Ishlab chiqarish mehnati ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda to‘garaklar negizida ishlab chiqarish mehnati tashkil etiladi. Shu bilan birga ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish mehnati o‘quvchilarni hissiy, estetik jihatdan tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Ularda o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch, o‘z mehnati mahsulidan zavq olish, narsa va buyumlarni estetik baholash qobiliyati shakllanadi.
Estetik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Эстетик тарбия (лот. “эстезио” гўзалликни ҳис этаман) –
шахсни ижтимоий воқелик, табиат ва меҳнат муносабатлари, турмуш гўзалликларини англаш, идрок этиш, тўғри тушунишни ўрганиш,
уларнинг эстетик дидини ўстириш, гўзалликка муҳаббат уйғотиш, шунингдек, гўзалликни яратиш қобилиятларини тарбиялаш жараёни
Nafosat tarbiyasi shaxsda axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor, sifatlarni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalarida musiqa, tasviriy san’at, adabiyot fanlarini o‘qitish estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Эстетик тарбия (нафосат тарбияси)нинг мақсади
шахснинг воқеликка эстетик муносабатини
шакллантиришдан иборат
Estetik tarbiyani olib borishda o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari, go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iborat (21-rasm):
Oilada va ta’lim muassasalarida estetik tarbiyani tashkil etish orqali o‘quvchilarda estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik his-tuyg‘u, estetik did, estetik mulohaza, estetik ong, estetik ideal, estetik qarash hamda estetik faoliyat ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Estetik qiziqish – shaxsning estetik faoliyatga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o‘zlashtirishga kirishi.
Estetik ehtiyoj – shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omil (ichki intilish).
Estetik his-tuyg‘u – insonning voqelikka, kishilarga, o‘z faoliyatiga estetik munosabati.
Estetik did – estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy me’yorlar yig‘indisi orqali shakllanib, shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa.
Estetik mulohaza – shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati.
Estetik ideal – sub’ekt bilan ob’ekt, inson bilan ijtimoiy butunlikning tarixan eng to‘liq uzviy birligi bo‘lib, bu birlik tub maqsadlar sifatida inson ijodiy kuchlarining erkin va har tomonlama rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.
Estetik qarash – estetik ongning g‘oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimi.
Estetik ong – shaxsga nazariy tushunchalar asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baholay olish imkonini beruvchi his-tuyg‘u, sezgi, tasavvur va qarashlar shakli.
Estetik faoliyat ko‘nikmalari – estetik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida amalga oshiriladigan xatti-harakat ko‘nikmalari.
Estetik tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi: 1) o‘quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish; 2) ularda amaliy estetik ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o‘quvchilarda quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi: estetik bilimlarning tarkib topganligi; estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo‘lish; estetik tuyg‘uning rivojlanganligi; ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklarini his etishi; go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; estetik idealning shakllanganligi; fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishga intilish.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra olishnigina emas, balki ichki go‘zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi, insondagi xulqiy go‘zallikning qadriga yetishga undaydi.
Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda ekologik tarbiya ham kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu sababli ijtimoiy tarbiya jarayonini bu yo‘nalishdagi pedagogik faoliyatsiz tasavvur etish qiyin.
Dostları ilə paylaş: |