1. O‘quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilan tanishtirish. 2. Ularda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 3. O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy
his-tuyg‘ularini tarbiyalash va rivojlantirish. 4. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko‘rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik, halollik, rostgo‘ylik, oliyjanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h.k.)larni tarbiyalash. 5. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy xulq-atvor, ko‘nikma,
odatlarni tarkib toptirish
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma’ruza, bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Mazkur tarbiya asosini ijtimoiy axloqiy me’yorlar hamda shaxsni ulardan xabardor etish tashkil qiladi.
Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo‘lib, unda yashovchi kishilar tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo‘lgan qoida hisoblanadi
Axloq axloqiy tarbiyaning asosiy kategoriyasi sanaladi.
Axloq (lot. “moralis” – xulq-atvor) – ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui
Axloq kishining xulq-atvori, iymon-e’tiqodi, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlaridan biri aqliy tarbiya sanaladi.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxsda tabiat, jamiyat, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish jarayoni Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o‘rin tutadi
Dostları ilə paylaş: |