitish) – ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari. TTV – bu o’zida o’quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o’quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko’rsatuvlar.

Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.

Ta’limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:



  • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;

  • o’quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;

  • o’quvchilarni idrok qilishga yo’naltiradi;

  • o’quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;

  • dunyoqarashni, ishonchni, o’quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;

  • o’quv ishiga nisbatan o’quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;

  • bilimlarni nazorat, o’zini-o’zi nazorat qilishni ta’minlaydi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin