3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Ko'rish qobiliyati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Ko'rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə132/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Ko'rish qobiliyati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Ko'rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan tiflopedagogika shug'ullanadi (yunoncha «typhlos» — ko'r) — korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Ko'rish — ko'rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko'rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma'lumotlarni oladi.
Bolaning ko'rish qobiliyati buzilganda uni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda ko'rish qobiliyati buzilishining sabablari turlicha bo'lib, ular nasliy kasalliklar, homila ona qornida rivojlanayotganda ko'rish organlari patologiyasining yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og'ir kasalliklar bilan og'rishi va hokazo omillardan iborat bo'lishi mumkin.
Ko'rish qobiliyatining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi.
Tug'ma ko'rbo'lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko'rish nuqsonlarining yuzaga kelishida naslivlik ham ko'zga tashlanadi.
Orttirilgan ko'rlik odatda ko'rish organlari — to'r pardasi, shoh parda voki markaziv nerv tizimining kasallanishi (meningit. miva shishi. meningoensifalit). organizmning umumiy kasallanishidan kevingi asoratlari (kor, gripp. skorlatina), shuningdek, miva voki ko'zning iarohatli shikastlanishi (boshi varalanishi. shikastlanishi) oqibatida bo'lishi mumkin. Ko'rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Ko'r tug'ilganlar.

  2. Erta ko'r bo'lib qolganlar.

  3. Uch yoshidan keyingi ko'r bo'lib qolganlar.

Ommaviy maktablarda, ta'lim olganda yomon ko'ruvchi bola jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi kabi xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o'ziga xos belgilarini bilib olishda ma'lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o'qish texnikasini egallab olish, o'qilganlarning mazmunini tushunishga xalaqit beradi. Oddiy maktabda yomon ko'ruvchi bolalar doskada nima yozilganligini ko'rmaydilar, qarab bajariladigan ishlarni tashkil etishda yomon ko'radigan bolalar tez charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini pasaytiradi. Pedagoglarning oldidagi eng muhim vazifa — yomon ko'radigan bolani o'z vaqtida aniqlash, unga maxsus ta'lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun PMPKga yuborishdan iborat. Yomon ko'radigan bolalarni o'qitish va tarbiyalash asosan maxsus (korreksion) maktablarda amalga oshiriladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin