3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Huquqiy ta’lim va tarbiya



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə66/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Huquqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi.

1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini rivojlantirishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.


Huquqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilarga davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarishga oid huquqlar mohiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyatiga oid tushunchani hosil qilish, huquqiy munosabatlar borasida tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, huquqiy ong hamda huquqiy faoliyatni tashkil etishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish maqsadga muvofiqdir.
Huquqiy ta’lim-tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal etiladi:

Ўқувчиларга ҳуқуқий меъёрлар, қонунлар, ижтимоий-ҳуқуқий муносабатлар, уларнинг ижтимоий аҳамияти тўғрисида маълумотлар бериш; уларда ҳуқуқий билимларни эгаллашга бўлган эҳтиёж ва ҳуқуқий онгни қарор топтиришга эришиш; ўқувчиларда ҳуқуқий фаолият кўникма, малакаларни ҳосил қилиш; ҳуқуқий маданият кўринишлари (ҳуқуқий тасаввур, ҳуқуқий идрок, ҳуқуқий тафаккур, ҳуқуқий саводхонлик, ҳуқуқий масъуллик, ҳуқуқий фаоллик, ҳуқуқий эътиқод, ҳуқуқий салоҳият) ва ҳуқуқий маданият элементлари (ҳуқуқий меъёр, қонунларнинг ижтимоий аҳамиятини тўғри баҳолаш, ижтимоий ҳаракат ва ҳаракатсизликнинг қонуний бўлишига эришиш, давлат Конституцияси ва рамзларини, фуқаролик ҳуқуқ, бурчларини ҳурмат қилиш, юридик хизматларга нисбатан эҳтиёжни қарор топтириш, ҳар қандай кўринишдаги ҳуқуқбузарликларга қарши муросасиз курашни ташкил этиш)ни шакллантириш

Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: keng ko‘lamli ijtimoiy-huquqiy axborotli muhitning mavjudligi; shaxs huquqiy ongini shakllantirish; shaxs huquqiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.


O‘quvchilardagi qiziqishni inobatga olib, huquqiy mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil etish, mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida ularni huquqiy adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, jinoiy xatti-harakatlar, ularning oqibatlari xususida davra suhbati, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan uchrashuv va konferensiyalar o‘tkazish, huquqiy mavzudagi kinofilmlar namoyish etish muhimdir.
O‘quvchilar “O‘zbekiston davlat va huquqi asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq” o‘quv predmetlari asoslarini o‘rganishda O‘zR Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari, O‘zR Prezidenti, Respublika Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, mahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kabi organlar faoliyatini o‘rganish, shuningdek, O‘zR ichki va tashqi siyosati mohiyatini o‘zlashtirish, xalqaro huquqiy munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishi tartibi bilan tanishar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong balki siyosiy ong ham shakllanadi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin