3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o'rta ta'lim



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə133/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion o'qitish va tarbiyalash. Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» - ko'r) - korreksion pedagogika (defektologiya)-ning yana bir sohasi shug'ullanadi.
Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o'qituvchi korreksion ishlarning o'ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
Refraksiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko'zoynak taqishlari kerak. Lekin ko'zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda bo'lishlariga muhtojlik sezadilar. Maktabda va uyda o'quv ishlarini bajarishda sanitar-gigienik talablarga amal qilish lozim. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bola uchun ish o'rni to'g'ri va yetarlicha yoritilgan boiishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o'tkazilishi kerak. Yaqinni ko'radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o'tkazilishi zarur. Uzoqni ko'radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o'tkazilishi talab etiladi.
O'qituvchi o'quvchining doska, jadval va xaritadagi o'quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Anomal refleksiyali bolalarda ko'zi charchashi ko'p kuzatiladi. Shuning uchun dars paytida ularga ko'rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg'unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10—15 minut davomida intensiv ko'rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak, bu ko'rish charchog'ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko'rish qobiliyati ancha og'ir bo'lgan — ko'r va yomon ko'radigan bolalarni o'qitish maxsus ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba'zan ko'rish qobiliyati og'ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.
O'z sinflarida og'ir ko'rish qobiliyati buzilgan bola bo'lgan o'qituvchilar bolaga differensial yondashuv asosida munosabatda bo'lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o'quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan bolaning ish o'rni esa qo'shimcha yoritilgan bo'lishi kerak. O'quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o'qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali boiishi zarur. O'qituvchi o'zining har bir harakati mohiyatini so'z yordamida sharhlab borishi kerak.
Sinfida ko'r yoki yomon ko'radigan bola bo'lgan o'qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko'radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin