Tayanch-harakat apparati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o'qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologivasi quyidagi turlarga ajratiladi:
nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BTsP), poliomielit);
tayanch-harakat apparatining tug'ma patologiyasi; sonning tug'ma chiqqanligi; bo'yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog'onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo'l yoki oyoqlaming rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo'li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug'ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo'1-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo'lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo'ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korreksiyaga ham muhtoj boiadilar.
Harakatlanish buzilishlari o'rtacha darajada boigan bolalar yurishni o'rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko'chada mustaqil, qo'rqmay yura oladilar, o'zlariga to'la xizmat ko'rsatadilar.
Adabiyotlar ro’yxati Pedagogika. M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. -T.: O’zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.“Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
Xasanboev J., Turaqulov X., Xaydarov M., Xasanboeva O. Pedagogika fanilan izohli lug’at T.: Fan va texnalogiya 2008.
Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. - T.: TDPU, 2012.
Roziqov O., va boshqalar Umumiy didaktika.-B.: “Durdona”, 2012.